Kontent qismiga oʻtish

Salorlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Solurlardan yoʻnaltirildi)

Salorlar, solurlar (oʻzlarini salir deb ataydilar) — Xitoydagi turkiy xalq. Asosan, Sinxay viloyatining Syunxua noxiyasida yashaydilar (90 ming kishi, 1990y.lar oʻrtalari). Salor tilidl soʻzlashadi. Dindorlari — musulmon sunniylar. Xitoy yilnomalarida S. 14-asrdan tilga olingan. V. V. Bartold S.ning Turkmanistonda yashaydigan turkmanlar (oʻgʻuzlar) tarkibida boʻlgan salor (salir) qabilasi bilan tarixan bogʻlikligini isbotlab berdi. Abultziy Bahodirxonning yozishicha, Oʻgʻuzxonning oʻgʻli Togʻxonning 4 oʻgʻli boʻlib, kattasining ismi Salur edi. Hozir XXRda yashaydigan S.ning hayotida turkistonliklar, ayniqsa, oʻzbeklar urfodati saqlanib qolgan. Mas, ular uylarining atrofini, koʻchalarini va hovlilarini mevali daraxtlar ekib bogʻga aylantirishadi, uyjoy qurishda toʻsinlarni bezatishadi, hovliga qaratilgan katta ayvon barpo etishadi, mahallalarda masjid solishga alohida eʼtibor berishadi. Birgina Syunxua nohiyasida kattakichik 79 ta masjid mavjud. Roʻza va Qurbon hayitlarini katta tantana bilan oʻtkazishadi. Xitoy xalqi bilan yaqin yashashiga qaramay islom boʻyicha harom va makruq deb koʻrsatilgan narsalar yeyilmaydi. Erkaklar oq yoki qora doʻppi kiyadilar. Yosh yigitlar oq koʻylak, uning ustidan nimcha kiyishadi, bellariga qizil belbogʻ bogʻlashadi. Katta yoshdagilar toʻn kiyishadi. Qizlari qizil koʻylak, uning ustidan qora nimcha, doʻppi kiyishadi, qulogʻiga bir necha halqadan iborat boʻlgan zirak taqadi. Yosh ayollar yashil, oʻrta yoshdagilar qora, katta yoshliklar oq rangli roʻmol oʻraydilar. Nikohva motam marosimlari oʻzbek va uygʻurlarga oʻxshaydi. Soʻnggi yillarda S hayotida, ayniqsa, kiyinishida ancha oʻzgarishlar paydo boʻlgan boʻlsada, milliylik qattiq saqlanib qolgan.

S qadimdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanishgan. Savdogarlik, bogʻbonlik, oltin qazish kabi kasblar ular hayotida katta oʻrin tutadi. Koʻp oilalar hunarmandchilik bilan shugʻullanadi. 1954-yil 24 fevraldan oʻz muxtoriyat uyezdiga ega.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil