Kontent qismiga oʻtish

Sikstin Madonnasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sikstin Madonnasi
(Inglizcha: Sistine Madonna)
Rafael Santi, 1513–1514
Moybo'yoq
265 × 196 sm
Gemäldegalerie Alte Meister, Drezden , Germaniya

Sikstin Madonnasi— shuningdek, Madonna di San Sisto deb ataladi. Buyuk italyan rassomi Rafael Santi tomonidan moʻyqalamda chizilgan mashhur kartina.[1] Giorgio Vasari buni „haqiqatan ham noyob va gʻayrioddiy ish“ deb atadi. Rasm 1754-yildan Drezdenga koʻchirilgan va nemis va rus sanʼati sahnasiga taʼsiri bilan mashhur. Ikkinchi jahon urushidan soʻng , Germaniyaga qaytarilgunga qadar oʻn yil davomida Moskvaga koʻchirildi.[2]


Rafael Santi haqida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1483-yil 6-aprelda Italiyaning Urbino shahrida tugʻilgan. Rassomlikni 16 yoshida, „Havoning yaratilishi“ va „Trinite“ asarlai bilan boshlagan. Rafaelning otasi — Giovanni Santi ham Urbinoda rassomlik bilan shugʻullanar edi. 1494-yil otasi vafot etgach, Rafael tashqi bogʻlantilardan kesilib, uyida ishlashni davom ettiradi.

Rafaelning Urbinodagi asarlarida Melozzo de Forli, Piero della Francesca va eng koʻp Pietro Peruginoning tarzi sezilar edi. Ayniqsa 1503-yilda bitirgan „Coronation of Virgin — Toj kiyish“ asarida Peruginoning tasiri koʻrinar edi. Buning eng asosiy sababi, Florensiyaga ketishdan oldin, Perudjada Pietro Peruginodan taʼlim olganidir. Peruginoning bu tasiri ostida chizgan eng ohirgi asari „Maryamning nikohi — Marriage of the virgin“ asaridir. Bu rasmidan keyin Perugino tarzidan chiqishni boshlagan.

Rafael Florensiyaga borgach, oʻz tarziga Leonardo da Vinchi va Michelanjelo tasirlari ostida yangiliklar kiritdi. Florensiyada 1508-yilgacha chizgan asarlari „Sistine Madonne“ „La Belle Jandinière“, „Madonna of the Chair“ va „Entombmeut“dir.

Rafael Rimda Papa Yuliy II ning qoʻlida ishladi. Birinchi qilgan ishi Papaning kutubxonasini yasatish boʻldi. Teologik, Falsafiy va Lirik mavzularida chizgan rasmlari aniq, bir butun mazmunga ega edilar. 1514-yilda Papa Leo X ning buyrugʻi bilan Havoriy Peter Soborida bosh meʼmorlik qildi. 37-tugʻilgan kunida 1520-yilda Rimda vafot etdi.[3]

Asarlarda Madonna obrazi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarbiy Yevropa sanʼatida diniy janrdagi rasmlarda Madonna obrazi juda keng tarqalgan. Madonna — Iso Masihning onasi Bibi Maryamning anʼanaviy katolik madaniyatidagi unvoni. Tasviriy sanʼat tarixida anʼanaviy ikonografiya Madonna obrazini aks ettiradi, koʻpincha Chaqaloq Iso bilan birga.
Oʻrta asr Italiya rassomlari Madonnalarni yaratishda uzoq vaqt davomida Vizantiya modellari — Bokira qiz tasvirlangan piktogrammalarga ergashgan. Shimoliy Yevropada yaratilgan Madonnaning birinchi haykaltaroshlik tasviri 10-asrning oxiriga toʻgʻri keladi — " Essenlik Oltin Madonna ". Salib yurishlari boshlanishi bilan qora yuzli Madonnalar janubiy Evropada keng tarqaldi. Uygʻonish davrida tabiat fonida zamonaviy liboslar kiygan tipik yosh italyan ayollari timsolida Madonna va Bola tasvirlangan dastgoh rasmlari paydo boʻla boshladi (" Yashillardagi Madonna ", " Tilla finchli Madonna ", " Goʻzal bogʻbon ""). „Madonnalar“ ning katta tsikllari Giovanni Bellini , Mantegna , Perugino va Rafael Santi tomonidan talabalari bilan birga yaratilgan.[4]

Rasm moʻyqalam yordamida 295 sm x 196 sm oʻlchamda chizilgan. Madonna qoʻlida yosh Iso Masihni ushlab turganini va ularning yonida Avliyo Sixtus va Avliyo Barbara turganini koʻrish mumkin.

Rasm Papa Yuliy II tomonidan uning marhum amakisi Papa Sixtus IV sharafiga Pyasenza shahridagi San-Sisto Benedikt monastiri bazilika cherkovi uchun qurbongoh sifatida buyurtma qilingan, u bilan Rover oilasi uzoq vaqt davomida yashagan. Afsonaga koʻra, Antonio da Korregjio bu asarga birinchi marta koʻz tashlaganida, u ilhomlanib: „Men ham rassomman!“ deb hayqirib yuborgan.

Germaniyaga koʻchirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1754-yilda Polshalik Avgust III rasmni 110 000 — 120 000 frankga sotib oldi, shundan soʻng u Drezdenga koʻchirildi va yangi mashhurlikka erishdi.

Ikkinchi jahon urushi va Sovetlar egaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sikstin Madonnasi Ikkinchi jahon urushida Drezdenni bombardimon qilish paytida halokatdan qutqarildi. Rasm boshqa sanʼat asarlari bilan birga Shveytsariyasidagi Sakson tunnelda saqlangan. Keyinchalik SSSR xujumi vaqtida egallab olindi va Moskvaga olib ketildi. 1946-yilda rasm Sovetlar tomonidan qoʻlga kiritilgan boshqa xazinalar bilan bir qatorda vaqtincha Pushkin muzeyidagi cheklangan koʻrgazmaga qoʻyildi. Ammo 1955-yilda, Iosif Stalin vafotidan soʻng, Sovetlar „Sovet va nemis xalqlari oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlash va yanada rivojlantirish maqsadida“ sanʼatni Germaniyaga qaytarishga qaror qildilar.

  1. „The Sistine Madonna Рафаэль Санти1512 - 1513“. artsandculture.google.com. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  2. „Sistine Madonna“. www.artandpopularculture.com. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  3. „Raphael Italian painter and architect“. Britannica. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  4. „Описание картины «Мадонна с Младенцем» — Пьетро-ди-Христофоро-Вануччи Перуджино“. Opisaniya Kartina. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.