Soʻrovnoma
Soʻrovnoma yoki anketa — 1) ishga qabul qilishda toʻldiriladigan rasmiy hujjat. Oʻzbekistondagi ayrim tashkilotlarda kadrlarni hisobga olish shaxsiy varaqasi bilan bir qatorda soʻrovnoma shaklidan ham foydalaniladi. Undagi savollar, baʼzi qoʻshimchalarni hisobga olmaganda, shaxsiy xodimning shaxsiy hujjatlaridagi yozuvlarga aynan muvofiq kelishi kerak. Soʻrovnomada ishga kiruvchi (toʻldiruvchi)ning imzosidan tashqari kadrlar bilan shugʻullanuvchi (hujjatni tekshirib oluvchi)ning ham imzosi boʻladi;
2) toʻldirayotgan odam haqida biron-bir maʼlumot olish yoki muayyan dastur boʻyicha tuzilgan savollarga javob olish uchun beriladigan soʻrov varaqasi. Soʻrovnoma tuzish, uni tarqatish, oʻrganish (anketalashtirish) ijtimoiy fanlarda, aholi roʻyxatini oʻtkazishda, jamoatchilik fikrini oʻrganishda qoʻllanadi[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |