Sibir tilogʻochi
Sibir tilogʻochi (lotincha „Lárix sibírica“)— ignabarglilar oilasining doimiy yashil oʻsimliklar turiga mansub daraxt.
Ekologiyasi va tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sibir tilogʻochi oʻrmon, oʻrmon-tundra, tundra va oʻrmon-yaylov zonalarida oʻsadi[1]. Baʼzan uni yaylov va dasht zonalarida ham uchratish mumkin[2]. Tabiiy tarqalish hududi Rossiyaning shimoliy, shimoli-sharqiy va Yevropadagi hududining sharqiy qismini, Ural, Gʻarbiy va sharqiy Sibir, Rossiyadan tashqarida esa janubiy Qozog'iston, shimoliy Mongoliya va shimoli-gʻarbiy Xitoyni oʻz ichiga oladi. Shimoldan janubga qarab tundradan tortib Oltoy-Sayan togʻlarigacha boʻlgan kenglikda tarqalgan. Sibir tilogʻochi ignabargli oʻrmonlarda Shotland qarag'ayi, Sibir kedr daraxti va archasimon daraxtlari va baʼzan Sibir archalari bilan ham birga oʻsadi. Oʻsishi uchun podzol tuproqlar talab etiladi. Sovuqqa chidamli, yorugʻlikni sevuvchi, tuproq va havo namligini(ammo haddan ziyod emas) talab qiluvchi daraxt turi hisoblanadi.
Botanik tasnifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daraxtning balandligi 30-40 metrgacha, diametri 80-100 baʼzan 180 santimetrgacha boʻladi. Yosh daraxtlarning gultoji dastlab piramida shaklida keyinchalik oval-aylana shaklda boʻladi
. Tepa qismidagi kurtaklari keng konussimon; yon tomondagilari esa yarimshar shaklida, sargʻish-jigarrang boʻladi. Ignalari yumshoq, ingichka, uzunligi 13-45 millimetrgacha, qalinligi 1,6 millimetrgacha, ochiq yashil rangda va bir toʻplamda 30-40 tagacha boʻladi. Boshqa ignabargli daraxtlar singari ularning ignalari ham kuzda toʻkiladi. Urugʻlari ochiq joylashmagan kichik, tuxumsimon shaklda, uzunligi 2-5 millimetr, kengligi 3-4 millimetr, sargʻish qora chiqizlar va dogʻlari boʻladi. Qanotlari 8-17 millimetr uzu, 4-6 millimetr keng, bir tarafidan deyarli toʻgʻri burchakli boshqa tomoni esa gʻovak aylana shaklda boʻladi. Bir kilogrammda 5.3-14.1 grammgacha boʻlgan 94-147000 tagacha urugʻlar boʻladi. Sibir tilogʻochi shahar muhitiga chidamli boʻlgani uchun koʻkalamlashtirishda keng qoʻllanadi. Rossiyada Sibir tilogʻochidan (shuningdek Sibir kedridan ham) olinadigan smoladan ogʻiz boʻshligʻida hosil boʻladigan kasalliklarni oldini olishga moʻljallangan saqich ishlab chiqariladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ogureeva G. N., Bocharnikov M. V. Geografiya raznoobraziya borealnix lesov u yujnoy granitsi rasprostraneniya i ix kartografirovanie (gori yujnoy Sibiri i Mongolii). Jurnal „Vestnik Moskovskogo universiteta“. Seriya 5. Geografiya. 2014 g. Oblast nauk: Biologicheskie nauki.
- ↑ Проскурякова Г. М. Лиственница // Наука и Жизнь. — M., 1987. — № 11. — С. 158-161.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |