Kontent qismiga oʻtish

Shoʻrtoʻgʻoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shoʻrtoʻqaydan yoʻnaltirildi)

Shoʻrtoʻgʻoy, Shoʻrtoʻqay - jez davriga oid arxeologik yodgorlik. 6 ta alohida joylashgan tepaliklardan iborat. Shim. Afgʻonistonda, Koʻkcha daryosining Amudaryoga quyilish joyida, Amudaryoning chap qirgʻogʻida joylashgan. Yodgorlikda 1975—76 yillarda fransuz arxeologlari (B. Lion, A.P. Frankfor, M.N. Pottiye) ilk bor arxeologik tadqiqotlar oʻtkazganlar. Yodgorlikka mansub 2 ta tepalikdagina (150*50m; 200x50 m) qazishmalar olib borilgan. Qolgan tepaliklar toʻliq oʻrganib chiqilmagan. Moddiy topilmalar (sopol idishlar boʻlaklari, taqinchoqlar, oʻq uchlari va boshqalar) va inshootlar qoldiqlari Sh. makoni Shimoliy Hindistondagi Xarappa madaniyati vakillari tomonidan barpo etilganligini koʻrsatdi.

SH. makoni mil. av. 3-ming yillik oxiri — 2-ming yilliklarda xarappaliklarning Oʻrta Osiyoning turli hududi bilan boʻlgan iqtisodiymadaniy aloqalarida muhim oraliq punkti vazifasini bajargan. Xususan, bu yodgorlik orqali tranzit ahamiyatga ega boʻlgan muhim yoʻllar oʻtgan. Sh. orqali Badaxshondagi lojuvard konlari mahsulotlari Shimoliy Hindistonga yetkazib berilgan. Jez davrida Zarafshon daryosining yuqori oqimida, Panjikent yaqinida joylashgan Sarazm, Zarafshon vohasidagi Qarnob konlari, Janubiy Oʻzbekistondagi Sopolli va boshqalar makonlarni Shimoliy Hindiston bilan bogʻlovchi asosiy aloqa yoʻli Sh. orqali oʻtgan. Bu makon orkali Amudaryoning chap qirgogʻi boʻylab Quyi Zarafshon vohasi va Amudaryoning quyi oqimiga qarab ketuvchi yoʻl ham oʻtgan.

shahrining yuqori madaniy qatlamlaridan jez davri Dasht madaniyatiga mansub moddiy topilmalar topilgan. Ularga asoslanib Sh. makoni mil.av. 2-ming yillik oʻrtalariga kelib mahalliy chorvador qabilalar taʼsiriga tushganligi haqida fikr yuritish mumkin. Ad.: Rtveladze E. V., Velikiy shelkoviy put, T., 1999.

Oʻktam Mavlonov.