Kontent qismiga oʻtish

Shahzoda Ibragimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahzoda Ibragimova
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 24-noyabr 2002-yil (2002-11-24) (22 yosh)
Tavallud joyi NukusOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Daraja Xalqaro elita
Bosh murabiy(lar) Rano Muxamedova
Assistent murabbiy(lar) Luiza Gʻaniyeva
Xoreograf Maria Akhrarova
Medal record
Badiiy gimnastika
Representing Oʻzbekiston
Podiumlar
Turnir 1-chi 2-chi 3-chi
Osiyo chempionati 3 1 0
FIG jahon chempionati(ingl.) 1 2 0
Islom birdamlik oʻyinlari(ingl.) 1 2 0
Umumiy 5 5 0
Medal soni
Osiyo chempionati
Birinchi oʻrin 2022 Patayya Jamoaviy
Birinchi oʻrin 2022 Patayya Umumiy guruh
Birinchi oʻrin 2022 Patayya 3ta lenta + 2ta toʻp
Ikkinchi oʻrin 2022 Patayya 5ta xalqa
Islom birdamlik o'yinlari(ingl.)
Birinchi oʻrin 2021 Konya 5ta xalqa
Ikkinchi oʻrin 2021 Konya Umumiy guruh
Ikkinchi oʻrin 2021 Konya 3ta lenta + 2ta toʻp
Badiiy gimnastika
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili

Shahzoda Ibragimova (2002-yil, 24-noyabrda tugʻilgan) – oʻzbek badiiy gimnastikachisi[1], milliy terma jamoa aʼzosi.

Shaxzoda Ibragimova 2022-yilda kattalar milliy guruhiga kirdi va Jahon chempionatida(ingl.) qatnashib, Toshkentda, koʻpkurash va 5 halqa boʻyicha kumush, shuningdek, 3 ta lenta va 2 toʻp bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi[2]. Bir haftadan soʻng guruh bilan Bokuda bellashdi va koʻpkurashda 6-oʻrinni, 5 ta halqa va 3 ta lenta hamda 2 ta toʻp bilan 7-oʻrinni egalladi[3]. Iyun oyida u Pesaroda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, koʻpkurashda 8-oʻrinni, 5 ta halqa bilan 7-oʻrinni egalladi[4]. Keyin u Pattayada boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatiga saralashdan oʻtib, jamoaviy bahslarda, koʻpkurashda va 3 ta lenta, 2 ta toʻp va 5 ta halqa bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi[5][6][7]. Avgust oyida Ibragimova 2021-yilda Koʻniyada boʻlib oʻtgan Islom birdamlik oʻyinlari(ingl.)da ishtirok etib, guruh koʻpkurashda kumush, 3 ta lenta va 2 ta toʻp hamda 5 ta halqa bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi[8]. Sentyabr oyida Ibragimova Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Nilufar Azamova, Nargiza Jumaniyozova, Mariya Pak, Mumtozabonu Isxoqzoda, Xurshidabonu Abduraufova hamda ikki nafar yakkalik qatnashuvchilar – Taxmina Ikromova va Yosmina Raximovalar bilan qatnashib, umumiy hisobda 18-oʻrinni va 3 ta lenta + 2 toʻp bilan 20-chi oʻrinni egalladi[9].