Kontent qismiga oʻtish

Sholikorlik instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sholikorlik instituti — Oʻrta Osiyoda sholichilik sohasidagi yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ilmiyi.ch. markazi tarkibida. Dastlab R.R.Shreder nomidagi Turkiston qishloq xoʻjaligi tajriba stansiyasi sholichilik boʻlimi (1926), 1932-yildan Oʻzbekiston sholichilik tajriba styasi (UzROS), 1958-yildan SoyuzNIXIning sholi va boshqalar sugʻoriladigan don ekinlari boʻlimi, 1967-yil dekabrdan Oʻzbekiston sholikorlik ilmiy tekshirish instituti. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi Avangard posyolkasida joylashgan. Institutda 2 boʻlim (seleksiya va agrotexnika), 7 laboratoriya (urugʻchilik; oʻsimliklarni himoya qilish; agrokimyo; oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi; iqtisodiyot; dukkakli don ekinlari; mexanizatsiya), Qoraqalpogʻiston (1967), Andijon (1994) filiallari, Xorazm tayanch punkti (1997) faoliyat koʻrsatadi. institut qoshidagi markaziy tajriba xoʻjaligi 183 ga, Andijon filiali 41,1 ga, Xorazm tayanch punkti 104,5 ga haydalma yer maydoniga ega. institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari: sholining kasalliklarga chidamli, mintaqalarning tuproq, iqlim sharoitlariga mos keladigan, sifatli guruch beradigan serhosil (65— 90 s/ga) nav va duragaylarini yaratish; sholi urugʻchiligining ilmiy asoslarini ishlab chiqish; sholi yetishtirishning ilgʻor texnologiyasini yaratish va amaliyotga tatbiq qilish; sholi kasalliklari va zararkunandalarga, begona oʻtlarga qarshi kurash choratadbirlarining ekologik toza usullarini ishlab chiqish; sholichilikni mexanizatsiyalash; dukkakli don ekinlari (soya, mosh va boshqalar)ning serhosil, kasalliklarga chidamli, ertapishar navlarini yaratish va boshqalar Respublikadagi sholi ekadigan xoʻjaliklarga elita urugʻligi yetkazib beradi. institut olimlari tomonidan sholining UzROS7, UzROS713, UzROS17, Avangard, Nukus2, Qoraqalpogʻiston, Lazurnsh, Alanga, Tolmas, Istiqlol, Istiqbol, Jayhun, makkajoʻxorining Kremnistaya1, Oʻzbekiston, qizil sebarganing UzROS73, soyaning Oʻzbekiston1 va Oʻzbekiston2, Doʻstlik, moshning Radost navlari yaratildi va respublikada rayonlashtirildi. institut faoliyati X.U. Oʻrmonova, M.P.Sborshchikova, N.I. Kosarev, P. G., Korshenboy, I.I.Uspenskaya, A.Ye.Shin, R.X.Haydarov, U.I.Yormatov, M.T.Kogay, M.M.Saltas, I.A.Somov, U.M.Mullajonov, P.A. Pulina, T.Boboniyozov, T.E.Ishoqov, S.Rixsiyeva, U. Abilbayev, Gʻ.N. Rahimov, Z.N.Jumanov va boshqalar olimlarning nomlari bilan bogʻliq. Institutda yaratilgan Nuqus2 sholi navi mualliflari (P.A.Pulina, T.Boboniyozov, S.Rixsiyeva) Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻlganlar (1989). Institutda ilmiy kutubxona, aspirantura, ilmiy kengash mavjud. Ilmiy ishlar toʻplami, ilmiy maqolalar nashr etadi.[1]