Sher haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sher haykali — Hamadon shahrining yodgorliklaridan biri toshdan oʻyilgan sher haykalidir. Sher haykali joylashgan tepalik ham tarixiy tepalik hisoblanadi. Chunki u yerdan Arshakiylar davriga oid tobut topilgan. Haykal aslida ikkita boʻlgan va Hamadon shahri darvozasining ikki tarafida turgan. Eronga islom dinini yoyish uchun kelgan arablar uni „Bob ul-asad“ (Sher darvozasi) deb ataganlar. Murodvich Deylamiy ularni Ray shahriga olib ketmoqchi boʻladi. Lekin natijada bir sherning panjasi sinadi, ikkinchi sher esa butunlay sinib ketadi. Singan sher haykali 1949-yilgacha singan holida yerda yotgan. Oʻsha yilda Ibn Sino maqbarasining arxitekturasi Muhandis Sayhon tomonidan hozirgi joyga oʻrnatildi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 275 bet. ISBN 978-600-9675-31-3.