Shukur Jumayev
Shukur Boboqulovich Jumayev | |
---|---|
Tavalludi |
1-yanvar 1957-yil Sirdaryo tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | agroximik-tuproqshunos |
Sohasi | qishloq xoʻjaligi |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori |
Mukofotlari |
Shukur Boboqulovich Jumayev (1957-yil 1-yanvar, Sirdaryo tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shukur Jumayev 1957-yil 1-yanvar Sirdaryo tumanida tugʻilgan. 1980-yilda Toshkent davlat universiteti biologiya-tuproqshunoslik fakultetini „agroximik-tuproqshunos“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1980—1982-yillarda Qashqadaryo zonal agroximlaboratoriyasida bosh radiologi, 1983—1985-yillarda Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti aspiranti, 1986—1989-yillarda „Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi“ laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, 1989—1990-yillarda shu laboratoriyaning katta ilmiy xodimi, 1990—1992-yillarda Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi, keyinchalik katta ilmiy xodimi, 1993—2003-yillarda Oʻzbekiston Paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filialining „Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi“ laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, 2003—2011-yillarda shu filialda ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2011—2016-yillarda filial direktori, 2016—2021-yillarda ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari vazifasida ishlagan. 2022-yildan Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti „Organ-mineral oʻgʻitlar va agrokimyoviy yalpi tahlillar“ laboratoriyasi boshligʻi[1].
Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1986—2021 yillar mobaynida qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor I. M. Rahmatov bilan birgalikda „Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi“ yoʻnalishida olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijasida Qashqadaryo viloyatini tuproq-iqlim sharoitiga mos 3 ta ingichka tolali (Qashqadaryo-1, Qashqadaryo-5, Qashqadaryo-7) va 4 ta oʻrta tolali (OʻzPITI-2601, SP-2602, SP-2603, Shahrisabz-1) gʻoʻza navlarini yaratishgan. Qishloq xoʻjaligi boʻyicha falsafa doktorlik dissertatsiyasini 2018-yilda „Qashqadaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos gʻoʻzaning ingichka va oʻrta tolali navlarini yaratish va joriy etish“ mavzusidahimoya qilgan. 100 ortiq maqolalar va tezislar muallifi[1].
Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2021)[1].