Shuayb Arnavutiy
Shuayb ibn Muharram al-Alboniy al-Arnavutiy (arab. شعيب بن محرم الألباني الأرناؤوطي) (2016—1928) – islom olamida taniqli alban hadis olimi. U “Hadis uslubiyati”, “Qoʻlyozmalar tahqiqi va tadqiqi”, “Hadis tanqidi” kabi asarlari bilan mashhur boʻlgan. Kunyasi – Abu Usoma[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1928-yilda Suriyaning Damashq shahrida tugʻilgan. Uning oilasi asli Albaniyadan boʻlgan, lekin u tugʻilishidan oldin Suriyaga koʻchib kelgan. Arnavutiy fiqhda hanafiy mazhabiga ergashgan. U hadis sohasidagi ishlari bilan mashhur boʻlgan. Arnavutiy 2016-yil 27-oktyabrda vafot etgan[2].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning eng koʻzga koʻringan ishi Ahmad ibn Hanbalning 45 jildlik “Musnad” asaridir. U asarning bosh muharriri sifatida uning turli qoʻlyozmalarini tadqiq qilgan, boshqa hadis kitoblari bilan oʻzaro bogʻlangan va 28 mingdan ortiq hadislarni tahlil qilgan. U Tahoviyning “Sharh Mushkil al-osor”[3] va Ibn Qayyim Javziyyaning “Zod al-Maod” nomli asarlarini ham tahqiq qilgan. Bundan tashqari, u hadis metodologiyasi, qoʻlyozma tadqiqi va hadis tanqidi boʻyicha yana bir qator kitoblar yozgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „المحدث شعيب الأرناؤوط في ذمة الله“ (2016). Qaraldi: 2021-yil 14-noyabr.
- ↑ كتاب: (المحدث شعيب الأرنؤوط، جوانب من سيرته وجهوده في تحقيق التراث)، تأليف: إبراهيم الكوفحي، صادر عن دار البشير بعمان، الطبعة الأولى، 1423هـ - 2002م.
- ↑ „Sharh Mushkil al-Athaar (شرح مشكل الآثــار) Imam al-Tahawi + Shaykh Shu'ayb al-Arna'ut, Looh Press; Islamic & African Studies“. www.loohpress.com. 26-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |