Shinya Aoki
Shinya Aoki | |
---|---|
Aoki Shinya | © 2024 ONE Championship™ | |
Tavalludi |
9-may 1983-yil Shizuoka, Yaponiya[1] |
Millati | Yapon |
Darajasi |
A-Daraja Shootist 3 dan qora belbog in Kosen Judo[2] Braziliyacha Jiu-Jitsu da qora belbogʻ [3] |
Faoliyat yillari | 2003–hozirgacha |
Aralash jang sanʼati ustasi qaydlari | |
Jami | 60 |
Gʻalaba | 48 |
Nokaut bilan | 4 |
Hisob bilan | 31 |
Qaror bilan | 11 |
Chetlatish bilan | 2 |
Magʻlubiyat | 11 |
Nokaut bilan | 9 |
Qaror bilan | 2 |
Hisobsiz | 1 |
Boshqa maʼlumotlar | |
Universitet | Vaseda Universiteti |
Jang sanʼati ustasi qaydlari Sherdog saytida |
Shinya Aoki (Yaponcha: 青木 真也, oʻqilishi: Aoki Shinʼya) – mashxur yapon aralash jang sanʼati (MMA) jangchisi va Braziliyacha jiu-jitsu boʻyicha qora belbogʻ sohibi. Ayni vaqtda ONE Championshipda janglar oʻtkazib keladi[4]. Aoki MMA janglarida oʻzining noyob uslubi va texnikasi bilan tanilgan. Shuningdek, koʻplab xalqaro turnirlarda ishtirok etgan va koʻplab chempionlik unvonlarini qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shinya Aoki Yaponiyaning Shizuoka shahrida tugʻilgan va yoshligidan sportga qiziqib kelgan. U dastlab Dzudo bilan shugʻullangan va birinchidan qora belbogʻ egasiga aylangan. Dzudodan orttirgan tajribasi va yutuqlari uni aralash jang sanʼati olamiga kirib kelishiga poydevor vazifasini bajargan. Aoki keyinchalik Braziliyaliyacha jiu-jitsu bilan shugʻullanishni boshlagan va uzoq yillar davomida Yaponiyaning mashhur jiu-jitsu ustalaridan biri boʻlgan Yuki Nakai qoʻl ostida taʼlim olgan. Ilk karyerasini politsiya ofitserligidan boshlagan Aoki, keyinchalik faoliyatini MMAda davom ettirgan[5].
MMA
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aoki oʻzining professional MMA karerasini 2003-yilda boshlagan. U tez orada oʻzining yuqori darajadagi grappling va submission texnikalari bilan tanilgan. Aoki koʻplab yirik MMA tashkilotlarida, jumladan DREAM, PRIDE Fighting Championships, Shooto va ONE Championshipda jang qilgan.
- DREAM: Yengil vazn toifasida chempion
- Shooto: Orta vazn toifasida chempion
- ONE Championship: Yengil vazn toifasida chempion
ONE Championship
[tahrir | manbasini tahrirlash]DREAM va Shooto promouterligi tashkilotlarida muvaffaqiyatli janglaridan keyin Shinya Aoki 2012-yilda ONE Championship bilan shartnoma imzolaydi[6].
Aoki 2013-yilda ONEning yengil vazn toifasidagi chempionlikni qoʻlga kiritgan va bir necha marta oʻz kamarini himoya qilgan. Chempionlik vaqtida Aokining eng esda qolarli janglaridan biri 2015-yil 5-noyabrda oʻtkazilgan „ONE Championship: Pride of Lions“ kechasida Koji Andoga qarshi boʻlgan[7]. Ushbu jangda Aoki besh raund davomida oʻz ustunligini koʻrsatib, yakunda bir ovozdan hakamlar qarori bilan gʻalaba qozongan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „青木真也 (Shinya Aoki)“. jp.rizinff.com. Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
- ↑ Mark Pickering. „Shinya Aoki returns to his roots“. International Judo Federation (2019-yil 22-iyul).
- ↑ „Shinya Aoki — Evolve MMA Singapore“. evolve-mma.com (2015-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Shinya “Tobikan Judan” Aoki“.
- ↑ „プロ格闘家でも逃れられない「学歴」の壁|静岡県警を2カ月で辞めた早大卒の青木真也が語る“.
- ↑ „Bibiano Fernandes and Shinya Aoki Sign for ONE FC: Possible Opponents for Debut“.
- ↑ „ONE Championship"PRIDE OF LIONS"“.