Kontent qismiga oʻtish

Shayx Xoʻja Xisrav maqbarasi

Koordinatalari: 40°7′40.5″N 65°21′48.0″E / 40.127917°N 65.363333°E / 40.127917; 65.363333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shayx Xo‘ja Xisrav maqbarasi
Joylashuv Navoiy viloyati
Karmana tumani
Turi maqbara
Material pishgan g'isht
Xarita
Koordinatalari 40°7′40.5″N 65°21′48.0″E / 40.127917°N 65.363333°E / 40.127917; 65.363333

Shayx Xoʻja Xisrav maqbarasi – Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan ziyoratgoh. Ziyoratgoh Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[1][2].

Xoʻja Xisrav xoʻjalardan boʻlgan. SHayx XIV asrda Mavlono Orif Deggaroniy, Xoʻja Baxoviddinlar bilan bir zamonda yashagan. Xoʻja Xisravning hayoti, faoliyati va karomatgoʻyligi haqida Abul Musin Muhammad Boqir Ibn Muhammad Alining „Bahouddin Balogardon“ kitobida ayrim tarixiy maʼlumot va rivoyatlar keltirilgan. Oʻz davrining oʻta zukko kishisi, Islom dinining peshvosi karomat sohibi boʻlib tanilgan. U Qosim SHayx maqbarasining janubiy-gʻarbida, undan 400 metr nariga dafn qilingan[3]. Ushbu kichik maqbara bir tomonida kanal bilan, boshqa tomonida xususiy uylar bilan chegaradosh. Maqbara hududi chiroyli metal panjara bilan oʻralgan. Binoning oʻzi bir gumbazli inshoot boʻlib, kirish portali, perimetri toʻrtburchak, pishgan gʻishtdan qurilgan, juda och rangda, qisman naqshli sirlangan plitkalar bilan bezatilgan. Ichki qismi juda keng – markazda, gulchambarda arab xattotligi yozuvlari bilan ramziy marmar qabr toshi joylashgan[4].

Shayx Xoʻja Xisrav maqbarasi XX asrda vayron qilingan. Maqbara oʻrnida faqat Xoʻja Xisravning qabr toshi saqlanib qolgan, uning ustiga zamonaviy materiallardan Xoʻja Xisravning yangi maqbarasi oʻrnatilgan. Karmana tumanidagi muqaddas qadamjo, „Xoʻja Xisrav“ meʼmoriy ziyoratgoh qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. Xoʻja Xisrav ziyoratgohi taʼmirlashdan soʻng mutlaqo yangi qiyofa kasb etdi.