Smokepurpp

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Umar Jeffri Pineiro[1] (inglizcha: Omar Jeffery Pineiro,Smokepurpp , AQSh) – Florida shtatining Mayami shahridan kelgan Amerikalik reper.

Pinheiro 2017-yil 28-sentabrda Deadstar debyut mikstaypini chiqargan[2], keyinchalik u AQSh Billboard 200 chartida 42-oʻrinni qoʻlga kiritdi[3].

Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omar Jeffri Pineiro 1997-yil 15-mayda[4] Chikagoda Illinoys shtati tugʻilgan[5]. Uch yoshidan boshlab u oilasi bilan Florida shtatining Mayami shahriga koʻchib kelgan[5]. Pineyroning aytishga koʻra, oʻrta maktabda u juda xotirjam odam boʻlgan, ammo uni turli odamlar oʻrab olgan edi[6].

Pineyro oʻzining musiqiy karerasini treklarni ishlab chiqarishdan boshlagan, u zerikishdan keyin qilgan. Shu bilan birga, Pineyro Lil Pump nomi bilan mashhur boʻlgan doʻsti Gazzi Garsiyaga katta taʼsir koʻrsatgan va u ham musiqiy ijod bilan shugʻullana boshlagan edi. Smokepurpp oʻzining rep qoʻshiqlarini chiqarishni boshladi, chunki u ishlab chiqargan instrumentallarni hech kim sotib olmagan edi. SoundCloud musiqiy platformasida bir nechta treklar tarqalgach, Pineyro oʻrta maktabni tashlab ketdi. Bu repper oʻzining katta kursida boʻlganida sodir boʻlgan[7].

Uning juda katta musiqiy taʼsirlari orasida Kanye West, Taking Back Sunday, Every Avenue, Young Thug va Lucki lar edi[8].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning mart oyida Umar Interscope Records va Alamo Records [9] bilan shartnoma imzolagan edi. Shundan soʻng u oʻzining debyut albomini 2017-yil 9-martda Twitterda eʼlon qilgan. Bir necha kundan soʻng, 2017-yil 14-martda u oʻzining debyut mixtapi Deadstar deb nomlanishini eʼlon qildi. Smokepurpp „Audisinglini 2017-yil may oyida chiqargan. Tez orada singl uning eng mashhur qoʻshigʻiga aylangan edi, 2017-yil oktabr holatiga koʻra SoundCloud- da 25 000 000 dan ortiq va Spotify’da 33 000 000 ortiq ijro etilgan. 2017-yil sentabr oyida Pineiro oʻzining mixtapi 22-sentabrda „Bless Yo Trap“ singlini chiqarishini eʼlon qildi. Keyinchalik Deadstarning chiqarilishi kechiktirilganini eʼlon qilgan.

2017-yil 28-sentabrda Pineyro oʻzining Deadstar mixtapini chiqargan, unda Chief Keef, Juicy J, Travis Scott va Lil Pump[10] ishtirok etgan edi. Albom debyut qildi va AQSh Billboard 200 da 42-oʻrinni egalladi[3]. 2018-yil 18-aprelda u Murda Beatz bilan „Bless Yo Trap“ mikstaypini chiqargan. Unda Offset, Lil Yachty va ASAP Ferg[11] dan mehmon chiqishlari mavjud edi.

2019-yil 19-aprelda Smokepurpp ikkinchi mini-albomi Lost Planetni chop etdi. Unda NLE Choppa, Lil Pump va Gunna ning mehmon chiqishlari mavjud boʻlgan. 2019-yil 10-mayda u uchta qoʻshimcha qoʻshiq bilan qayta chiqarildi[12].

2019-yil 13-dekabrda Omar oʻzining Deadstar 2 debyut studiyaviy albomini chop etgan. Albom Lil Pump, Denzel Curry, Ty Dolla Sign, Lil Skies, Moneybagg Yo va Trippie Redd[13] dan mehmon chiqishlarini oʻz ichiga olagan edi.

2020-yil 13-iyunda Smokepurpp Florida Jit[14] albomini eʼlon qildi va 2020-yil 19-iyun kuni chiqarildi. Birinchi haftada u 5000 nusxadan kamroq sotilgan[15].

Shahsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Smokepurpp hozirda Amerikalik qoʻshiqchi va aktrisa Noa Sayrus bilan uchrashib kelmoqda[16][17].

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiya albomi
  • Deadstar 2 (2019)
  • Florida Jit (2020)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „BMI | Repertoire Search“. 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-sentyabr.
  2. „Smokepurpp's 'Deadstar' Is Finally Here“ (en-US). XXL Mag. 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 „Smokepurpp Deadstar Chart History“. Billboard. 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-fevral.
  4. Carter, Brooke „SmokePurpp Net Worth 2017 – How Much Is He Worth Now?“. Gazette Review. 2017-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  5. 5,0 5,1 „Look At Me!: The Noisy, Blown-Out SoundCloud Revolution Redefining Rap“. Rolling Stone. 2017-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-oktyabr.
  6. No Jumper (2016-10-06), The SmokePurpp Interview - No Jumper, qaraldi: 2017-10-11 „Источник“. 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-sentyabr.
  7. „Smokepurpp | Biography & History | AllMusic“. AllMusic. 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-oktyabr.
  8. „Smokepurpp Video Interview: Get To Know The Rapper | Billboard – Billboard“. 2021-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-sentyabr.
  9. „Smokepurpp Signs to Todd Moscowitz's Alamo Records - XXL“ (en). XXL Mag. 2018-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-oktyabr.
  10. „Deadstar / Smokepurpp TIDAL“. Tidal. 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-oktyabr.
  11. Coleman II, C. Vernon „Stream Smokepurpp and Murda Beatz's "Bless Yo Trap" Project“. XXL (2018-yil 13-aprel). 2019-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-aprel.
  12. „Smokepurpp Talks 'Lost Planet' EP, Gucci Gang and Life After Quitting Xanax“. Qaraldi: 2011-yil 20-fevral.
  13. Berry, Peter A. „Smokepurpp Breaks Down Songs Featured on 'Deadstar 2' Project“. XXL (2019-yil 10-yanvar). 2019-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-dekabr.
  14. Instagram
  15. „Smokepurpp Drops 'Florida Jit' Project f/ Rick Ross, Denzel Curry, and Lil Pump“. Complex. 2020-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-iyun.
  16. Sameer Suri. „Noah Cyrus and Smokepurpp seem to confirm romance rumors“ (en). Mail Online (2020-yil 4-iyul). 2020-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
  17. „Are Noah Cyrus and rapper Smokepurpp dating?“ (en). Popcrush. 2020-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.