Shtraux to‘garakboshi
Shtraux to‘garakboshi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Sudralib yuruvchilar |
Oila: | Agamidae |
Urugʻ: | Phrynocephalus |
Turlari: | Shtraux to‘garakboshi |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Phrynocephalus strauchi Nikolsky, 1899 |
Shtraux to‘garakboshi ( lotincha: Phrynocephalus strauchi) — toshkaltakesaklar oilasiga mansub kaltakesaklar turkumiga kiruvchi Markaziy Farg‘ona (Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston)[1] cho‘l biotoplarida yashovchi jonivor. Rus zoologi Aleksandr Strauch (1832-1893) sharafiga shunday nomlangan.
Bugungi kunga kelib, tabiiy yashash joyining vayron bo‘lishi natijasida u o‘zining asl hududining ko‘p qismidan mahrum bo‘ldi. Har xil turdagi hasharotlarni ovlaydi. Ular xavf tug‘ilgan mahalda yashirinadigan teshiklarni qazishadi. Tana uzunligi (dumidan tashqari) - 5 sm.dan oshmaydi. Tananing yuqori qismi kulrang, kichik dog‘lar va chiziqlar bor, pastki qismi yorqin yashil, erkaklarda jigarrang-yashil rangga ega bo‘lgan dumi bundan mustasno. Urg‘ochilarda esa jigarrang-sariq tusda bo‘ladi. Bahorning oxiri va yozning boshlarida urg‘ochilar 2-3 ta tuxum qo‘yadi, ulardan yosh kaltakesaklar 35 kundan keyin tuxumni yorib chiqadi. Shtraux to‘garakboshiO‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan[2] .
Yashash joyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cho‘lning siyrak o‘t va butasimon o‘simliklari, Cho‘llarning o‘tbutalari siyrak, qumi qisman va to‘liq mustahkamlashgan qismlari, qumoq taqir va sho‘rxok yerlarda uchraydi.
Soni
[tahrir | manbasini tahrirlash]1960-1970-yillari lokal populyasiyalarda bahor paytida gektariga 12 tagacha, kuzda esa 48 tagacha qayd qilinar edi. 1999-yili Yozyovon tabiiy yodgorligi hududida gektariga 8–11 ta, 2008-yili Jumashuy qishlog‘i yonida esa 10 tadan 60 tagacha hisobga olingan. Hozirda aksariyat yashash joylarida yo‘q bo‘lib ketgan.
Hayot tarzi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mart–oktyabr oylarida faol hayot kechiradi. O‘z inida jon saqlaydi va qishlaydi. Juftlashishi mart-aprel oylarida sodir bo‘ladi. Bir yilda 2 marta – may–iyun oylarida – 3–4 tadan tuxum qo‘yadi. Bolalari iyun–avgustda tuxumdan chiqadi va keyingi yil bahorda jinsiy voyaga yetadi. Mayda hasharotlar va o‘rgimchaksimonlar bilan oziqlanadi.
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Farg‘ona vodiysi. O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston va Qirg‘izistonning chegaradosh hududlari.
Muhofaza choralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saqlanib qolgan barcha lokal populyasiyalarini aniqlash, muhofazasi va tutqun sharoitda ko‘paytirishni tashkil etish lozim.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Phrynocephalus strauchi NIKOLSKY, 1899“. 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-noyabr.
- ↑ „Круглоголовка Штрауха — Phrynocephalus strauchi Nikolskij, 1899“. 2019-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-noyabr.
3. Круглоголовка Штрауха — Phrynocephalus strauchi Nikolskij, 1899. Дата обращения: 15 ноября 2019. Архивировано 15 ноября 2019 года.