Kontent qismiga oʻtish

Soledar

Koordinatalari: 48°41′43″N 38°4′3″E / 48.69528°N 38.06750°E / 48.69528; 38.06750
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Soledar
48°41′43″N 38°4′3″E / 48.69528°N 38.06750°E / 48.69528; 38.06750
Mamlakat Ukraina
Soledar xaritada


Soledar ( ukraincha: Соледа́р , pronounced [soɫeˈdɑr] ) — Ukraina Respublikasning Donetsk viloyatidagi Baxmut tumaniga qarashli shahar hisoblanadi.Shahar nomi rus va ukrain tillarida "tuz sovg'asi" degan ma'noni anglatadi. Aholisi:10,490 (2022 est. )ni tashkil etadi

XVII asrning ikkinchi yarmida Don kazaklari Donbas mintaqasiga kelib joylashdilar.[1]

1881-yilda qishloq yaqinida dastlabki tuz koni ochildi va bir necha yildan so'ng, boshqalar ham paydo bo'la boshladi.

1965-yilda ushbu hudud Karl Libknext nomidagi Karlo-Libknextovsk shahriga aylandi.[2] 1991-yil iyul oyida u Soledar deb o'zgartirildi.

1989-yilda shahar aholsi soni 12305 kishini tashkil etgan.[3][2]

2001-yilda esa bu ko'rsatgich 13151ga yetgan.

2014-yil aprel oʻrtalarida Igor “Strelkov” Ghirkin boshchiligidagi rossiyalik GRU xodimlari Donetsk viloyatidagi bir qancha shaharlarini[4],shu jumladan Soledarni ham egallab oldi.[5] 2014-yil 21-iyulda esa Ukrainaning harbiy kuchlari shaharni jangarilardan himoya qildi.[5] 2014-yil 2-avgustda MH17 halokati bilan shug'ullanuvchi identifikatsiya guruhi va YXHT kuzatuvchilari Soledarda o'z bazalarini o'rnatishdi, chunki aynan shu yerdan halokat joyiga borish nisbatan osonroq edi.[6][7][8]

2022-yilda kelib Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi natijasida, 2022-yil 28-may kuni shahardagi Artemsil tuz zavodiga rus raketasining kelib tushgani to'g'risidagi xabarlar e'lon qilingan edi.[9]

2022-yil 9-avgust sanasidai Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Ittifoqchi kuchlar Knauf zavodining binolarini ham nazorat ostiga olganini” aytdi.[10]

Shahar iqtisodining asosini tog'-kon hamda qayta ishlash sanoati bilan tashkil etadi. Artyomsol davlat korxonasi (Wayback Machine saytida 2022-04-30 sanasida arxivlangan) Soledar tuz konida tosh tuzini qazib olish va qayta ishlash va Knauf Gips Donbas ,Germaniya gips ishlab chiqaruvchisi Knaufning sho'ba korxonalari shular jumlasidandir.

Shaharda bir nechta diqqatga sazovor joylar mavjud. Yer osti galereyalari va tuz konlari xonalari, shuningdek, astma va boshqa o'pka kasalliklarini speleo ( g'or ) davolashda keng qo'llaniladigan joylar shular jumlasidandir.

Transport sohasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda temir yo'l stantsiyasi ham mavjud.[2]

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001- yilgi demografik ma'lumotlarga ko'ra,Ukraina aholisining ona tili quyidagicha:[11]

Solederdagi diqqatga sazovor joylar

  1. "Donets Basin" (Donbas), pp.135–136 in: Historical Dictionary of Ukraine.
  2. 2,0 2,1 2,2 Карло-Либкнехтовск // Большой энциклопедический словарь (в 2-х тт.). / редколл., гл. ред. А. М. Прохоров. том 1. М., "Советская энциклопедия", 1991. стр.550
  3. Всесоюзная перепись населения 1989 г.
  4. „Donbass defenders put WWII tank back into service“.
  5. 5,0 5,1 „Ukrainian troops take control of three settlements in Donetsk region“. 2016-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-iyul.
  6. „Recovery of remains 'biggest day': OSCE“.
  7. „Malaysia Airlines MH17 crash: More remains recovered from site, says Netherlands“. The Straits Times (2014-yil avgust).
  8. „MH17 crash mission to be unarmed for now: Dutch PM-World News, Firstpost“ (2014-yil 2-avgust).
  9. „Окупанти завдали удару по заводу Артемсіль“ (uk) (2022-yil 28-may).
  10. „Allied forces take control of Knauf plant in Soledar — Chechen leader“. TASS. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  11. „Home“. ukrcensus.gov.ua.