Kontent qismiga oʻtish

Sharipboy Rajabov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sharipboy
Sharipboy Rajabov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-iyun 1952-yil
Xorazm viloyati
Yangiariq tumani
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati o'zbek
Kasbi Fermer
Dini Islom
Maʼlumoti Oliy
Unvoni Oʻzbekiston qahramoniMehnat shuhrati ordeni

Sharipboy Rajabov (1952-yil 20-iyun, Xorazm, Oʻzbekiston SSR) – Bogʻot fermer xoʻjaligi rahbari. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi. Oʻzbekiston qahramoni oliy unvoni (2016-yil) sohibi[1][2][3].

Sharipboy Rajabov 1952-yilning 20-iyun sanasida Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida tavallud topgan. Rajabov oʻzining ilk mehnat faoliyatini 1968-yili Xonqa tumanida joylashgan „Xorazm“ jamoa xoʻjaligida oddiy ishchi boʻlib boshlagan. Keyin, Bogʻot tumanida joylashgan „Bogʻot“ davlat xoʻjaligida mexanizator hamda brigada boshligʻi sifatida faoliyat olib borgan. 2000-yildan boshlab shu fermer xoʻjaligini oʻzida rahbar lavozimida faoliyat yuritgan. „Bogʻot“ fermer xoʻjaligiga qarashli urugʻchilik markazi paxtachlik uchun urugʻ yetishtirishga moslangan boʻlib, iqlimlashtirib ekilayotgan „Mehnat“ navli paxta urugʻi ham ushbu xoʻjalik markazida yaratilgan. Urganch davlat universtiteti olimlari bilan birgalikda Preparat-A ni sinovdan oʻtkazib gʻozaning unuvchanligini oshirishgan hamda hosildorligini koʻpayishiga erishishgan.

„Bogʻot“ fermer xoʻjaliging daromadidan tumandagi ikkita maktab, markaziy shifoxona hamda madaniyat markazlarini taʼmirlangan.

2010-yildan boshlab Rajabov Sharipboy xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati boʻlib Boʻgot tumandagi maxsulotlarni qayta ishlovchi korxona hamda tashkilotlarni ishini rivojlantirish, boʻsh ish oʻrinlarini tashkil etish, chorvachilik, parrandachilik hamda baliqchilikda nasl olish hamda koʻpyatirishni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirilishini taʼminlashda ishtirok etgan[4].

2015-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senat aʼzosi lavozimida faoliyat yuritishni boshlagan.

Sharipboy Rajabov 2007-yili „Shuhrat“ medalini hamda 2010-yilida esa „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan. 2016-yilda esa „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni sohibi boʻlgan.

  • Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.