Sivas qatliomi
Sivas qatliomi, Sivas qirgʻini, Sivas voqealari, Madimak qirgʻini yoki Madimak voqealari – 1993-yil 2-iyulda Sivasda oʻtkazilgan Pir Sulton Abdal festivali vaqtida radikal islomchi guruh tomonidan Madimak mehmonxonasining yoqib yuborilishi oqibatida asosiy qismi turk alaviylaridan boʻlgan 33 nafar yozuvchi, shoirlar hamda faylasuflar, mehmonxona xodimlarining oʻlimi hamda tutundan boʻgʻilib hushlarini yoʻqotishiga olib kelgan hodisa[1].
Qatliom vaqtida tashqariga toʻplangan hujumchilardan 2 nafari halok boʻldi. Aholining koʻpchilik qismi politsiya va nazoratchilar qarshilik koʻrsatmay, qirgʻinga imkon bergan, degan fikrni yoqlaydi. Qirgʻinda ogʻir jarohatlar bilan qutulib qolgan yozuvchi va publitsist Aziz Nesin mojarolardan keyingi intervyuda oʻsha vaqtdagi Turkiya prezidenti Süleyman Demirel hamda koalitsiyon hukumat rahbarlari Tansu Çiller bilan Erdal İnönüni qattiq qoralab, „Bir davlat bor, derdim men. Bir davlat bor, ishonish mumkin boʻlgan bir davlat. Yaxshimi-yomon, xato qiladimi-toʻgʻrimi – ammo davlat bor. Albatta, buning oldini oladi. Bunchalar toqat qilinmaydi, deb oʻylardim. Adashibman!“ degan[2][3].
Qatliom
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pir Sulton Abdal madaniyat jamiyati tomonidan uyushtirilgan Pir Sulton Abdal festivallari doirasida koʻplab sanʼatkorlar va ziyolilar oʻsha paytdagi Sivas gubernatori Ahmet Karabilginning maxsus mehmoni sifatida Sivasga kelishdi. Madaniyat markazi ichida qarama-qarshi guruh bilan kelib chiqqan tosh va tayoqlar bilan toʻqnashuv kuchayib ketmay turib politsiya tomonidan kuch bilan bostirildi[4].
Aziz Nesin tomonidan "Nega ming yillik Qur’onga ishonishim kerak? Shuning uchun men musulmon emasman" deya aytilgan soʻzlar gazetalarda aks-sado berib, voqeani yanada jadallashtirib, keskinlikni kuchaytirdi. Minglab odamlardan iborat muxolif guruh Madaniyat markazini tark etib, Hukumat maydoniga qaytib keldi. Hukumat saroyini toshboʻron qilib, shiorlar ayta boshlagan hujumchilar, soʻng Madimak mehmonxonasi yaqiniga yetib, „Shayton Aziz!“, „Sivas Azizning qabri boʻladi!“ shiorlari bilan shovqin koʻtarishda davom etdi. Bu kabi soʻzlardan soʻng davlat va rejimga qaratilgan „Dunyoviylik laʼnat boʻlsin!“, „Musulmon Turkiya!“, „Yashasin shariat!“ shiorlari yangradi[5].
Olomon dastlab Madimak mehmonxonasi oldidagi mashinalarga oʻt qoʻydi va mehmonxonani toshboʻron qildi. Mehmonxonadagilar qutqarilishni kutishgan. Hujumchilar hali Madimak mehmonxonasini yoqib yubormagan vaqtdayoq Aziz Nesin Anqaraga, Bosh vazir oʻrinbosari Erdal İnönüga qoʻngʻiroq qilib, „Bizni qutqaring“ deb yordam soʻradi. Inönü esa „Xavotir olmang, kerakli chora-tadbirlarni boshladik“ deb javob berdi. Ammo keyinroq Madimak mehmonxonasi pardalar va pastki qavatidagi buyumlari bilan birga yondirilgan. Hujumchilardan baʼzilari „Allohim, bu sening oloving! Ichkariga yubor!“, „Bu doʻzax olovi!“, „Shayton Aziz!“ deganiga guvoh boʻlindi. Uzoq kutish sabab qarshi choralar koʻrilmagani tufayli mehmonxonadagi odamlarni qutqarib boʻlmadi. Oralarida Asım Bezirci, Nesimi Çimen, Muhlis Akarsu, Metin Altıok ve Hasret Gültekin boʻlgan mehmonxonada qoʻnim topganlarning 35 nafari tutundan yonib yoki boʻgʻilib hayotdan koʻz yumdi. 51 kishi, jumladan Aziz Nesin ham, oʻz harakatlari bilan ogʻir tan jarohatlari olib qutulib qolgan. Oʻt oʻchiruvchi narvoni bilan yong‘indan qochmoqchi boʻlgan Aziz Nesin zinapoyadagi ofitser tomonidan kaltaklangan hamda zinapoyadan oʻt oʻchiruvchi mashina atrofida toʻplangan tajovuzkor olomon tomon itarilgan. Politsiya aralashuvi bilan boshidan yaralangan Aziz Nesin linchga urinishdan qutqarib qolindi. Jarohatlanganlar politsiya mashinalarida tibbiyot fakulteti kasalxonasiga yetkazilgan[6][7][8].
