Kontent qismiga oʻtish

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viktor Belenkoning shaxsiy guvohnomasi ( SSSR Qurolli Kuchlari)

Salimov Alimardon

Fuqaroning shaxsini, uning lavozimini va tegishliligini tasdiqlash (indentifikatsiya) uchun maxsus hujjatlar ishlab chiqilgan. Hujjat foydalanuvchisi, hujjatning oʻlchami va tegishli tashkilotiga koʻra turli koʻrinishda aks etgan.

Guvohnoma odatda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • tashkilotning tavsilotlari (qaysi tashkilot tomonidan berilganligi),
  • berilgan shaxsning familiyasi va ismi,
  • egasining fotosurati
  • egasining tugʻilgan sanasi, yili va joyi;
  • egasining oilaviy ahvoli,
  • turmush oʻrtogʻi, bolalari va baʼzi mamlakatlarda ota-onalarining shaxsiy maʼlumotlari ham kiritiladi.

Turli mamlakatlarda shaxsiy guvohnomalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ukraina

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya Federatsiyasida rasmiy shaxsni tasdiqlovchi hujjat — bu Rossiya Federatsiyasi fuqarolik pasporti, SSSRda uzoq vaqt davomida mavjud boʻlgan shunga oʻxshash hujjatning analogi[1]. 2023-yilda boshlab identifikatsion karta joriy etiladi va pilot qilib ikki region — Tatariston va Moskva tanlab olingan.

Qozogʻiston fuqarosining shaxsiy hujjati SSSR ichki pasport oʻrniga 1994-yilda joriy qilingan.

Qirgʻiziston fuqarosining birinchi milliy pasporti 1994-yilda, identifikatsion karta (ID) 2005-yilda joriy etilgan. Identifikatsion kartaning ikkinchi avlodi (eID) esa, 2017-yilda joriy etilgan. Unda shaxsiy maʼlumotlarga ega mikrochip mavjud.

Ukrainada odatdagi pasportdan identifikatsion karta koʻrinishidagi pasportdan foydalanishga oʻtilmoqda[2].

Yevropa Ittifoqi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpgina Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida identifikatsion kartalardan foydalaniladi.

Qoʻshma Shtatlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida bir nechta identifikator turlari qoʻllanadi. Haydovchilik guvohnomasi[3], davlat tomonidan berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, pasport va boshqa hujjatlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida xizmat qilishi mumkin. Ommabop eʼtiqoddan farqli oʻlaroq, ijtimoiy xavfsizlik raqami kundalik hayotda qoʻllanilmaydi, chunki u koʻpincha firibgarlar uchun qiziqish mavzusidir.

Haqiqiy identifikatsiya toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq, 2023-yil 3-maydan boshlab mamlakat ichida harakatlanish uchun yangi majburiy hujjatlar joriy etiladi — State ID ga qoʻshimcha Real ID, PASS ID bilan almashtirilishi rejalashtirilgan.

Avstraliyada yagona shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoʻq. Haydovchilik guvohnomasi ham, Keypass ID (Australia pochtasi tomonidan bepul berilgan surrogat hujjat) va boshqa hujjatlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida xizmat qilishi mumkin.

  1. „История паспортной системы в России от Петра I до наших дней“. РИА Новости (2012-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 18-iyun.
  2. „Украинцы смогут обменять нынешние паспорта на новые ID-карты. Когда и как это сделать“ (2015-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 18-iyun.
  3. „Real ID Public FAQs“ (en). Department of Homeland Security (2013-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 18-iyun.