Sofya Polishchuk
Sofia Polishchuk | |
---|---|
Polishchuk va Vakhnov, 2017-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Asl ismi | Софья Антоновна Полищук |
Davlat | Rossiya |
Tavalludi |
21-fevral 2001-yil Moskva, Rossiya |
Boʻyi | 1.67 m (5 ft 5 1⁄2 in) |
Oldingi sheriklari | German Shamraev, Aleksander Vaxnov |
Uchishni boshlagan | 2005 |
Shaxsiy rekordlari | |
Raqs (umumiy natija) | 149.04 |
Qisqa raqs | 63.17 |
Erkin raqs | 89.16 |
Sofya Antonovna Polishchuk (ruscha: Софья Антоновна Полищук; 2001-yil 21-fevralda tugʻilgan) — Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Aleksandr Vaxnov bilan birga 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining bronza medali sovrindori va 2017-yili Avstraliyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasining chempioni boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sofya Antonovna Polishchuk 2001-yil 21-fevralda Moskva shahrida tugʻilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sofya 2005-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 2009 — 2010-yilgi mavsum oldidan Aleksandr Vaxnov bilan juftlik hosil qilgan[1].
Polishchuk / Vaxnov juftligi 2010 — 2011-yilgi mavsumda xalqaro musobaqalarda qatnasha boshlagan va 2010 NRW Trophy musobaqasida ishtirok etib, yangi konkida uchuvchilar toifasida gʻolib chiqqan[2]. Juftlik 2014 — 2015-yilgi mavsumda oʻzlarining ilk xalqaro musobaqasida, oʻsmirlar toifasida debyut qilgan; 2014-yilgi Ice Star turniri va 2014 NRW Trophy musobaqalarida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2015 — 2016-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Polishchuk / Vaxnov juftligi 2015 — 2016-yilgi mavsumda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) turnirida ishtirok etishi uchun tanlab olindi. Juftlik sentyabr oyi boshida AQShning Colorado Springs shahrida boʻlib oʻtgan JGP musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgandan uch hafta oʻtgach, Polshaning Torun shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqchida beshinchi oʻrindan joy olgan.
Juftlik 2016-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan[3].
2016 — 2017-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Polishchuk / Vaxnov juftligi avgust oyida Fransiyaning Saint-Gervais-les-Bains shahrida boʻlib oʻtgan 2016-yilgi JGP seriyasida ishtirok etib, bronza, keyin esa sentyabrda Sloveniyaning Lyublyana shahrida oʻtkazilgan huddi shu turnirda kumush medalni qo‘lga kiritgan. Juftlik 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida qatnashib, toʻrtinchi oʻrinni egallagan[4].
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vaxnov bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
2017 — 2018 |
|
|
2016 — 2017 |
|
|
2015 — 2016 |
|
|
2014 — 2015 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Vaxnov bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro: Oʻsmirlar | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 10 — 11 | 11 — 12 | 12 — 13 | 13 — 14 | 14 — 15 | 15 — 16 | 16 — 17 | 17 — 18 |
JGP finali | 3 | |||||||
JGP Avstraliya | 1 | |||||||
JGP Fransiya | 3 | |||||||
JGP Italiya | 2 | |||||||
JGP Polsha | 5 | |||||||
JGP Sloveniya | 2 | |||||||
JGP Amerika Qoʻshma Shtatlari | 3 | |||||||
Ice Star | 3 | |||||||
NRW Trophy | 3 | |||||||
Open d’Andorra | 1 | 1 | 1 | |||||
Xalqaro | ||||||||
Bavarian Open | 2-n | 1-N | ||||||
Ice Challenge | 1-N | |||||||
NRW Trophy | 1-B | 3-n | 1-N | |||||
Milliy | ||||||||
Rossiya chempionati | 9 | 10 | 6 | 4 | 4 | |||
Darajalar: B = Boshlangʻich daraja; N = yangi konkida uchuvchilar |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ru: Софья Полищук и Александр Вахнов: «Можем с закрытыми глазами кататься вместе»“ [Sophia Polishchuk and Alexander Vakhnov: "We can skate together with our eyes closed"]. Figure Skating Federation of Russia.
- ↑ „ru:Александр Евгеньевич Вахнов“ [Alexander Evgenievich Vakhnov] (Russian). fskate.ru.
- ↑ „Svetlana LIZUNOVA / Alexander VAKHNOV: 2019/2020“. International Skating Union. 2019-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Junior Ice Dance Result“. International Skating Union (2017-yil 26-avgust).