Shuhrat Vafoyev
Shuhrat Vafoyev | |
---|---|
Strategik islohotlar agentligining bosh direktori | |
Mansab davri 2022-yil sentyabr | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Maʼlumoti | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Jonc Hopkins universiteti va Moskva muhandislik qurilish instituti |
Mukofotlari |
Shuhrat Vafoyev — 1968-yil Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. Strategik islohotlar agentligining bosh direktori[2]. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Jonc Hopkins universiteti va Moskva muhandislik qurilish institutini tamomlagan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 28-avgustidagi farmoniga binoan „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan[3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1996—2000-yillar oraligʻida Markaziy bank tizimida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan. 2000-yildan 2002-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar departamentining boʻlim boshligʻi boʻlgan. 2002-yildan 2007-yilgacha Jahon banki hamda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ijrochi direktori maslahatchisi lavozimida ishlagan. 2007-2010-yillar oraligʻida Moliya vazirligida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan. 2010-yildan 2012-yilgacha va 2017-yildan 2018-yilgacha Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori boʻlgan.
2012-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasida direktorning birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2018—2019-yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimlarida boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi qarorlariga muvofiq 2019-yil yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va oldingi lavozimidan boʻshatildi. Shuningdek, Shuhrat Vafoyev Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajargan. Ushbu lavozimda 2022-yil sentyabrigacha ishladi[1][4].
2021-yil aprelda Oʻzbekiston oltin bozorlarda Rossiya bilan raqobatlashmayotganligi hadida RBK ga aytgan[5]. 2022-yil 13-iyunda Saudiya Arabistonining „Classera“ „Maharah Human Resources“ va „Kdot Partners“ kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi[6]. 2018-yil 5-iyulda Yaponiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito hamda Shuhrat Vafoyev (Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi lavozimidaligida) oʻrtasida 262 million yen miqdorida grant ajratish toʻgʻrisidagi shartnomalar imzolangan[7].
2022-yil sentyabr oyidagi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan Shuhrat Vafoyev prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori sifatidagi faoliyatini boshladi, avvalgi lavozimidan ozod etildi[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Strategik islohotlar agentligiga rahbar tayinlandi“.
- ↑ „Shuhrat Vafoyev Strategik islohotlar agentligi bosh direktori etib tayinlandi“ (2022-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Vazir o‘rinbosari Prezident huzuridagi agentlik direktori bo‘ldi“ (2022-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Инвестициялар ва ташқи савдо вазири ўринбосарлари тайинланди“ (2019-yil 28-yanvar). Qaraldi: 10,09,2022.
- ↑ „Узбекистан отказался конкурировать с Россией на внешних рынках золота“ (2021-yil 26-aprel). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „ITSV: Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan amaliy hamkorlik chuqurlashmoqda“ (2022-yil 14-iyun). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „O‘zbekistonliklar Yaponiyada tahsil olishi uchun salkam 2,4 mln dollar grant ajratildi“ (2018-yil 5-iyul). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Vazir o‘rinbosari Prezident huzuridagi agentlik direktori bo‘ldi“ (2022-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.