Singapur transport tizimi
Singapurning asosiy transport turi quruqlik transporti hisoblanadi. Singapurning deyarli barcha hududlari avtomobil yoʻllari orqali birlashgan, baʼzi orollar Sentosa va Jurong orollariga ham avtomobillar orqali kirib borish mumkin. Singapur asosiy transport shakli temir yoʻl transporti hisoblanadi. Singapurning deyarli barcha hududi Mass Rapid Tranzit temir yoʻl tarmogʻi birlashtirilgan. Singapurning asosiy oroli boshqa orollar bilan paromlar orqali bogʻlangan.
Singapurda nafaqat ichki transport tizimi balki xalqaro transport tizimi ham juda yaxshi rivojlangan. Singapurni Malayziya bilan bogʻlaydigan ikkita koʻprik mavjud – Causeway va Second Link . Singapur Changi aeroporti Osiyodagi asosiy aviatsiya markazi, Singapur esa yirik yuk tashish portidir.
Jamoat transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Londonning Credo konsalting[1] kompaniyasi tadqiqotiga koʻra, Singapur dunyo jamoat transport tizimlari orasida eng yaxshilaridan biri hisoblanadi[2] . Jamoat transportiga avtobus, poyezd va taksi kiradi.
Qoidalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barcha quruqlikdagi jamoat transportlari ustidan Quruqlik Transport Boshqarmasi' nazorat olib boradi. Yoʻl haqini tartibga solish standartlari mustaqil organ – Jamoat transporti kengashining vakolati ostidadir, SBS Transit, SMRT Trains va SMRT Buses tomonidan tashkil etilgan TransitLink tizimi umumiy yoʻl haqini toʻlash rejimiga ega integratsiyalashgan tizimni yaratishga yordam beradi.
Quruqlik transporti boshqarmasi aholini Singapurda jamoat transportidan foydalanishga undaydi. Tizimning asosiy maqsadi- shaxar markazidan uzoqda yashovchilarni ragʻbatlantirish, shuningdek, havo ifloslanishini kamaytirish. Singapurda besh liniyadan iborat Mass Rapid Tranzit (MRT) va Light Rail Transit (LRT) temir yoʻl tizimi mavjud. Shuningdek, orol boʻylab avtobus yoʻnalishlari tizimi mavjud boʻlib, ularning aksariyatida Singapurning tropik iqlimi tufayli konditsionerlar oʻrnatilgan. Naqd puldan tashqari, EZ-Link kartasi deb ataladigan kontaktsiz smart card dan avtobus va metro yoʻl haqini toʻlash mumkin.
Sayyohlar uchun jamoat transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yil dekabr oyida Quruqlik Transport Boshqarmasi, Singapur turizm kengashi va EZ-Link tomonidan ishga tushirilgan Singapur turistik yoʻli [3] turistlar uchun Singapur jamoat transporti tizimida Singapurga cheksiz sayohat qilish imkonini beradi. Kuniga 10 singapur dollari (2017 yil aprel holatiga koʻra 3 kun uchun 20 singapur dollari) evaziga va 10 singapur depoziti bilan sayyohlar SBS Transit, SMRT Buses va SMRT Trains tomonidan boshqariladigan avtobus va poyezdlarda kunning istalgan vaqtida va istalgan masofaga hech qanday cheklovlarsiz oʻzlarining sayohatlarini davom ettirishi mumkin. Night Rider kabi baʼzi avtobuslar, Sentosa Express kabi poezdlar uchun bu sayyohlik chipta amal qilmaydi. Singapur sayyohlik chiptasi tanlangan savdo shahobchalarida sotiladi.
