Kontent qismiga oʻtish

Song Joong-ki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Song Joong-ki (koreyacha jeonggie, inglizcha Song Joong-ki; 1985- yil 19-sentyabr, Daejon , Janubiy Koreya) – janubiy koreyalik aktyor. U „Sungkyunkwan Scandal“ teleseriali va Janubiy Koreyaning mashhur „Running Man“ telekoʻrsatuvi orqali mashhur boʻldi. Jun Ki birinchi marta 2012-yilda „Yaxshi yigit“ teleserialida suratga tushgan. Shuningdek, u badiiy filmlarda, xususan, „Boʻri bola“ filmida ham rol oʻynagan. Majburiy harbiy xizmatni oʻtab boʻlgach, 2016-yilda „Quyosh avlodlari“ teleserialida bosh rolni ijro etib, kinoga qaytdi.

Song Joong-ki 1985-yil 19-sentabrda Daejon shahrida tugʻilgan. Song Joong-ki oʻrta maktabda oʻqib yurganida konkida uchish (short-trek)ni yaxshi koʻrar edi va oʻz shahrida oʻtkazilgan musobaqalarda qatnashgan. Jarohat olganidan keyin u sportni tark etishga majbur boʻlgan.

U oʻqishda aʼlo oʻqidi va barcha fanlardan eng yuqori ball oldi, umummilliy yakuniy imtihonlarda 400 balldan 380 ball toʻpladi, soʻngra nufuzli Sungkyunkvan universitetiga oʻqishga kirdi. Kollejning ikkinchi yilida otasi oʻgʻlining intilishlariga qarshi boʻlsa ham, u aktyorlik bilan jiddiy shugʻullanishga qaror qildi.

U oʻzining televideniyedagi debyutini KBS telekanalining Koreya Viktorinasida ishtirokchi sifatida oʻtkazdi va u yerda finalda ikkinchi oʻrinni egalladi. U moda jurnallarida model sifatida ishlagan.

2008–2011: taʼlimi va yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Melon Music Awards 2010

Joong-kining debyuti 2008-yilda „Muz guli“ filmida rol ijro etishdan boshlangan. Keyingi yili „Erosning beshta hissi“ filmida rol oʻynadi. Shuningdek, „Uch marta sakrash“ va „Rojdestvo uchun qor yogʻadimi?“ teleseriallarida kichik rollarda ham koʻrinish berdi. Bundan tashqari, 2009-yildan 2010-yilgacha Koreyaning KBS telekanalining " Music Bank " musiqiy dasturida doimiy qatnashgan va „Running Man“ shousining aʼzosi (2010-yildan 201- yilgacha) boʻlgan.

Uning haqiqiy yutugʻi va televideniedagi birinchi katta roli uning Sungkyunkwan Scandal teleserialidagi 8-asr Joseon davrining maftunkor pleyboyi Ku Yonxa rolidagi ishi boʻldi. Barqaror, ammo past reytinglarga qaramay, drama oʻz tomoshabinlarini topdi va uning oʻsha paytda nomaʼlum Yu A In bilan ekrandagi „bromansi“ ular orasida mashhur edi.

Joong-ki 2011-yil may oyida „Goʻzal teri loyihasi“ kitobini chiqardi yaʼni bu erkaklar terisini parvarish qilish boʻyicha qoʻllanma edi. Bu bir oylik bestseller boʻldi (kitob 2013-yilda Yaponiyada qayta nashr etilgan). 2010-yil oxirida Sidneyda velosiped safarida ishtirok etdi. 2011-yilda aktyorning Yaponiyaga sayohatlari haqida " Men haqiqiyman: Song Joong-ki " teledastur efirga uzatildi.

2011-yilda Greedies komediya filmida ishsiz odam rolini oʻynadi. Tanqidchilar Joong-kining aktyorligini maqtab, uning xarizmasini alohida qayd etishdi.

Oʻsha yili „Ildizli daraxt“ teleserialida yosh qirol Sejong rolini oʻynadi. Tanqidchilar Joong-kining ijrosini yuqori baholagan. U „hokimiyatning befoydaligini hayotning boshida anglagan va otasi Taejong zulmining kuchayib borayotgan bosimiga dosh berish uchun kitob oʻqishga kirishgan inson obrazining yorqin tasviri“ ni yaratgan. Bu roli uchun SBS Drama Awards mukofotiga sazovor boʻldi.

Keyinchalik, MBCning sayyoradagi ekologik muammolarga bagʻishlangan olti qismli Antarktida koʻz yoshlari hujjatli filmida ham qatnashdi. Topgan pullarini hammasini xayriya ishlariga sarflagan. Tez orada kinoteatrlarda Pengi va Sommi (imperator pingvinlarining hayoti haqida hikoya) nomi bilan chiqdi.

