Kontent qismiga oʻtish

Sichqon qopqoni

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tayyor qopqon
Qopqonga tushib qolib oʻlgan sichqon

Sichqon qopqoni — sichqonlar va kemiruvchilarni ushlash yoki oʻldirish uchun moʻljallangan maxsus qopqondir.

Anʼanaviy prujinali sichqon qopqonini britaniyalik mashhur kashfiyotchi Hiram Stevens Maxim tomonidan yaratilgan. Ushbu qopqonga sichqon yeydigan biron-bir mahsulot qoʻyiladi. Sichqon mahsulotgan tegishi bilanoq tezda konstruksiya ishga tushadi va qopqon richagi sichqonni ezib qoʻyadi va ushbu jarohatlardan sichqon oʻladi. Mahsulot sifatida anʼanaviy ravishda pishloq qoʻyilsa ham, sichqonlar aslida uni unchalik xush koʻrishmaydi, shuning uchun koʻpchilik pishloq oʻrniga yongʻoq, non, shokolad yoki goʻsht boʻlakchasini qoʻyishadi. Aynan ushbu qopqon turi, sichqonlar va kemiruvchilarni ushlash uchun keng miqyosda butun dunyoda ishlatiladi.

Ushbu qopqondan tashqari, yana bir necha xil qopqonlar mavjud. Bular: yelimli qopqon, qafasli qopqon va paqirli qopqonlardir.