Shoh Abbos masjidi (Keshla)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Shoh Abbos masjidi
ozarbayjoncha: Şah Abbas məscidi
Mamlakat  Ozarbayjon
Boku Nizomiy tumani, Keshla qishlogʻi
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Shirvon-Absheron meʼmorchilik maktabi
Loyiha muallifi Shoh Abbos I
Binokorlik sanasi XVII asr
Holati amaldagi

Keshladagi Shoh Abbos masjidi (forscha: مسجد شاه عباس; ozarbayjoncha: Şah Abbas məscidi) – Boku shahri, Nizomiy tumani, Keshla qishlogʻida joylashgan tarixiy masjid. Bino XVII asrga oid yodgorlik boʻlib, Safaviylar shohi Shoh Abbos I buyrugʻi bilan qurilgan[1][2].

Arxitekturaviy xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurilish rejasiga koʻra, Keshla shahridagi Shoh Abbos masjidi kvadrat shaklga ega. Bino Shirvon-Absheron meʼmorchilik maktabi uslubida bunyod etilgan boʻlib, qurilishiga koʻra Mardakan qishlogʻida joylashgan Tuba Shohi masjidiga oʻxshaydi (1481). Yodgorlik markazida masjidning dumaloq gumbaziga tutashgan toʻrtta katta arkdan iborat asosiy namoz oʻqish zali, yon tomonlarida esa kemerli shiftli kichik xonalar qurilgan. Bu xonalar masjidning qurilish rejasida kvadrat shaklida berilgan[3].

Masjid portali meʼmoriy tuzilishiga koʻra sodda boʻlib, stalaktitlardan iborat yarim gumbazga ega emas. Masjid meʼmori portal boʻlimini binoning umumiy hajmi bilan bogʻlashga harakat qilgan. Shu maqsadda meʼmor portal ramkasini binoning karnizi bilan birlashtirish usulidan foydalangan. Divan Khanni qurishda ham aynan shu usuldan foydalanilgan[3]. Portalning tepa qismida arabcha yozuvlar mavjud.

Mehrob va minbar kesilgan massiv toshlardan qilingan. Masjidning derazalari ham mahorat bilan yasalgan boʻlib, birinchi qavatining oʻzi ikki qatlamdan iborat: birinchisi – yogʻoch, qatlam, ikkinchisi – kesilgan tosh qatlam.

1920-yilda Ozarbayjon sovetlar tomonidan bosib olinganidan keyin bolsheviklarning diniy kurashi boshlanadi. Boshqa koʻplab diniy muassasalar singari Shoh Abbos masjidi ham oʻsha vaqtda oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻladi, biroq 1989-yilda oʻz faoliyatini qayta tiklay boshlaydi[4].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamil Fatullayev. Abşeron Memarlığı / Absheron architecture. Baku: Şərq Qərb nəşriyyatı, 2013 — 126 bet. 
  2. Nargis Mammadli. „Следующая станция: Кешля / Next station Keshla“ (ru). chaikhana.media (2020-yil 29-iyul). 2021-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 Salamzadeh 1964.
  4. „Tarixi“ (az). nizami-ih.gov.az. 2020-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abdulvahab Salamzadeh. Архитектура Азербайдана XVI-XIX вв / Architecture of Azerbaijan XVI-XIX centuries. Baku: Издательство Академии наук Азербайджанской ССР, 1964.