Shoxi-Zinda nekropolining kirish binolari guruhi
Shohi Zinda Majmuasiga Kirish PortaliBinolar majmuasi | |
---|---|
Fayl:Shoxi zinda nekropoli umumiy koʻrinishi.jpg | |
Koordinatalari | 39/39/42.1/N/66/59/16.6/E |
Joylashuv | Shaxar |
Turi | Islom |
Meʼmoriy uslubi | oʻrta Osiyo va islom me'morchiligi |
Qurila boshlagan | XV asr ikkinchi yarmi |
Xarita |
Shoxi-Zinda nekropolining kirish qismi monumenti – Samarqanddagi Shoxi-Zinda nekropol maqbaralari ansambliga kiraverishda joylashgan bir qator meʼmoriy yodgorliklarga quyidagilar kiradi: monumental kirish, darvozaxona, qishki masjid, yozgi masjid va XIX asr boshidagi Davlat qoʻshbegi madrasasi. Bibixonim masjididan uncha uzoq boʻlmagan joyda Samarqandning meʼmoriy yodgorliklaridan biri – moviy qabrlardan iborat Shoxi-Zinda majmuasi joylashgan. Ushbu monumentda turli davrlarga oid maqbaralar oʻrta asr tor koʻchasi boʻylab joylashgan. Shoxi-Zinda XIV-XV asrlarda birin-ketin qurilgan oʻn bitta maqbaradan iborat[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaxi-Zinda nekropoli deyarli ming yillik – XI-XIX asrlarda shakllangan. Qurilishning asosiy bosqichlari qoraxoniylar (XI-XII asrlar) va temuriylar (XIV-XV asrlar) davriga toʻgʻri kelgan boʻlib, ansamblda Movorounnahrning butun meʼmorchilik maktabi oʻz ifodasini topgan. Noyob qadimiy qabrlar ansambli (1370-1449) Afrasiyob aholi punkti yaqinida joylashgan. Uni koʻcha-qabriston deb ham atashadi. XI-XV asrlarga oid masjid va maqbaralarning vayronaga aylangan binolari ikki tarafga gʻaroyib tarzda choʻzilgan boʻlib, ularning koʻk gumbazlari uzoqlarga ip boʻlib choʻzilgan holda yuqoridan nafis boʻyinbogʻdek koʻrinadi.
Shoxi Zinda – podshohlar va zodagonlar dafn etilgan joy. Ammo nekropol boshlanadigan asosiy maqbara Muhammad paygʻambarning amakivachchalari – Kusam ibn-Abbosning xayoliy qabridir. Uni „Shohi Zinda“ deb atashgan, bu forscha „tirik podshoh“ degan maʼnoni anglatadi. U bu hududda islom dinini targʻib qilgan va keyinchalik bu majmua xalq tomonidan ziyoratgoh sifatida eʼzozlangan muhim ziyoratgohga aylangan. Rivoyatlarga koʻra, Qusam ibn Abbos 640-yilda Samarqandga xutba bilan kelgan va u yerda 13 yil yashab, namoz vaqtida zardushtiylar tomonidan boshi kesilgan.
XV asrning 30-yillarida Ulugʻbek oʻzining kichik oʻgʻli Abdulaziz topshirigʻiga koʻra „Shoxi-Zinda“ ansamblining asosiy kirish jabhasi boʻlgan monumental kirish guruhini meʼmoriy loyihalashtirgan. Ulugʻbek tashabbusi bilan qurilgan monumental kirish anʼanaviy „U“ shakliga ega boʻlib, kiraverishda kamar bilan oʻralgan belbogʻi bor. Kirish ustunlari va kirish arklari XV asrga xos gʻishtli mozaikalar bilan qoplangan. Ustunlardagi uchta vertikal dekorativ panellar sayqallangan va sirlangan koʻk va koʻk kafel gʻishtlardan yasalgan geometrik gilam naqshlari bilan toʻldirilgan. Kirish qolip devorining perimetri boʻylab epigrafik bezak mavjud, kirish ravogʻining tepasida oʻyilgan va naqshli mozaikadan yasalgan timpan, tepasida tarixiy yozuv va qurilgan sanasi (1434/1435) tasvirlangan mozaik lenta joylashgan.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoxi-Zinda Samarqanddagi yagona arxeologik va meʼmoriy yodgorlik boʻlib, unda Afrosiyobning quyi madaniy qatlamlari bilan birga shaharning deyarli butun koʻp asrlik tarixi oʻz aksini topgan. Pastki, eng soʻnggi binolar guruhi Ulugʻbek davrida qurilgan XV asrning birinchi yarmida mahobatli darvozalar orqali kirish yoʻli sifatida tashkil etilgan. Portal toʻrt ravoqli darvazaxonaga olib boradi. Gʻarbdan unga XV asrda bir necha marta qayta qurilgan masjid, sharqdan – xizmat koʻrsatish xususiyatiga ega binolar (arxeologik jihatdan oʻrganilmagan) bilan tutashgan. Darvozaxonning shimoliy arki kichik hovliga olib boradi, oʻng tomonda XIX asr boshlarida qurilgan Davlat qoʻshbegi kichik madrasasi, chap tomonda oʻsha davrdagi yogʻoch yozgi masjidning ayvonlari joylashgan. XX asrning 50-yillarida arxeologik ishlar olib borilgunga qadar darvozaxonali portal turli davrlarda qurilgan boshqa binolardan ajratilgan holda joylashgan deb taxmin qilingan. Qazishmalar natijasida aniqlanishicha, kirish guruhining barcha binolari (portal, darvozaxona va qishki masjid) bir vaqtda qurilgan.
