Kontent qismiga oʻtish

Singapur havo yoʻllari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Changi xalqaro aeroportidagi Singapur havo yoʻllari shtab-kvartirasi

Singapur havo yoʻllari — Singapurning milliy aviakompaniyasi boʻlib, 1947-yil 1-mayda tashkil etilgan. Asl nomi — Malayan Airways. 2000-yildan beri Star Alliance aʼzosi. Aviakompaniyaning bazasi Changi aeroporti hisoblanadi — Singapurning asosiy fuqarolik aeroporti. Singapur havo yoʻllari logotipi krisdan kelgan qushdir.

Kompaniyaning faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997-yildagi Osiyo moliyaviy inqirozidan keyin Singapur havo yoʻllari aviakompaniyasi Kagosima, Berlin, Darvin, Xanchjou va Sendayga parvozlarni toʻxtatdi. Shuningdek, Torontoga parvoz 1994-yilda toʻxtatilgan. Bundan tashqari, 2003-04-yillarda SARS avj olgan paytda Singapur havo yoʻllari aviakompaniyasi Bryussel, Las Vegas, Chikago, Xirosima, Vena, Madrid va Surabaya shaharlariga ham parvozlarni toʻxtatdi[1][2].

2013-yil 23-noyabrda Singapur aviakompaniyasi Singapur-Nyuark yoʻnalishi boʻyicha 15345 kilometr masofani bosib oʻtib, yonilgʻi quymasdan yoʻlovchilar parvozlari boʻyicha rekord oʻrnatdi[3].

Bir necha yil ketma-ket aviakompaniya Skytrax konsalting kompaniyasidan beshta yulduzdan beshtasini olgan[4].

2018-yilda Singapur havo yo‘llari eng yaxshi birinchi toifa, eng yaxshi birinchi toifadagi o‘rindiq va Osiyodagi eng yaxshi aviakompaniya nominatsiyalarida birinchi o‘rinni egallagan[5].

Kod almashish shartnomalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Singapur havo yoʻllari kompaniyasi quyidagi aviakompaniyalar bilan Kod almashish shartnomalariga ega[6]:

Singapur havo yoʻllari besh qitʼaning 32 mamlakatidagi 62 ta yoʻnalishga parvoz qiladi.

Aviakompaniya dunyoda birinchi boʻlib yangi ikki qavatli Airbus A380 samolyoti, shuningdek, keng korpusli Boeing 787-10[7] tijorat ekspluatatsiyasini ishga tushirgan.

Aviakompaniya floti 111 ta samolyotni oʻz ichiga oladi va faqat Airbus A330-300, A380, Airbus A350 XWB, Boeing 777-200ER, 777-300 va 777-300ER kabi uzoq masofali keng korpusli samolyotlar bilan ifodalanadi. Aksariyat samolyotlar uch toifali (birinchi, biznes, iqtisod) kabina sxemasiga ega, baʼzi Boeing 777-200 samolyotlari ikki toifali (biznes va iqtisodiy) sxemada qoʻllanadi. Asosan qitʼalararo parvozlarni amalga oshiriladi[8][9].

  1. „Singapore Air cancels Chicago, Vegas service: Travel Weekly“ (en). www.travelweekly.com. 2018-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-avgust.
  2. „Suspension Of Service To Vancouver“ (en). www.singaporeair.com. Qaraldi: 2018-yil 18-avgust.
  3. „Уход Delta с маршрута Москва – Нью-Йорк не приведет к повышению цен на авиабилеты в США“. 2018-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-avgust.
  4. „Официальный сайт Skytrax“. 2022-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-mart.
  5. hermes. „SIA bags world's best airline title“ (en). The Straits Times (2018-yil 18-iyul). 2018-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-avgust.
  6. „Codeshare Partners of Singapore Airlines“ (en). www.singaporeair.com. 2013-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-avgust.
  7. „Forbes Welcome“ (en). www.forbes.com. 2018-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-may.
  8. „Архивированная копия“. 2018-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  9. „Singapore Airlines Fleet Details and History“. 2016-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-noyabr.