Shomshapalaklar
Qiyofa
Shomshapalaklar - silliqburun koʻrshapalaklar oilasi urugʻi. Uz. 10–50 mm. 7 turi bor. Yevropa, Gʻarbiy, Sharqiy va Janubiy Sharqiy Osiyoda, malla Sh. keng bargli va aralash oʻrmonlar zonasi, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Janubiy Gʻarbiy Sibirda. jumladan, Oʻzbekistonda keng tarqatgan. 1—2 ta bola tugʻadi. Sh. daraxtlar kovagiga, baʼzan imoratlar peshtoqiga uya quradi. Shomda va kechasi faol. Qattiq qanotli hasharotlar (mas, may qoʻngʻizi va boshqalar) bilan oziqlanib, qishloq xoʻjaligiga foyda keltiradi. Sh. mavsumiy migratsiya qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |