Kontent qismiga oʻtish

Oppogʻoy va yetti mitti odam (film)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Snow White (film)dan yoʻnaltirildi)
Oppogʻoy va yetti mitti odam
Snow White and the Seven Dwarfs

Film posteri
Rejissyor(lar)
  • David Hand
  • William Cottrell
  • Wilfred Jackson
  • Larry Morey
  • Perce Pearce
  • Ben Sharpsteen
Prodyuser(lar) Walt Disney
Ssenariynavis(lar)
  • Ted Sears
  • Richard Creedon
  • Otto Englander
  • Dick Rickard
  • Earl Hurd
  • Merrill De Maris
  • Dorothy Ann Blank
  • Webb Smith
Qaysi asarga
asoslangan
Oppogʻoy
Aka-uka Grimmlar
Rollarda
  • Adriana Caselotti
  • Lucille La Verne
  • Harry Stockwell
  • Roy Atwell
  • Pinto Colvig
  • Otis Harlan
  • Scotty Mattraw
  • Billy Gilbert
  • Eddie Collins
  • Moroni Olsen
  • Stuart Buchanan
Bastakor(lar)
  • Frank Churchill
  • Paul Smith
  • Leigh Harline
Studiya(lar) Walt Disney Productions
Distribyutor RKO Radio Pictures
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 83 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $1,49 million
Daromadi $418 million[1]

Oppogʻoy va yetti mitti odam (Snow White and the Seven Dwarfs) birinchi toʻliq metrajli Disney animatsion filmidir. 1937-yilda ekranlarga chiqarilgan. Walt Disney Productions tomonidan ishlangan. Film gʻoyasi 1812-yilda aka-uka Grimmlar tomonidan yozilgan olmon ertak qahramoniga asoslangan. Film rejissorlari — David Hand, William Cottrell, Eilfred Jackson, Larry Morey, Perce Pearce va Ben Sharpsteen, produseri — Walt Disney, ssenariy mualliflari — Ted Sears, Richard Creedon, Otto Englander, Dick Rickard, Earl Hurd, Merrill De, Maris Dorothy, Ann Blank va Webb Smith. Film bosh qahramonlariga Adriana Caselotti, Lucille La Verne, Harry Stockwell, Roy Atwell, Pinto Colvig, Otis Harlan, Scotty Mattraw, Billy Gilbert, Eddie Collins, Moroni Olsen va Stuart Buchanan ovoz bergan.

Oppogʻoy va yetti mitti odam filmi premyerasi 1937-yil 21-dekabrda Carthay Circle Theatre (Los-Anjeles, Kaliforniya) da boʻlib oʻtdi. AQShdagi premyerasi esa 1938-yil 4-fevralda boʻlib oʻtdi. Film budjeti $1,49 millionni tashkil etib, jahon boʻylab $418 million jamgʻarishga muvaffaq boʻldi[1][2]. Shuningdek, ushbu film Oscar (Akademiya) mukofotiga ham sazovor boʻlgan.

Fayl:Oppogʻoy va yetti gnom filmi posteri2.jpg
Filmning boshqa bir versiyadagi posteri.

Oppogʻoy — bu oʻgay onasi hisoblanmish qirolicha bilan yashaydigan yolgʻiz malikadir. Qirolicha doimo Oppogʻoy unga qaraganda goʻzalroq boʻlishidan xavotirda boʻlib, shu sababdan Oppogʻoyni xizmatchi sifatida ishlashga majbur qiladi hamda har kuni sehrli koʻzguga boqib, „Koʻzgu, menga siringni och, kimning husni oyni ham dogʻda qoldiradi“ deb soʻraydi. Koʻp yillar davomida koʻzgu, har doim Qirolicha unga maʼqul deb javob beradi.

Bir kuni sehrli koʻzgu Qirolichaga Oppogʻoy endi yer yuzidagi „eng chiroyli“ ekanligini aytadi; oʻsha kuni Oppogʻoy, u xirgoya qilgan qoʻshiqlarini tinglagan shahzoda bilan uchrashadi hamda uni sevib qoladi. Hasadchi Qirolicha ovchisiga Oppogʻni oʻrmonga olib borib, oʻldirishni buyuradi. Bundan tashqari, u ovchidan Oppogʻoyning oʻlganligi isboti sifatida marvarid qutisiga Oppogʻoy yuragi bilan qaytishini ham aytadi. Biroq, ovchining Oppogʻoyni oʻldirishga yuragi botinmaydi. U yigʻlab, Oppogʻoydan kechirim soʻraydi va qirolicha uning oʻlishini istayotganini aytib, oʻrmonga qochishga va hech qachon orqaga qaramaslikka undaydi. Qoʻrqib ketgan malika bilan oʻrmondagi jonzotlari doʻstlashadilar, ular uni oʻrmon oʻrtasidagi kichik bir kulbaga olib boradilar. Kulbaning ovqatlanish xonasida yettita kichik oʻrindiqni topgan Oppogʻoy, bu kulbani yetim qolgan yettita bolaning tartibsiz uyi deb hisoblaydi va kulbani tozalashga kirishadi.

Aslida, bu oʻrindiqlar yettita yoshi katta, biroq jussasi kichik boʻlgan — Doc, Grumpy, Happy, Sleepy, Bashful, Sneezy va Dopey ismli gnomlarniki boʻlib, ular yaqin atrofdagi shaxtada ishlaydi. Gnomlar uyga qaytib, uylarini tozaligini koʻrib, qoʻrqishadi va uyiga tajovuzkor bostirib kirgan deb gumon qilishadi. Gnomlar yuqori qavatda, Oppogʻoyni uch karavotda uxlab yotgan holda topishadi. Oppogʻoy gnomlar kelganligini payqaganidanoq uygʻonadi va oʻzini ularni tanishtiradi. U barcha gnomlarni top-toza kulbada ovqatlanishga taklif qilgandan soʻng, oxir-oqibat, gnomlar, Oppogʻoyni kulbalarida qolishini istashadi. Oppogʻoy gnomlar uchun har kuni ovqat pishirardi, gnomlar esa kunduzi marvaridlar qazib, kechki payt esa kulbalariga kelib, qoʻshiq kuylashar, musiqa ijro etishar va raqsga tushishar edi.

Shu bilan bir qatorda, sehrli koʻzgudan „Koʻzgu, menga siringni och, kimning husni oyni ham dogʻda qoldiradi“ deb soʻragan qirolicha, „Oppogʻoy“ degan javobni oladi. Malika Oppogʻoyni tirik ekanligini bilgan qirolicha, ovchi koʻrsatgan qutidagi yurak choʻchqaniki ekanligi fahmlaydi. Qirolicha oʻzini yashirish maqsadida qari kampir qiyofasiga kirib olib, zaharlangan olma yaratadi. Qirolicha yaratgan olmani kimdir yesa, „Uyqudagi oʻlimga“ duchor boʻladi. U yaratgan laʼnatlangan olmani sehrini, faqat "muhabbatning ilk boʻsasi bekor qilishi mumkin edi. Qirolicha gnomlar yoʻq boʻlgan vaqtda kulbaga borar ekan, oʻrmondagi jonivorlar undan qoʻrqishadi va gnomlarni topish maqsadida, ular ishlayotgan shaxta tomon shoshilishadi. Kampir koʻrinishiga kirib olgan qirolicha, Oppogʻoyga charchaganini aytib, dam olish uchun kulbasiga kirgizishini soʻraydi, oqkoʻngil Oppogʻoy esa uni quchoq ochib, kutib oladi. Qirolicha Oppogʻoyga zaharlangan olmani, „tilaklarni ijobat etuvchi sehrli olma“ deb aldab beradi. Oppogʻoy esa, bu olmani bir tishlam tishlaydi va shu zahoti uzoq uyquga otlanadi. Bu paytda esa, qirolicha endi u dunyodagi eng chiroyli inson ekanligini eʼlon qiladi.

Gnomlar jonivorlar bilan birga, tezda kulbasiga qaytib keladi, bu vaqtda qirolicha kulbadan chiqib ketayotgan edi. Gnomlarni koʻrgan qirolicha ularni jarga tomon yetaklab, taʼqib qiladi. Qirolicha gnomlarning ustiga toshni agʻdarishga urinadi, lekin chaqmoq chaqishdan oldin jarga uriladi va bu uning oʻlimiga sabab boʻladi. Gnomlar oʻz kulbasiga qaytib, zahar tomonidan oʻlimga oʻxshash uyquda yotgan Oppogʻoyni topishadi va uni oʻlgan hisoblashadi. Gnomlar uni koʻzga koʻrinmas holda dafn etishni istashmay, oʻrmondagi boʻsh joyga oltindan yasalgan shisha tobutga joylashtiradilar. Keyin gnomlar, oʻrmon jonzotlari bilan birgalikda uni kuzatib turishadi. Bir yil oʻtgach, shahzoda Oppogʻoyning abadiy uyqusi haqida eshitib, tobutiga tashrif buyuradi. Keyin esa, shahzoda Oppogʻoyning oʻlimidan gʻamga tushib, undan boʻsa oladi, bu sehrni bekor qiladi va uni uygʻotadi. Gnomlar va hayvonlar baxtiyor boʻlishadi, shahzoda esa Oppogʻoyni oʻz qal’asiga olib boradi.

Ovoz berganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Adriana Caselotti — Oppogʻoy
  • Lucille La Verne — qirolicha
  • Harry Stockwell — shahzoda
  • Roy Atwell — Doc
  • Pinto Colvig — Grumpy va Sleepy
  • Otis Harlan — Happy
  • Scotty Mattraw — Bashful
  • Billy Gilbert — Sneezy[3]
  • Eddie Collins[3] va Jimmy MacDonald[4] — Dopey[5]
  • Moroni Olsen — sehrli koʻzgu
  • Stuart Buchanan — ovchi
  1. „I’m Wishing“ — Adriana Caselotti
  2. „One Song“ — Harry Stockwell
  3. „With a Smile and a Song“ — Adriana Caselotti
  4. „Whistle While You Work“ — Adriana Caselotti
  5. „Heigh-Ho“ — The Dwarfs Chorus (Roy Atwell, Pinto Colvig, Billy Gilbert, Otis Harlan va Scotty Mattraw)
  6. „Bluddle-Uddle-Um-Dum (The Dwarfs' Washing Song)“ — The Dwarfs Chorus (Roy Atwell, Pinto Colvig, Billy Gilbert, Otis Harlan & Scotty Mattraw)
  7. „The Dwarfs' Yodel Song“ (The Silly Song) — The Dwarfs Chorus (Roy Atwell, Pinto Colvig, Billy Gilbert, Otis Harlan & Scotty Mattraw)
  8. „Someday My Prince Will Come“ — Adriana Caselotti
  9. „Heigh-Ho (Reprise)“ — The Dwarfs Chorus
  10. „One Song (Reprise)“ — Harry Stockwell and Chorus
  11. „Someday My Prince Will Come (Reprise)“ — Chorus
  1. „Overture“ — 02:10
  2. „Magic Mirror“ — 1:25
  3. „I’m Wishing / One Song“ — 3:06
  4. „Queen Theme“ — 0:44
  5. „Far Into the Forest“ — 2:25
  6. „Animal Friends / With a Smile and a Song“ — 4:23
  7. „Just Like a Doll’s House“ — 2:46
  8. „Whistle While You Work“ — 3:24
  9. „Heigh-Ho“ — 2:46
  10. „Letʼs See Whatʼs Upstairs“ — 1:15
  11. „Thereʼs Trouble a-Brewinʼ“ — 4:19
  12. „Itʼs a Girl“ — 4:26
  13. „Hooray! She Stays“ — 2:48
  14. „Bluddle-Uddle-Um-Dum (The Dwarfs' Washing Song)“ — 4:25
  15. „I’ve Been Tricked“ — 4:05
  16. „The Dwarfs' Yodel Song (The Silly Song)“ — 4:35
  17. „Some Day My Prince Will Come“ — 1:53
  18. „Pleasant Dreams“ — 2:28
  19. „A Special Sort of Death“ — 2:02
  20. „Why Grumpy, You Do Care“ — 2:06
  21. „Makinʼ Pies“ — 3:02
  22. „Have a Bite“ — 1:26
  23. „Chorale for Snow White“ — 1:05
  24. „Loveʼs First Kiss (final)“ — 4:15
  1. 1,0 1,1 Box-office
  2. „All-Time Box Office: Adjusted for Ticket Price Inflation“. Box Office Mojo. 7-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr, 2006.
  3. 3,0 3,1 „The Seven Dwarfs Character History“. Disney Archives. Disney (2008). Qaraldi: 25-sentabr 2008-yil.
  4. YouTube „Disney Family Album #4-Jimmy MacDonald“. YouTube. Qaraldi: 26-mart.
  5. Disney Voice Actors: A Biographical Dictionary by Thomas S. Hischak
Bibliografiya
  • Green, Stanley (1999) Hollywood Musicals Year by Year (2nd ed.), pub. Hal Leonard Corporation ISBN 0-634-00765-3 page 76