Keyinchalik, 6 ta davlatni: Tailand, Singapur, Tayvan va Janubiy Koreyani qamrab olgan THRILL & LOVE Osiyo fan-turida qatnashdi.

2012–2015: Asosiy rollar va harbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyor 2012-yilni oʻz faoliyatidagi „fenomenal yil“ deb taʼriflaydi. U 2012-yil Toronto xalqaro kinofestivalida premyerasi boʻlgan „Kurt boʻri bola“ ilmiy-fantastik romantik trillerida bosh rolni oʻynagan. Rolga tayyorgarlik koʻrish chogʻida Song Joong-ki tabiat haqidagi hujjatli filmlarni tomosha qilgan va hayvonlarning harakatiga taqlid qilishni oʻrganish uchun koʻchalarda adashgan itlarni tomosha qilgan va vaqti-vaqti bilan Tim Bertonning „Eduard qaychi qoʻllari“ (1990) filmini tomosha qilgan. Mett Rivzning „Saga“ (2010) va Piter Jekson " Uzuklar hukmdori ", „Boʻri bola“ Pusan ​​xalqaro kinofestivalida namoyish etildi va barcha davrlardagi eng muvaffaqiyatli koreys melodramasi boʻldi. Tahminan 7 milliondan ortiq chipta bu kino uchun sotilgan.

"Yaxshi yigit" teleseriali

Oʻsha yili aktyor televideniyada oʻzining birinchi asosiy rolini oldi – „Yaxshi yigit“ teleserialida. Uning jozibali antiqahramon tasviri tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan yuqori baholandi. Teleserial yuqori reyting va olqishlarga sazovor boʻldi. Bu film „Boʻri boʻri bola“ taʼsirchan film prokati bilan birga ham teleseriallarda ham filmlarda aktyorning melodrama janri „najotkori“ imidjini mustahkamladi.

2013-yil fevral oyida IHQ bilan shartnoma tugagach, Joong-ki boshqa kompaniya Blossom Entertainment ga qoʻshildi.

Majburiy harbiy xizmatdan oldin Song Joong-ki 2013-yil 17-avgustda muxlislar bilan uchrashuv oʻtkazdi. 27-avgustda u Chungcheongdagi harbiy lagerning 102-divizioniga yozildi. U DMZ da patrul va razvedka missiyalarini oʻtkazish uchun tayinlangan piyoda qoʻshinlar boʻlimida xizmat qilgan va 2015-yil 26-mayda boʻshatilgan.

2016 yildan hozirgi kungacha: Chet elda mashhurligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harbiy xizmatdan soʻng Song Joong-ki kinoga gʻalaba bilan qaytdi. U „Quyosh avlodlari“ teleserialida rol oʻynadi va u yerda aktrisa Song Xye Kyo bilan birga ishladi. Song Joong-ki tinchlikparvar otryad rahbari rolini oʻynadi. Ushbu drama Koreyada 41,6% reyting bilan juda mashhur edi. Osiyoda serial iQiyi platformasida chiqarilib, u yerda 2,5 milliard marta koʻrilgan.

Aktyor „100 ta eng yaxshi kelajak avlod yetakchilari“ roʻyxatiga kiritilib, 34-oʻrinni egalladi. 2016-yilda 30 dan ortiq brendning yuziga aylandi va Koreyada „Yil brendi“ mukofoti sovrindorlaridan biri boʻldi. Keyin 60 000 dan ortiq muxlislar bilan uchrashgan 10 ta turli shaharni qamrab olgan Osiyo boʻylab sayohatga chiqdi .

2017-yilda „Kunham: Chegara oroli“ filmida rol oʻynadi. U yerda esa harakatning yana bir aʼzosini qutqarish uchun Hashima oroliga yashiringan Koreya mustaqillik harakati aʼzosi rolini oʻynadi. 2021-yil fevral oyida Song Joong-ki va Jung Yeo Bin ishtirokidagi „Vinchenzo“ kriminal dramasi chiqdi. Drama hafta oxiri dramalari orasida eng yuqori reytinglarni oldi va oʻzi efirga uzatilgan kanal boʻyicha barcha davrlarning eng yuqori reytingli 10 dramasi qatoriga kirdi. Intervyuda Song Joong-ki butun faoliyatidagi eng yaxshi kino Jung Yeo Bin bilan boʻlganini tan oldi.

