Kontent qismiga oʻtish

Sheralixon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sher Alidan yoʻnaltirildi)

Sheralixon, Sheralixon Hojibek oʻgʻli (taxminan 1797-1845) - Qoʻqon xoni (1842-45), oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub[1]. 1842-yil Buxoro amiri Nasrullo Qoʻqonni bosib olib Ibrohim Xayolni noib etib tayinlab ketadi. Uning zulmidan norozi boʻlgan qoʻqonliklar qoʻzgʻolon koʻtaradilar va xon avlodlaridan boʻlmish Sheralini Qoʻqon xoni deb eʼlon qiladilar. Sheralixon qoʻzgʻolonga rahbarlik qiladi. So'ng, qoʻzgʻolonchilar Qoʻqonga kiradilar va Buxoro qoʻshinini tor-mor keltiradilar. Shu paytda, Ibrohim Xayol Buxoroga qochgan. Sheralixon Buxoro amiri Qoʻqonga yangi yurish uyushtirishi mumkinligini bilib, qabila va harbiy boshliqlar, aminlar, oqsoqollar va obroʻli, nufuzli arboblar kengashini chaqirib, unda shoshilinch ravishda miltiq, qilich, toʻsiqlar tayyorlashga qaror qilgan. Keyin, Qoʻqon atrofida toʻsiq va qoʻrgʻonlar barpo qilishga kirishilgan, lekin qurilish nihoyasiga yetmay, Buxoro qoʻshini Qoʻqonga yaqinlashib shaharni qamal qiladi. Buxoro qoʻshinlari tevarak-atrofdagi qishloqlarni vayron qiladi, lekin shaharni egallay olmaydi. Qolaversa, Qoʻqon mudofaasidagi ayollar ham faol ishtirok etadilar. Nasrullo esa 40 kunlik qamaldan soʻng Buxoroga qaytib ketgan.

Sheralixon oʻgʻli Abdurahmonbekni amiri lashkar qilib tayinlab, uni Toshkentni zabt etish uchun yuboradi. Qoʻshinlar Sirdaryodan oʻtib, Quramaga kelganda, Xoʻjand hokimi Xudoyorboy ahvolni aniqlab, amir Nasrulloga xoinlik qiladi va o'z shahrining oliy hokimiyatini tan oladi. Qoʻqon xoni esa unga Xoʻjand viloyati hokimligini tortiq qiladi. Vanihoyat, Qoʻqon va Toshkent qoʻshinlari oʻrtasidagi jangdan soʻng, Toshkent va Dashti Qipchoq zabt etilib, qaytadan Qoʻqon xonligi tarkibiga kiritilgan.

Sheralixonning davrida ham xonning soliq siyosatiga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib turgan, shahrining mustaqil ravishda hokimiyatni boshqarishga intilishi esa qipchoqlar rahnamosi Musulmonqulning qarshiligiga uchraydi.Keyin esa Musulmonqul isyon koʻtarib, Isfara hokimi boʻlgan Sotiboldibekni xat bilan sobiq Qoʻqon xoni Olimxonning oʻgʻli Murodbekning oldiga yuboradi va uni Qoʻqon xonligining taxtini egallashga taklif etadi. Oʻshda qoʻzgʻolon boshlanganidan xabar topgan Shahrixonning hokimi, Musulmonqulning rejasini bilmagan holda, tezda qoʻshin toʻplab, Oʻsh qoʻzgʻolonini bostiradi. Ammo, Musulmonqul oʻz rejasini bajarish uchun Oʻshga qoʻshin bilan borib, qoʻzgʻolonda ishtirok etganlarni beshafqat jazolab va qonga botirib, 5-10 ming kishini asirga oladi. Qoʻzgʻolon rahbari hisoblangan Mulla Yusuf ham qoʻlga olinib, Oʻshda dorga osiladi.

Bu vaqtda esa Murodbek Qoʻqonga kelib, Sheralixonning huzuriga kiradi. Sheralixon esa vaziyatni anglagan holda, unga taxtni topshiradi. Musulmonqulning sodiq odamlari esa tunda o'z shahrini qatl etishadi.

Ad. Bobobekov H. N., Qoʻqon tarixi, T., 1996; Nabiyev R. N., Iz istorii Kokandskogo xanstva, T., 1973.

Haydarbek Bobobekov.




  1. „Sheralixon“. Qaraldi: 6-sentyabr 2024-yil.