Kontent qismiga oʻtish

Shomahmudovlar oilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shoahmad Shomahmudov
Tavalludi 1891-yil
Vafoti 1970-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari
Bahri Akramova
Tavalludi 1903-yil
Vafoti 1987-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Shomahmudovlar oilasi – insonparvarligi bilan tanilgan toshkentlik oila. Ikkinchi jahon urushi davrida temirchi Shoahmad Shomahmudov xotini Bahri Akramova (1903—1987) turli millatning qarovsiz va yetim qolgan bolalarini farzandlikka olib, taʼlim-tarbiya bergan.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, Ulugʻ Vatan urushi yillarida Oʻzbekiston SSRga 400 ming bola evakuatsiya qilingan boʻlib, ularning yarmi yetim bolalar edi.

O‘zbekiston pochta markasida Shamaxmudovlar oilasiga o‘rnatilgan yodgorlik. 2005-yil

Toshkent shahri ayollarining Oʻzbekiston ayollariga qarata qardosh xalqlarning yetim qolgan va evakuatsiya qilingan bolalarni tarbiyaga olish haqidagi 1942-yil yanvar murojaati ularni shahardagi 17-bolalar uyiga olib keldi. Ular boshpanasiz qolgan, turli millat vakillari boʻlgan 13 bola va urushdan soʻng yana 3 bolani oʻz tarbiyalariga olishgan. Bular: Habiba, Vova, Shuhrat – rus, Hamidulla – ukrain, Rafiq, Rahmatulla – tatar, Xolida – moldavan, Samugʻ – chuvash, Yoʻldosh, Ergash – yahudiy, Halima – qozoq, Qoravoy, Neʼmat, Muazzam, Hakima, Ulugʻbek – oʻzbek[1]. Shomahmudovlar oilasi Samarqandlik Samadovlar oilasi kabi insonparvarlikni ulugʻlovchi oila sifatida katta jasorat, qahramonlik koʻrsatdi.

Ular evakuatsiya qilingan yetim bolalarni olib keta boshlaganlarida, Shoahmad Shomahmudov 53 yoshda, uning rafiqasi Bahri Akramova 40 yoshda edi[2][3]. Ular temir yoʻl vokzaliga kelib, urush boʻlgan hududlardan kelgan poyezdlardan bolalarni birin-ketin olib keta boshlagan. Birgina 1943-yilning oʻzida keksa temirchi Shoahmad Shomahmudov toʻrt farzandni asrab oldi. Uning farzandlari turli millat va familiyalari turlicha boʻlgan. Farzand asrab olish tarixida Shomahmudovlar oilasi tarqatish markazidan 5 oylik chaqaloqni olib ketishgani qayd etilgan. Shoahmad Shomahmudovning oʻzi unga Neʼmat deb ism qoʻygan, bu „sovgʻa“ degan maʼnoni anglatadi. U temirchining toʻrtinchi oʻgʻli boʻldi.

Ukrainalik yahudiy Fyodor Kulchanovskiy Toshkentga evakuatsiya qilinib, Shomahmudovlar oilasida Yoʻldosh ismini oldi. U oʻsib ulgʻaygan, konchilik sohasida tahsil olgan[4]. Moldovalik Olga Timonina asrab olingan bolalarning oxirgisi edi.

Yozuvchi Raxmat Fayziyning „Hazrati inson“ romani, Oʻzbekfilm kinostudiyasining „Sen yetim emassan“ badiiy filmi yaratilishiga Shomahmudovlar oilasi hayoti asos boʻlgan. Bu oila sharafiga Toshkentdagi Xalqlar doʻstligi maydonida Xalqlar doʻstligi monumenti oʻrnatilgan. Ularning bir oʻgʻli boʻlgan. U Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. U urushdan bir oyoqsiz boʻlib qaytadi va yana bir bolani olib keladi. Ular hech ham ikkilanmay u bolani oilalariga qabul qilishadi.

Mukofotlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fahrlanishi

Shomahmudovlar oilasi monumenti.

