Kontent qismiga oʻtish

Sichqon dumli ko'rshapalak

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Sichqon dumli koʻrshapalak
The image is a drawing of a bat
Katta sichqon dumli ko'rshapalak (Rhinopoma microphyllum)
Biologik klassifikatsiya Edit this classification
Olam: Hayvonlar
Tip Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Turkum Chiroptera
Oila: Rhinopomatidae
Tur: Rhinopoma

Sichqon dumli koʻrshapalaklar -Rhinopomatidae oilasiga mansub hasharotxoʻr mikrobatlar sutemizuvchi hisoblanadi, va ularning atigi 6 turga ega. Ularning barchasi Rhinopomaning yagona turiga kiradi. Ular qadimiy joylar, Shimoliy Afrikadan,Tailand va Sumatra orollarining, qurgʻoqchil va yarim qurgʻoqchil hududlarda, gʻorlarda, uylarda shuningdek hatto Misr piramidalarida yashaydignlari topilgan. Ular nisbatan kichik, tana uzunligi atigi 5 sm dan 6 sm gacha  yetadi[1]. Vazni 6 gr dan 14 gr gacha boʻladi.

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rhinopomatidae oʻzining nozik oyoq-qoʻllari va uzun, ingichka, tuksiz dumli kichik koʻrshapalaklar hisoblanadi. Ularning qum rangidagi terisi yumshoq va qisqa. Burunining klapanli burun teshigi bilan kichik va oddiy burun bargi bilan ikkiga ajralgan. Ularning katta quloqlari yaxshi rivojlangan quloq teshigiga ega, shuningdek ularning qora koʻzlari bilan peshonasi boʻylab teri chizigʻi bilan bogʻlangan[2]. Barcha koʻrshapalaklar ichida Rhinopomatidae bilak uzunligiga nisbatan eng qisqa barmoqlariga ega. Ularning bosh-tana uzunligi 50 mm dan 90 mm gacha , qanoti uzunligi 45 mm dan 75 mm gacha , dum uzunligi 40 mm dan 80 mm gacha va tana vazni 6 dan 14 mm gacha boʻladi.

Rhinopomatidae Shimoliy Afrika va Janubiy Osiyoda, Marokash va Senegaldan Janubiy Sudangacha, Yaqin Sharq va Hindistondan Myanma, Tailand va Shimoliy Sumatragacha choʻl va yarim choʻl, va quruq iqlim sharoitlarida yashashga moslashishgan. Ular, shuningdek, qishloq xoʻjaligi hududlarida va uraning eski buzilgan joylarida ham yashashadi. Ular muhitga tezda moslashishadi va past namlik va yuqori haroratli devorlar oraliqlarida tirmashib olib yashaydilar. Shuningdek, ular yoriqlar, tosh devorlar, uylar, qabrlar (jumladan, Misr piramidalari, ular uch ming yildan koʻproq vaqtdan beri mavjud), tunnellar va gʻorlardan boshpana sifatida foydalanadilar. Janubiy Osiyoning shimoliy qismlaridan kelgan koʻrshapalaklar qishki koloniyalar hosil qilib qishlash uchun borishadi, u yerda ular chuqur uyquga ketishadi, lekin ular qishlashmaydi . Juda iqlimi quruq davrlarda, oziq-ovqat tanqisligi paytida ular oʻzlarining yogʻ zaxiralaridan oziqa sifatida foydalanishadilar .

Rhinopomatidae minglab koloniya hosil qilib yashaydilar, va baʼzida kichik tarqoq guruhlar ham hosil qilishadi. Bu kabi aralash guruhlar keng tarqalgan hisoblanib, baʼzida faqat erkaklar yoki urgʻochilardan iborat guruhlar ham uchraydi. Ular ming yoki undan koʻp aʼzolar yashaydigan koloniya hosil qilishi mumkkin. Yiliga bir yoki ikki marotaba koʻpayishadi[3]. Ularning parvozga chidamliligi sust va tezda charchashadi. Shuningdek, ular yerda tez yugurishlari mumkin. Ular mayda hasharotlarni, shu jumladan besh dan oʻn metrgacha uchish balandligida boʻlgan qoʻngʻizlarni ovlaydi.

Sinflarga ajratish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rhinopomatoidea oilasi Kittining choʻchqa burunli koʻrshapalak bilan juda yaqin va chambarchas bogʻliq oila vakili hisoblanadi. Ular, shuningdek, taqa koʻrshapalaklar, Qadimgi dunyo bargli burunli koʻrshapalaklar va Yinpterochiroptera turkumining boshqa aʼzolari Plecotus bilan ham chambarchas bogʻliq. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, Shimoliy Afrikaning qurgʻoqchil hududlarida va janubiy Osiyoda paydo boʻlgan toʻrtta tur mavjud boʻlgan, lekin xech qanday qazilma mavjudligi tasdiqlanmagan.

The image depicts a small mouse-tailed bat on a wall
Sichqon-dumli koʻrshapalak
  1. The Encyclopedia of Mammals Macdonald, D.: . New York: Facts on File, 1984 — 800-bet. ISBN 0-87196-871-1. 
  2. Fenton, M. Brock. Bats. New York: Checkmark Books, 2001 — 122–124-bet. ISBN 0-8160-4358-2. 
  3. Fenton, M. Brock. Bats. New York: Checkmark Books, 2001 — 122–124-bet. ISBN 0-8160-4358-2. Fenton, M. Brock (2001). Bats. New York: Checkmark Books. pp. 122–124. ISBN 0-8160-4358-2.