Kontent qismiga oʻtish

Shuhrat Bobojonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Shuhrat Babajanovdan yoʻnaltirildi)
Shuhrat Bobojonov
Tavalludi 24-iyul 1963-yil (1963-07-24) (61 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi
Partiyasi Erk demokratik partiyasi
Mukofotlari
  • Hellman-Hammett mukofoti laureati
  • Yaponiya Badiiy akademiyasining oltin medali
Veb-sayti http://http://boboart.net/

Shuhrat Bobojonov (oʻzbekcha: Шуҳрат Бобожон; Shuhrat Babadjanov, BABA, BOBO, BOBO, 24-iyul 1963-yil) — oʻzbek/sovet rassomi, jurnalist, siyosatchi.

Hayoti va mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuhrat Bobojonov 1963-yil Xorazm (O‘zbekiston SSR)da tug‘ilgan. 1984-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat institutining badiiy grafika fakultetini tamomlagan. U yerda Chingiz Ahmarov, Malik Nabiyev, Yanis Salpinkidi, Isfandiyor Haydarov, Roʻzi Choriyev, Abdumoʻmin Boymatov, Shavkat Abdusalomov kabi rassomlardan saboq olgan.

Institutni tugatgach, Urganch rasm galereyasida bosh kurator bo‘lib ishlab, zamonaviy sovet sanʼati kolleksiyasini yaratgan. 1986-yilda u Moskvadagi „Yoshlar namoyishi“ koʻrgazmasida „Yashirin tabassum“ rasmini namoyish etgan. Ushbu rasm 1987-yilda Tokioda (Yaponiya) sovet sanʼati koʻrgazmasida ham namoyish etilgan va Yaponiya Badiiy akademiyasining oltin medali bilan taqdirlangan. Aynan shu yilda u SSSR Rassomlar uyushmasiga qabul qilingan. U sobiq SSSR Rassomlar uyushmasiga qabul qilingan eng yosh o‘zbek rassomi bo‘lgan.

1989-yildan „Birlik“ norasmiy xalq harakati Xorazm bo‘limi hamraisi sifatida faol siyosiy faoliyatini boshlagan.

1991-yilgi prezidentlik saylovlarida u amaldagi prezident Karimovning siyosiy raqibi Muhammad Solihning saylovoldi shtabiga rahbarlik qilgan. Xorazm viloyatidagi saylovlarda Muhammad Solih g‘alaba qozongani aytiladi.

1993-yilda u malika Donxofdan stipendiya oldi va Berlin, Saarbrukken, Erlangen shaharlarida koʻrgazmalar tashkil qildi. Oʻzining http://http (Wayback Machine saytida 2008-10-28 sanasida arxivlangan)://boboart.net/ (Wayback Machine saytida 2017-09-27 sanasida arxivlangan) shaxsiy veb-saytini yaratgan.

Televideniyeda oʻtgan besh yil

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yilda ukasi bilan birgalikda Urganch shahridagi ilk mustaqil telekanallardan birini „TV AKM“ tashkil qilgan. Uning akasi, taniqli oʻzbek jurnalisti, videobloger Qudrat Bobojonov telekompaniya bosh muharriri boʻlib ishlagan, u ham 1994-yilda yangi stansiya uchun vaqtinchalik uzatgich sotib olgan, 1995-yilda militsiya xodimlari stansiyaga bostirib kirganida uzatgich texnik jihatdan yaroqsiz holga kelib qolgan. Stansiya yopilgach, u bir muddat Ozodlik radiosi va BBC bilan hamkorlikda ishlagan. Keyinchalik, ukasi bilan birgalikda 2015-yilga kelib Eltuz.com mustaqil internet nashrini yaratdilar. Telekanal 1 million tomoshabinning potentsial auditoriyasiga ega va hozirgacha muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. 1999-yilgi parlament saylovlari oldidan telekanal siyosiy sabablarga koʻra yopilgan[1].

