Kontent qismiga oʻtish

Shedrik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shedrik
ukraincha: Щедрик
polyakcha: Szczedryk
Rejissyor(lar) Olesiya Morxunets-Isayenko
Prodyuser(lar) Taras Bosak, Kolyubayev Artem Oleksiyovich, Maksim Leshenko
Ssenariynavis(lar) Kseniya Zastavska
Rollarda Yana Korolova,
Andriy Mostrenko
Polina Gromova,
Anastasiya Mateshko,
Joanna Opozda,
Miroslav Xanishevskiy,
Tomasz Sobczak,
Alla Bineyeva,
Christina Ushytska,
Oksana Muxa
Muharrir(lar) Roman Sinchuk
Studiya(lar) Mainstream, Stevopol
Distribyutor UFD (Ukraina)
Chiqarilgan sanasi 2022-yil 4-mart (dunyo)
2023-yil 5-yanvar(Ukraina)
Davomiyligi 122 daqiqa
Mamlakatlar

Ukraina bayrogʻi Ukraina

Polsha bayrogʻi Polsha
Tillar ukrain, polyak, nemis, ingliz
Daromadi 10,88 UAH million[1]
(yoki 294 000 USD)[2]

„Shedrik“ – Kseniya Zastavska ssenariysi asosida rejissyor Olesiya Morxunets-Isayenko tomonidan 2023-yil 5-yanvarda Ukrainada chiqqan tarixiy drama. Jahon premyerasi 2022-yil 4-martda boʻlib oʻtgan[3]. Filmning distribyutorlari Film. UA Distribution va Kinomania Film Distribution hisoblanadi[4]. Polshada „Szczedryk“ va Ukrainada „Shedrik“ nomlari bilan tanilgan.

Film turli millatlarga mansub uchta oilaning hayoti haqida hikoya qiladi: ukrainlar, polyaklar va yahudiylarni umumiy baxtsizlik – urush birlashtirgan. SSSRning repressiv tizimidan keyin ular fashistlar Germaniyasining jazo mashinasini boshdan kechiradi.

Jahon premyerasi 2022-yil 4-martda boʻlib oʻtgan[3]. Film koʻplab mamlakatlarda, jumladan Polsha, Isroil, Amerika va Nigeriyada namoyish etilgan. Taʼkidlash joizki, film 2022-yil sentabr oyida Rimda namoyish etilgan[3]. Ukrainadagi premyerasi 2023-yilning 5-yanvarida kinoteatrlarida boʻlib oʻtgan[3][5].

Raqamli reliz

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmning Netflix striming platformasidagi premyerasi 2023-yilning 13-dekabrida boʻlib oʻtgan[6].