Shayx Sulaymon masjidi
Masjid | |
1877-yilgi rasmda masjidning janubdan koʻrinishi, A. G. Paspatesning Vizantiya topografik tadqiqotlari | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Fotih tumani, eyrek mahallasi |
Koordinatalar | 41°01′9.13″N 28°57′19.32″E / 41.0192028°N 28.9553667°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | qabriston yoki kutubxona |
Meʼmoriy uslub | Vizantiya meʼmorchiligi |
Binokorlik | 1118—1124 |
Qurilish materiali | gʻisht, tosh |
Shayx Sulaymon masjidi Vikiomborda |
Shayx Sulaymon masjidi (turkcha: Şeyh Süleyman Mescidi; bu yerda mescit soʻzi turkchada kichik masjid degan maʼnoni anglatadi) – Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan masjid, Zeyrek masjidi tarkibiga kiruvchi sobiq Vizantiya binosidan masjidga aylantirilgan. Ushbu kichik bino Konstantinopoldagi Vizantiya oʻrta davri arxitekturasining kichik namunasi hisoblanadi.
Manzili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shayx Sulaymon masjidi Fotih tumani, Zeyrek mahallasida[1] sobiq Pantokrator cherkovidan taxminan 120 metr janubi-gʻarbda joylashgan. Bugungi kunda bino Zeyrek masjidining bir qismi hisoblanadi[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu kichik sakkiz burchakli binoning 1453-yilgacha boʻlgan tarixi haqida hech qanday maʼlumot mavjud emas. Bino taxminan 1118–1124-yillarda Vizantiya imperatori Irene Komnene tomonidan qurilgan Masih Pantokrator monastirining bir qismi boʻlgan[3]. Baʼzi olimlarning fikriga koʻra, bino dastlab qabriston boʻlgan boʻlishi mumkin[2], yana boshqa olimlar esa binoni monastir kutubxonasi deb hisoblashadi[1].
1453-yilda Konstantinopol fathidan koʻp oʻtmay, Mehmed II davrida bino shayh Sulaymon Halîfe (?–1491) tomonidan masjidga aylantirilgan[4]. 1756-yilgi katta yongʻindan soʻng bino Sulton Mustafo III davrida (1757–1774) Kazgan Asan ogʻa tomonidan qayta tiklangan va uning boshqaruvi yaqin atrofdagi madrasaga topshirilgan[4][5].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bino kvadrat rejaga ega boʻlib, tepa qismida bagʻalli past, sakkiz burchakli gumbaz joylashgan[2][5][5][5][4]. Binoga yaqin joyda Vizantiya sardobasi saqlanib qolgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Eyice, Semavi. Istanbul. Petite Guide a travers les Monuments Byzantins et Turcs (French). Istanbul: Istanbul Matbaası, 1955.
- Müller-Wiener, Wolfgang. Bildlexikon zur Topographie Istanbuls: Byzantion, Konstantinupolis, Istanbul bis zum Beginn d. 17 Jh (German). Tübingen: Wasmuth, 1977. ISBN 978-3-8030-1022-3.
- Krautheimer, Richard. Architettura paleocristiana e bizantina (Italian). Turin: Einaudi, 1986. ISBN 88-06-59261-0.
- Ronchey, Silvia. Il romanzo di Costantinopoli. Guida letteraria alla Roma d'Oriente (Italian). Torino: Einaudi, 2010. ISBN 978-88-06-18921-1.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vizantiya 1200 loyihasida Pantokrator monastirining 3D rekonstruktsiyasi