Masjid va portalning poydevori bir xil darajadagi toʻrtburchak plitkali gʻishtdan (25-26 x 25-26 x 5 sm) eritmasida yotqizilgan.
Qusam ibn Abbosning maqbarasi koʻplab diniy yoki maʼnaviy turizm tarafdorlari uchun Samarqandga tashrif buyurishining asosiy sabablaridandir, chunki oʻrta asrlarda „Tirik podshoh“ qabrini ziyorat qilish Makkaga haj qilish bilan tenglashtirilgan. Afsonaga koʻra, avliyoning qabrida paydo boʻlgan buloq shifobaxsh kuchga ega.
Darvozaxona
[tahrir | manbasini tahrirlash]Darvozaning kirish eshigi oʻn ikki qirrali nafis gumbaz bilan qoplangan keng darvozaxonaga ochiladi. 1947-yilda taʼmirlash paytida interyerning koʻp qatlamli qadimiy loyli ishlanmalari olib tashlanib oʻriga qaytadan qoplamalar oʻrnatilgan. Darvozaxonaning devorlari XV asrga xos koʻk rangda stilize qilingan gulli ganch suvoq bilan qoplangan, deb taxmin qilish mumkin.
Qishki masjid
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katta uzunlamasi uch qismli (15 x 7,5 m) markaziy gumbazli arklar, gumbaz ostidagi qismida qalqonsimon yirik yelkanlar va yon boʻlimlarda tonozlardan iborat. Mehrob masjidning gʻarbiy uchida joylashgan. Kiraverishdan 30–40 m uzoqlikda joylashgan mehrob oʻz davriga xos naqshlar bilan bezatilgan.
Masjidning ichki qismi ganch bilan ishlangan, devor boʻylab ikki qavatli tahvonlar mavjud. Tashqi devorlar hech qanday bezak belgilarisiz hom gʻisht bilan terilgan holatida qoldirilgan. Tepadagi qishki masjid yuqoridagi inshootlarbilan solishtirilganda keyinchalik qayta qurilgan boʻlishi mumkin.
Yozgi masjid
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ustunlar ustidagi ayvon koʻrinishidagi minora masjidi chap tomondan kiraverishda joylashgan boʻlib, XIX asr boshlarida qurilgan. Shift va frizlarni 1910-yilda samarqandlik rassomlar – Usta Siddiq, Usta Abd al-Zohid va Usta Mahmudlar bezashgan. Devorlari XIX-XX asrlar samarqandlik ustalarining anʼanaviy uslubida oʻyilgan ganch (mahalliy ganch turi) bilan bezatilgan. Ustalar ishlagan naqshlarning hozirgacha saqlanib qolganligi bu davr mutaxasislarining ishi sifatililigiga isbot boʻla oladi.
Epigrafiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katta ark ustunlaridagi asl yozuvga koʻra: „Ushbu mahobatli binoga Amir Temur oʻgʻli Shohruh oʻgʻli Abdulaziz Bahodir hijriy 838-yilda asos solgan“. Darvoza 1434-1435 yillarda qurilgan. Hozirgi vaqtda asl yozuv deyarli yoʻqolib ketgan va avvalgi nashrlardan quyida tiklangan. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti nomidan (2007) Shohi-Zinda yodgorlik majmuasiga kirish eshiklari tepasida „Basmala“ arab harflari bilan oʻyib yozilgan.
Darvoza perimetri boʻylab va timpanum (kitaba) ustidagi qisman tiklangan yozuv suls va kufiy yozuvlarida yozilgan boʻlib, u Qur’ondan parchadir (3:169)
"Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan! Allohning yoʻlida qatl boʻganlarni oʻliklar deb hisoblamanglar. Balki, ular- tirik, Robbilari huzurida rizqlanmoqdalar"[2].