Qatliom va tartibsizliklar natijasida 33 mehmon, 2 mehmonxona xodimi va 2 hujum qatnashchisi oʻldi. Kechasi mahalliy hukumat tomonidan eʼlon qilingan „2 kunlik komendantlik tartibi“ bilan harbiylar shaharda hukmronlik qildi.
Iddaolardan biriga koʻra, Sivas qatliomi Maxsus kuchlar tomonidan rejalashtirilgan[9].
Qurbonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Festival qatnashchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muhlis Akarsu - 45 yoshda, sanʼatkor[10]
- Muhibe Akarsu - 44 yoshda, Muhlis Akarsuning rafiqasi
- Gülender Akça - 25 yoshda
- Metin Altıok - 53 yoshda, shoir, yozuvchi, faylasuf
- Mehmet Atay - 25 yoshda, jurnalist, fotograf sanatçısı
- Sehergül Ateş - 30 yoshda
- Behçet Sefa Aysan - 44 yoshda, shoir
- Erdal Ayrancı - 35 yoshda
- Asım Bezirci - 66 yoshda, tadqiqotchi, yozuvchi [11]
- Belkıs Çakır - 18 yoshda
- Serpil Canik - 19 yoshda
- Muammer Çiçek - 26 yoshda, aktyor
- Nesimi Çimen - 62 yoshda, shoir, sanʼatkor
- Carina Cuanna Thuijs - 23 yoshda, niderlandiyalik akademik [12]
- Serkan Doğan - 19 yoshda
- Hasret Gültekin - 22 yoshda, shoir, sanʼatkor
- Murat Gündüz - 22 yoshda
- Gülsüm Karababa - 22 yoshda
- Uğur Kaynar - 37 yoshda, shoir
- Asaf Koçak - 35 yoshda, karikaturachi
- Koray Kaya - 12 yoshda
- Menekşe Kaya - 15 yoshda
- Handan Metin - 20 yoshda
- Sait Metin - 23 yoshda
- Huriye Özkan - 22 yoshda
- Yeşim Özkan - 20 yoshda
- Ahmet Özyurt - 21 yoshda
- Nurcan Şahin - 18 yoshda
- Özlem Şahin - 17 yoshda
- Asuman Sivri - 16 yoshda
- Yasemin Sivri - 19 yoshda
- Edibe Sulari - 40 yoshda, sanʼatkor
- İnci Türk - 22 yoshda, Gazi universiteti Farmatsevtika fakulteti talabasi
Mehmonxona xodimlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ahmet Öztürk - 21 yoshda
- Kenan Yılmaz - 21 yoshda
Qatliom ishtirokchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻzgʻolondan keyingi voqealar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bayonotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻsha vaqtdagi prezident Süleyman Demirel qirgʻinni
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Sivas Katliamı'nın 30. yılı: Madımak Oteli'nde neler yaşandı?“. tr.euronews.com (2-iyul 2023-yil). 2024-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- ↑ „Pir Sultan Abdal Kültür Derneği“. pirsultan.net (18-iyun 2010-yil). 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Aziz Nesin - Sivas Katliamı'ndan Sonra Yaptığı Basın Açıklaması“. youtube.com. 21-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Sivas katliamı kurbanlarını anıyoruz“. CNNturk. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2024-yil.
- ↑ „Madımak katliamının ardından hangi gazete ne yazmıştı?“ (turkcha). T24. 6-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2024-yil.
- ↑ „28 Şubat Belgeseli - 1. Bölüm“. 9-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2024-yil.
- ↑ „Bir Mazlum'un 'feryad-ı isyan'ı“. radikal.com.tr. Radikal Gazetesi. 8-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2024-yil.
- ↑ „Can Dündar - "O" gün“. 3-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2024-yil.
- ↑ „Bu kadarını biz bile beklemiyorduk“. sabah.com.tr. 3-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2024-yil.
- ↑ Madımak Yangını Sivas Katliamı Davası. Ankara Barosu Yayınları — 109-110-bet.
- ↑ „Sivas 1993: Madımak Oteli'nde ne oldu?“. bbc.com (4-sentyabr 2016-yil). 10-sentyabr 2016da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Sivas'ta ne olmuştu?“. T24 (4-iyul 2020-yil). 14-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2024-yil.
- ↑ „Sivas Katliamı'nın faili Ahmet Turan Kılıç öldü“ (turkcha). birgun.net (26-iyun 2023-yil). 26-iyun 2023-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2024-yil.
- ↑ 14,0 14,1 [url=https://www.cumhuriyet.com.tr/turkiye/madimak-otelini-yakmaya-gelen-iki-kisi-dokuz-yil-sonra-anittan-kaldirildi-1934680 „Madımak Oteli’ni yakmaya gelen iki kişi, dokuz yıl sonra anıttan kaldırıldı“] (turkcha). cumhuriyet.com (5-noyabr 2022-yil). 26-iyun 2023-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2024-yil.