Temir yoʻl transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mass Rapid Tranzit (MRT)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Singapurning jamoat transporti tizimi 1987 yilda Mass Rapid Transit temir yoʻl tizimi ochilgunga qadar asosan avtobuslar asosiy jamoat transporti vazifasini bajargan. Avtobuslar hanuzgacha MRT va LRT tizimlarida (avtobuslarda 3,9 million, MRT va LRTda 3,1 million 2016 yil maʼlumotlariga asosan) oʻrtacha kunlik qatnovga ega boʻlsa-da, Quruqlik transporti boshqarmasi temir yoʻl tizimini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Hozirgi MRT tarmogʻi umumiy uzunligi 198.6 kilometr boʻlgan beshta asosiy liniyadan iborat 119 stantsiyani oʻz ichiga oladi. Shimoliy janubiy liniya, Sharqiy gʻarbiy chiziq va aylana liniyasi SMRT poezdlari SMRT korporatsiyasi tomonidan boshqariladi, Shimoliy Sharqiy yoʻnalish va shahar markazida esa 2013-yil 22-dekabrdan beri [4] SBS Transit[5] nazorat olib boradi. 2012 yil 14 yanvardan[6] Promenadedan Marina Bay ga qadar choʻzilgan xalqa temir yoʻli oʻz faoliyatini boshladi.
Avtomobil transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avtobuslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taksi va transport tarmoqlari kompaniyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taksi tizimi suveren Singapur davlatida jamoat transportining[7] mashhur shakli boʻlib[8] , yoʻl haqi miqdorlari rivojlangan mamlakatlarning aksariyat shaharlaridagiga nisbatan ancha past deb hisoblanadi. 2014-yil dekabr holatiga koʻra, Singapurdagi jami taksi tizimida 28 736 ta taksi mavjud boʻlib, ular 6 ta taksi kompaniyasi va 178 ta mustaqil haydovchi tomonidan boshqariladi. Taksilar kunning istalgan vaqtida Markaziy biznes hududi (CBD) tashqarisidagi har qanday jamoat yoʻli boʻylab harakatlanishi mumkin. Biroq, Uber va Grab[9] kabi kompaniyalar sabab odatiy taksilardan foydalanish koʻrsatkichi ancha kamaygan.
Havo transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Singapurda oltita mahalliy aviakompaniyalar faoliyat yurgazadi, ularning barchasi Singapurning Changi aeroportidan foydalanadi va dunyoning 70 dan ortiq shaharlariga rejali reyslarni taklif qiladi. Milliy bayroq ramzi tushurilgan samolyotlar Singapore Airlines Changi aeroportining 2 va 3-terminallaridan foydalanadi. SilkAir va Scoot kabi aviakompaniyalarning samolyotlari esaChangi aeroportining 2-terminalidan foydalanadi
Singapurning ikkita katta aviakompaniyalari, Jetstar Asia Airways[10] va Valuair Changi[11] aeroportining 1-terminalidan foydalanadi.
Singapurdan 6 ta aviakompaniya faoliyat yurgazadi, bular:
- Jetstar Asia Airways – 2004 yilda tashkil etilgan
- Scoot – 2011 yilda tashkil etilgan
- SilkAir – 1976 yilda tashkil etilgan
- Singapore Airlines – 1937 yilda tashkil etilgan (Malayan Airways sifatida)
- Tigerair – 2003 yilda tashkil etilgan (2017 yilda Scoot bilan birlashtirilgan)
- Valuair – 2004 yilda tashkil etilgan (2005 yilda Jetstar Asia bilan birlashtirilgan, Jetstar Asia xizmatlari uchun brend saqlanib qolgan)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Credo consulting“.
- ↑ CNN Go 2 June 2014. Retrieved 2016-01-31
- ↑ „The Singapore Tourist Pass“. Qaraldi: 2008-yil 26-mart.
- ↑ „Downtown Line“. Land Transport Authority. 2014-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-dekabr.
- ↑ „SBS Transit“, Wikipedia (inglizcha), 2023-08-28, qaraldi: 2023-09-16
- ↑ „Marina Bay, Bayfront stations open; more relief for commuters soon“. The Straits Times. Qaraldi: 2012-yil 14-yanvar.
- ↑ „Jamoat transporti“, Vikipediya, 2023-06-16, qaraldi: 2023-09-16
- ↑ „Things to Consider Before Hiring Taxi“. london-taxi-cabs.com. Qaraldi: 2019-yil 14-dekabr.
- ↑ „grab taxi company“.
- ↑ „Jetstar Asia Airways“, Wikipedia (inglizcha), 2023-09-02, qaraldi: 2023-09-16
- ↑ „Valuair“, Wikipedia (inglizcha), 2023-08-16, qaraldi: 2023-09-16