Tepasida Allohga odatiy hamdlar yozilgan: „Allohga hamd boʻlsin“, „Maqtov Allohgadir“, „Alloh buyukdir“.
Oʻng tomonda, darvozaxonga kiraverishda, xonaqoh binosiga olib boruvchi kirish eshigi tepasida Buxoro hukmdori Shohmurod (1785-1800) nomiga marmar plita oʻrnatilgan. Bu hukumdor „Maʼsum“ laqabi bilan mashhur boʻlgan – „Eng pok“ yoki „Taxtdagi darvesh“ kabi nomlar bilan ham aytishgan.
Bino devorlarida, ravoqlarida, jabhalarida keltirilgan matnlar Oliy Zotga murojaat va iltijo shaklida yozilgan:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam amakilarining oʻgʻli (qabriga) kirmasdan oldin.
Mendek kishi hargiz tugʻilmaydi!
Men olamondan ajratilganman.
Bas, rahm qil, menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsat!
Men gunohkorman, lekin umidim Sendan,
Qiyomat kunida gʻazabingdan saqla!
Agar mening ayblarimni va gunohlarimni yashirgin,
Allohim, qiyomat kunida sening saxovating va rahmating cheksizdir!
Va men Sening qullik qilsam ham, doimiy xatokor bandaman
Umid qilamanki, qiyomatda rahmatingdan benasib qolmayman!
Menga oʻz rahmatingni darigʻ tutma,
Menga jannatdan joy ber!
Va mening ismim Amir Masum (Gunohsiz amir),
Unda jannatni boʻlajak turar joyim qil!"[2].
Arxiv fotosuratlariga qaraganda, bu plita avvallari (XIX asr oxirigacha) Xoʻja Ahmad ad-Daylamiy qabri eshigi ustiga oʻrnatilgan va keyinchalik bu yerga koʻchirilgan. Baʼzi nashrlarga koʻra, kirish joyining oʻng tomonida soʻfiy xonaqoni, yaʼni soʻfiylik marosimlari (radeniya/zikr) uchun zal boʻlgan. Bu yerda payshanba kunlari zikr qilingan. Mahalliy aholining koʻpchiligi bu yerga doimiy kelib turishgan.
Darvozadan kiraverishda yozgi masjid ayvonining tomidagi frizda nastaliq dastxati bilan bitilgan bagʻishlov misralari bor:
"Allohdan oʻzga iloh yoʻq, Muhammad Allohning elchisidir.
Bu baland masjid bahorda qurilgan,
Alloh taoloning bandalari va ulugʻ zotlari uchun sajdagoh sifatida.
Bu Rasulullohning amakisining oʻgʻlining eng pokiza qabristonidir.
Adan bogʻlarining ramziga aylantirildi, xayrixohlik joyi
Allohim, rahmatingning bir qatori
Bu masjid quruvchilarning boshlarini dush qiling
Mehring ummonini toʻldirgin
Gunohlarimni magʻfirat et, ey magʻfiratli zot!
Va biz sizning noloyiq qullaringiz boʻlsak ham,
Kechayu kunduz gunoh qilganlar, lekin ularni kechirgin!
Lekin men Sening saxiyligingga ishonaman,
Sening mehring cheksiz, chunki sen koʻp kechirasiz.
Shunday qilib, tanam uchun kuchli kiyim tiking,
U bilan gunohlarimni berkiting, ey gunohlarni berkituvchi!
Donishmand sizga qurilish yilining xronogrammasini aytib beradi:
Ayting: "Umid maskani, ey magʻfiratli zot.
Usta Siddiq ijodi. Hijriy 1328-yilda (1910-1911)[2].
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „https://www.orexca.com/rus/uzbekistan/samarkand/shahi_zinda_necropolis.htm“.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Babadjanov B., Rustamov U. Epigrafika kompleksa „Shaxi-Zinda“ (teksti, perevodi). Samarkand, 2015.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nemtseva N. B. Shohi-Zinda ansambli: tarix – arxeologiya – 11-21-asrlar meʼmorchiligi. Samarqand, 2019 yil.
- Babajonov B., Rustamov U. „Shohi-Zinda“ majmuasi epigrafiyasi (matnlar, tarjimalar). Samarqand, 2015 yil.
- Aleskerov Yu. N., Umnyakov I. I. Samarqand : Qisqacha maʼlumotnoma – Toshkent, Oʻzbekiston SSR Davlat nashriyoti, 1956 y.
- Malikov A. M. Samarqand tarixi (qadim zamonlardan 14-asr oʻrtalarigacha). jild 1. Toshkent: Paradigma, 2017.