Kontent qismiga oʻtish

Sodiq Toshxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sodiq Toshxoʻjayev
Tavalludi 1906-yil
Vafoti 1938-yil?
Namangan viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi xizmatchi
Faoliyat yillari 1917—1937-yillar

Sodiq Toshxoʻjayev (1906-yil tavallud topgan — 1938-yil vafot etgan) — Namangan shahri kasaba soyuz sovetida klub mudiri. Namangan shahar komsomol komitetining sekretari.

Hayoti va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

S. Toshxoʻjayev 1906-yilda Namangan viloyati Namangan shahrida etikdo‘z-hunarmand oilasida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. Asosiy kasbi — xizmatchi. Onasi 1906-yilning oʻzidayoq vafot etgan. Otasi esa 1919-yilda vafot etgan. Toshkent shahri, Pushkin ko‘chasi, 19-uyda istiqomat qilgan.

SSSR Harbiy Oliy sudi hamjamiyati sayyor sessiyasining 1938-yil oktyabr oyida oʻtkazilgan yig‘ilishida 15 yil qamoq jazosi berilgan. Ammo manbalarda qaysi lagerda va qachon jazo muddatini o‘tagani, lagerdagi hayoti, mehnat faoliyati, u yerdan qaytgan yoki qaytmaganligi haqida aniq maʼlumotlar mavjud emas[1].

Maʼlumoti — o‘rta. 1922-yildan 1924-yilgacha Namangan shahridagi bolalar xodimlari tayyorlaydigan kurslarda tahsil olgan. 1929-yilda O‘zKompartiya Markaziy Komiteti qoshidagi partiya targ‘ibotchilari tayyorlaydigan kursni oʻqib tugatdi. 1932—1933 yillar oraligʻida Samarqandda joylashgan UzGUda o‘qidi, bu joydan 2-kursga oʻtganda siyosiy bo‘limda ishlash uchun safarbar qilindi[2].

1917-yildan 1922-yilgacha boʻlgan muddatda Mulla Otaboy va Nasriddin Qodirov ismli boylar qo‘l ostida batrak bo‘lib xizmat qilgan. 19241926-yillarda Chust shahridagi bolalar uyida tarbiyachi bo‘lib ishlagan, 1926-yil — 1927-yil Namangan shahar kasaba soyuz sovetida klub mudiri sifatida faoliyat olib bordi. 1927-yildan 1928-yilgacha Namangan shahar komsomol komitetining sekretari bo‘lib ishlagan. Shundan soʻng 1928-yil Asakaga tuman komsomol komiteti sekretari lavozimiga tayinlangan va bu lavozimda 1929-yilgacha xizmat qilgan. 1930-yilning oxirlaridan Andijon okrug xalq maorifi bo‘limi ijtimoiy tarbiya mudiri, keyinchalik Kadrlar bo‘limi mudiri boʻlgan. 1930-yil oxirida okruglar tugatilishi sababli Baliqchi tumaniga o‘tkazilgan va bu tumanda 2 yil xalq maorifi bo‘limi mudiri, shu vaqtning o‘zida tuman sog‘liqni saqlash mudiri lavozimida ham faoliyat olib bordi. 1933-yilning 10-mart sanasidan 1935-yilgacha birinchi Marg‘ilon MTS komsomol ishi bo‘yicha siyosiy bo‘lim yordamchisi bo‘lib xizmat koʻrsatgan. 1935-yil yanvar oyidan boshlab, siyosiy bo‘limlar tugatilgandan soʻng Oktyabr tumani komsomol komitetining sekretari lavozimida ishlagan. 1935-yil 5-maydan 1937-yil 13-yanvargacha O‘zbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuzi Markaziy Komitetining komsomol rahbariyat organlari bo‘limi mudiri bo‘lib, keyinroq bu lavozimdan LKSMUZ Markaziy Komiteti qaroriga binoan Qo‘qon shahar komsomol komiteti sekretari lavozimiga o‘tkazilgan[3].

  • Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 
  1. RF FXXMA. 7-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish — 541-bet. 
  2. Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 
  3. O‘zR PDA. 58-fond, 79-ro‘yxat, 101-ish — 244–146-bet.