Kontent qismiga oʻtish

Ishkashim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shikasimdan yoʻnaltirildi)

Ishkashim, Shikasim, Saka-sem (mahalliy aholi talaffuzida Shikoshum) — Togʻli Badaxshondagi tarixiy tuman va shahar. Panj daryosining yuqori oqimida joilashgan. "Saka" va "sama" soʻzlari hind-oriy tillarida "Saklar mamlakati" maʼnosini bildiradi. 10-asrda Ishkashim Vohon hokimligining markaziy shahri boʻlgan. 14-asrda Marko Polo Skasem, yaʼni Ishkashim deb ataluvchi katta viloyat haqida soʻzlab, uning aholisining tili boshqalardan farq qilishini qayd etgan. Darhaqiqat Ishkashim va Vohon tili qoʻshni viloyatlar tillaridan hozirgacha ajralib turadi. Qadimda Ishkashim Vohon zardushtiylarining diniy markazi rolini oʻtagan. Ishkashim atrofidan mil. av. 86-asrlarga oid mozorqoʻrgʻon topilgan. Undagi dafn udumi zardushtiylikning mahalliy koʻrinishi talablariga koʻra, amalga oshirilgan, uning tarkibiga qad. pomirliklarning togʻ echkisiga sigʻinishi amallari ham kirgan. Ilk oʻrta asrlarda vohonliklar Olov va Quyoshga sigʻinganlar. Ishkashimda "Ramuzd" soʻzi Quyoshni anglatib, u zardushtiylar xudosi Ahuramazda nomini oʻzgartirilgan shakli boʻlgan.

  • Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX—nachala XIII vv. T., 1996.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil