Shamun-Nabi maqbarasi
Shamun-Nabi maqbarasi | |
---|---|
Shamunabi maqbarasi | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy yodgorlik |
Turi | Maqbara |
Manzili | „Sarishungil“ ovuli |
Shahar | Xoʻjayli tumani |
Mamlakat | Qoraqalpogʻiston |
Koordinatalar | 42°24′06″N 59°23′20″E / 42.401776193046246°N 59.38888472701196°E |
Qurilishi boshlangan | XIII asr |
Qurilishi tugagan | XIV asr |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Shamun-Nabi maqbarasi (yoki Shamunabi) – tarixiy Mizdaxqon shahrining sharqiy qismida joylashgan yodgorliklardan biri. Rivoyatlarda Shamun-Nabi shaxsining paygʻambar avlodlaridan biri boʻlganligi aytiladi. XIII—XIV asrlarga tegishli ushbu maqbara bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli tumanidagi „Sarishungil“ ovulida joylashgan. Mavzoley oʻlchamlari 28x5,2 metr boʻlgan toʻrtburchak shaklida[1].
Yodgorlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[2]. Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[3].
Tarixi va joylashuv oʻrni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mizdaxqon majmuasining mashhur yodgorliklaridan biri boʻlgan Shamun-Nabi maqbarasi, Jumartqassab tepaligi yaqinida joylashgan boʻlib, tuzilishi jihatidan toʻrtburchak shaklga ega. Maqbaraning asosiy fasadi peshtoq bilan mustahkamlangan va sharqqa tomon qaratib qurilgan. Maqbaraning ichki qismi ketma-ket qilib bunyod etilgan yetti gumbaz bilan qoplangan. Shuningdek, maqbarada choʻziq shakldagi toʻrtburchak imorat ham mavjud. Maqbaraning gʻarbiy qismi tleuxan bilan tutashgan. Tadqiqotlarga koʻra ushbu ikki imoratning qurilishi XIII—XIV asrlarga borib taqaladi[4].
Rivoyatlarda Shamun-Nabining paygʻambar avlodlaridan biri boʻlganligi taʼkidlangan. 1964-yilda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasi koʻra topilgan qabr ochilganida unda hech qanday jasad izlari aniqlanmagan[5]. Qadimgi Mizdaxqon shahriga tegishli boʻlgan deyarli barcha tarixiy obyektlar „yetti“ raqami bilan aloqador ravishda bunyod etilgan. Xususan, yetti gumbazli maqbara – Shamun-Nabining aslida yetti goʻzal qizi sharafiga qurilgan, degan taxminlar mavjud. Mutasaddilar ayni shu rivoyatlar turistlarni oʻziga jalb etib kelishini taʼkidlashadi[4][6].
Maqbara rekonstruksiyasi boʻyicha bahslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil 1-noyabr kuni „Qizil Qalʼa“ yodgorligi va „Shamun-Nabi“ maqbarasini restavratsiya qilinish jarayoni bu sohadan xabari boʻlmagan shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgani borasida xabarlar kelib tushgan. Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan bu boʻyicha matbuot anjumani oʻtkazilgan. Matbuot anjumanida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri oʻrinbosari Kamola Akilova „Shamun-Nabi“ maqbarasida yuz bergan holat aslida vazirlik ruxsatisiz amalga oshirilganini taʼkidlab oʻtgan. Fazliddin Davlatov rahbarlik qiladigan „Meros Chashmasi“ tashkiloti „Qizil Qalʼa“ hamda „Shamun-Nabi“ madaniy obyektlarida restavratsiya ishlarini olib borgan. Biroq, Shamun-Nabi" maqbarasi zamonaviy tashqi koʻrinishi bilan oʻz tarixiy xususiyatlarini butkul yoʻqotgan. Matbuot anjumani davomida Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi Jamoatchilik Kengashining raisi Zafar Hakimov ham buni taʼkidlab oʻtgan[7][8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ J. HÁKIMNIYAZOV, I. SEYTBAEV, R. ISMETOV. QARAQALPAQSTAN AYMAǴÍNDAǴÍ ZÍYARAT ORÍNLARÍ. «BILIM», 2023-yil.
- ↑ „Тарихий, бадиий ёки ўзга маданий қимматлилиги туфайли гаров ва ипотека қўлланилиши мумкин бўлмаган объектлар рўйхати (ЎзР ВМ 05.12.2014 й. 335-сон қарорига илова) | Majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar | Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar | Fuqarolik va oila qonunchiligi | OʻzR KonunchiligiMaʼlumotlar tizimi „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxati (OʻzR VM 05.12.2014 y. 335-son qaroriga ilova)“ | NRM.uz“. nrm.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 Mizdaxkan 2019
- ↑ O‘zbekiston, Sputnik „Qoraqalpog‘istonda 12-asr yodgorligi yo‘q qilindi“ (uz). Sputnik O‘zbekiston (30-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Mizdaxkon majmuasi (Xo‘jayli G‘ovur qal’asi)“. meros.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „“Qizil Qal’a” va “Shamun-Nabi” voqeasi – Madaniyat vazirligi bir yil avval xabar topgan boʻlsada bunga koʻz yumgan“ (oz). UzReport.news. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ uz, Daryo „Qoraqalpog‘istondagi “Qizil qal’a” va “Shamun Nabiy” yodgorliklari ta’miri yuzasidan tekshiruv oʻtkaziladi“ (uz-latn). Daryo.uz (2018-yil 11-fevral). Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.