Shomahmudovlar juftligi SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1975-yil 23-avgustdagi farmoni bilan „Hurmat Belgisi“ ordeni bilan taqdirlangan. Bahri Akramovaga „Qahramon ona“ unvoni ham berildi. 1964-yilda Leningrad kinofestivalida ular haqida ishlangan „Sen yetim emassan“ filmi eng yaxshi ssenariy uchun mukofotga sazovor boʻldi (R.Fayzi). 1972-yilda „Sen yetim emassan“ filmi (rej. Sh. S.Abbosov) Oʻzbekiston Lenin komsomoli mukofoti laureati, ikki yildan soʻng esa Oʻzbekiston SSR Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati boʻldi.

Toshkentdagi koʻchalardan biriga Shomahmudov nomi berilgan. 1982-yil 26-mayda Toshkentdagi „Xalqlar doʻstligi“ maydonida Shomahmudovlar oilasiga monument oʻrnatildi. Haykaltarosh D.B.Ryabichev, arxitektorlar L.T.Adamov, S.R.Adilov[5]. Yodgorlik Ulugʻ Vatan urushi yillarida SSSRning turli respublikalaridan 15 nafar yetim bolalarni asrab olgan toshkentlik Shomahmudovlar oilasining jasorati ramzidir. Yodgorlik markazida temirchi Shomaxmudovlar oilasi tasvirlangan haykaltaroshlik kompozitsiyasi oʻrnatilgan.

2008-yil 12-aprelga oʻtar kechasi yodgorlik demontaj qilindi va shahar chetiga koʻchirildi[6]. Yodgorlikni koʻchirish buyrugʻini shahar hokimi Abduqahhor Toʻxtayev bergan[7]. Yodgorlik demontaj qilinganda va boshqa joyga koʻchirilganda, baʼzi detallar va bitta bronza bola figurasi yoʻqolgan.

2017-yil 1-may kuni yodgorlik Yakkasaroy tumanidagi shahar markaziga yaqinroq joylashgan „Doʻstlik“ bogʻiga (sobiq Bobur bogʻi) koʻchirildi[8].

2018-yilning 24-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishdan soʻng, may oyiga qadar yodgorlik oʻz joyiga – „Istiqlol“ saroyi (sobiq Xalqlar doʻstligi saroyi) oldidagi maydonga qaytishi maʼlum boʻldi[9].

  1. „В центре Ташкента демонтирован памятник Дружбе народов“. Росбалт (2008-yil 14-aprel). 2008-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  2. Маргарита Мирошниченко. „Легенда Ташкента: семья кузнеца Шамахмудова“. Издательский дом VIP-МедиаГрупп. www.vipvkurske.com (2018-yil 2-mart). 2020-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-yanvar.
  3. Маршак, Самуил Яковлевич „Любовь и ненависть“, . Собрание сочинений в 8 томах. М.: Художественная литература, 1971 — 404—408-bet. 
  4. Рахматова, Дилшода. „Кто еще остался из знаменитой семьи Шамахмудовых“. Sputnik (2017-yil 8-may). Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  5. Агентство «Фергана.ru». Новости Центральной Азии. (Wayback Machine saytida 2021-09-26 sanasida arxivlangan) 12 апреля 2008 года. «В центре Ташкента снесен самый известный памятник дружбе народов»: «Сегодня ночью в Ташкенте был снесен установленный возле дворца Дружбы народов памятник семье Шамахмудовых, усыновившей в годы Великой Отечественной войны 15 детей-сирот и ставшей символом милосердия и гуманизма узбекского народа.»
  6. Узбекистан: Монумент «Дружба народов» установлен за вещевым рынком «Ипподром» // Фергана. Ру, 15 апреля 2008
  7. Виктор Зозуля. „По дружбе народов - отбойным молотком“ (ru). Известия (2008-yil 15-aprel). Qaraldi: 2020-yil 31-yanvar.
  8. «Газета.uz». „Памятник семье Шамахмудовых возвращается в центр Ташкента“ (ru). Qaraldi: 2017-yil 1-may.
  9. „Памятник семье Шамахмудовых вернется на первоначальное место“ (ru). Газета.uz (2018-yil 24-aprel). Qaraldi: 2018-yil 24-aprel.