Taʼqib qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilda prokuratura O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati buyrug‘i bilan „Hujjatlarni qalbakilashtirish“ moddasi bo‘yicha Shuhrat Bobojonov ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Shuhrat Bobojonov, O‘zbekiston Rassomlar akademiyasidan chiqarib yuborilgan. Yig‘ilishda Ro‘zi Choriyev, Javlon Umarbekov, Vladimir Burmakin kabi ijodkorlar chetlatish uchun ovoz berishgan.

Qoraqalpog‘istonlik rassom Jo‘lliboy Izintaev chetlatishga qarshi ovoz bergan.

Germaniyaga parvoz

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilda Shuhrat Bobojonov O‘zbekistonni tark etishga va Germaniyada siyosiy qochqinlik soʻrashga majbur boʻladi[2]. Siyosiy taʼqib qurboni boʻlgan yozuvchilarga beriladigan Hellman-Hammett mukofoti laureati Shuhrat Babajanov 2002-yildan hozirgi kungacha Ozodlik radiosi (Praga)da jurnalist boʻlib ishlab keladi[3].

Sanʼat asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuhrat Bobojonov, „Ming bir kecha“ umumiy nomi ostida fantastik sharq realizmi janrida kartinalar yaratgan.

1988-yilda „Reclam“ kitob nashriyoti tomonidan GDRga taklif qilingan. Nashriyotda o‘zbek xalq ertaklari (nemischa: Der halbe kicherling) kitobi nashr etilgan bo‘lib, uning rasmlari Shuhrat Babajonov tomonidan chizilgan.

Oʻsha yili Moskvadagi Rassomlar uyida „Nomaʼlum oʻzbek rangtasviri“ loyihasida ishtirok etib, uning „Mixail Gorbachev“ va „Raisa Gorbachyova“ nomli sodda badiiy kartinasi namoyish etilgan. 2000-yilda u ikki davlat — O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasida joylashgan Qoraqum cho‘lida shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil qiladi. Germaniyada „Luiza“ rassomlar uyi loyihasida ishtirok etib, „Samarqand“ instalyasiyasini yaratdi[4][4]. „Haus der Kulturen der Welt“ koʻrgazmasida ishtirok etib, u yerda „Non“ nomli ijofiy ishini namoyish qilgan. Surat O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi Vladimir Norovning noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

2002-yilda Veymar shahrida (Germaniya) Markaziy Osiyo rassomlarining koʻrgazmasida qatnashgan. Mazkur ko‘rgazmada rassom Shuhrat Babajonov „Sharq haqiqati“ nomli installyatsiyani namoyish etdi. Ijodiy ishda oddiy o‘zbek-musulmon uyi aks ettirilgan boʻlib, uy devorida Kalashnikov avtomati osilgan, stolda esa bir shisha Coca-Cola qoʻyilgan.

2004-yilda bu ijodiy ish Pragadagi Václava Spaly Galereyasida namoyish etilgan. 2010-yil Shuhrat Bobojonov Andijon shahridagi qoʻzgʻolon bostirilishining besh yilligiga bagʻishlangan „Andijon yomgʻiri“ qum kompozitsiyasini taqdim etgan.2021-yil 1-noyabr kuni esa Toshkentdagi “Hamar” badiiy galereyasida Shuhrat Bobojonov asarlarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan[5]. Rassom bu ko‘rgazmadan so‘ng “O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni olqishlash kerak”ligini taʼkidlagan edi[6].

  1. „ЦентрАзия“. 2018-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-mart.
  2. „Uzbekistan: New Tactics Force Critic Of Government To Flee — Radio Free Europe / Radio Liberty © 2011“. 2009-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-mart.
  3. „:-: kultur-multur.org :-:- — Sky and mountains melted together“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  4. 4,0 4,1 „Arte Luise Kunsthotel (Art Hotel in Berlin)“. 2010-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  5. „"Гилам устидаги уруш". Тошкентда рассом Шуҳрат Бобожоновнинг кўргазмаси бўлиб ўтмоқда“ (2021-yil 11-noyabr). 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-fevral.
  6. „Шуҳрат Бобожон: Ўзбекистондаги ўзгаришларни олқишлаш керак“ (2021-yil 10-noyabr). 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-fevral.