Boshqa tashabbuslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Song va Park Shin-hye 17-Jeonju xalqaro kinofestivalining (JIFF) PR elchisi etib tayinlanishdi[1]. Song 2011-yilda koʻzi ojizlar uchun audiokitoblar ishlab chiqarishga qaratilgan „Yaxshi yurakli kutubxona“ loyihasining elchisi boʻldi[2][3][4]. 2013 yilda Song va Ha Ji-won Janubiy Koreya Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiy turizmning faxriy elchilari etib tayinlangan edi. Ular Medical Korea nomidan turli viloyatlarga tashrif buyurishdi va tibbiy turizm boʻyicha xalqaro hamkorlikni kengaytirishga koʻmaklashishdi[5][6]. 2016-yilda Song Janubiy Koreya Madaniyat, Sport va Turizm vazirligi qoshidagi Koreya turizmining faxriy elchisi va reklama roliklari uchun model sifatida tanlab olindi[7]. 2017-yildan 2021-yilgacha aktyor Incheon xalqaro aeroportining faxriy elchisi boʻldi[8][9].

Song 2011-yildan beri saraton kasalligiga chalingan bolalarga homiylik qilib kelmoqda. 2016-yilning mart oyi boshida Koreya Bolalar Leykemiya jamgʻarmasi (KCLF) oʻzlarining rasmiy saytida bu haqda eʼlon qilishgan. Oxirgi 5 yil davomida 10 dan ortiq bolalar u tomonidan yashirin tarzda qilingan xayriya sbabli davo topishgan[10]. Koreya Bolalar Leykemiya jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, u bolalar saratoni haqida xabardorlikni oshirish uchun „Sariq lenta uyushmasida“ qatnashgan.

2015-yilning aprel oyida Nepalda yuz bergan zilzila qurbonlari va bolalarga yordam berish uchun UNICEFning Koreya qoʻmitasiga 100 million von xayriya qilgan[11]. Shuningdek, Song 2016-yilgi Osiyolik muxlislari uchrashuvida qatnashib olgan daromadining bir qismini 2008-yilgi Sichuan zilzilasidan jabrlanganlarga yordam beruvchi fondga xayriya qildi[12]. Bundan tashqari, uning Seul va Tailanddagi muxlislar uchrashuvlaridan tushgan daromadlari nomaʼlum xayriya tashkilotlariga oʻtkazilgan[13][14]. 2021-yilning 26-oktabrida Song yillar davomida qoʻshgan saxovatli hissasi uchun Prezidentning mukofotiga sazovor boʻldi[15].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 5-iyulida „Quyosh avlodlari“ serialidagi hamkasbi Song Hye-kyo bilan unashtirilgani eʼlon qilindi[16][17][18]. Ikki juftlik oʻsha yilning 31 oktyabrida turmush qurishdi. Toʻyda faqat oila aʼzolari va yaqin doʻstlari, jumladan Park Bo Gum, Li Kvang Su va Yu Ah Inlar ishtirok etishdi. Er-xotin 2019-yilning 26-iyunida ajrashayotganliklarini ommaga maʼlum qilishdi[19]. 2022-yilning 26-oktyabrida Song britaniyalik qiz doʻsti bilan uchrashayotganligini tasdiqladi ammo uning shaxsi haqida boshqa hech narsa ochiqlamadi[20]. 2023-yil 30-yanvarda Song britaniyalik sobiq aktrisa Katy Louise Saundersga uylanganini eʼlon qildi[21]. Ularning birinchi farzandi 2023-yil 14-iyunda Rimdagi kasalxonalarning birida tugʻildi[22]. 2024-yilning 8-iyulida er-xotin ikkinchi farzandini kutayotgani xabar qilingan[23].

  1. „Park Shin-hye, Song Joong-ki to promote Jeonju film fest“. HanCinema (2010-yil 4-mart). 2020-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
  2. „ko:송중기, '착한 도서관 프로젝트'로 목소리 재능 기부“ (ko). Welfare News (2011-yil 29-noyabr).
  3. „ko:"당신의 멋진 목소리로 재능기부 하세요"“ (ko). Bokji Times (2011-yil 14-dekabr). 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
  4. „ko:[SS포토 송중기, 환한미소 지으며 여심홀리는 '아기피부' 눈길“] (ko). News Inside (2012-yil 14-yanvar). 2022-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
  5. „Korean Pop Culture Taking Medical Tourism by Storm“. Medical Tourism (2013-yil 11-aprel). 2020-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
  6. „Jaseng participates in International Medical Tour Expo "Medical Korea 2013"“. Jaseng (2013-yil 11-aprel). 2017-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
  7. „ko:'태양의 후예' 송중기, 한국관광 명예홍보대사 위촉“ (ko). Naver (2016-yil 1-aprel). 2020-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
  8. „ko:인천공항, 한류스타 송중기 명예홍보대사로 위촉“ (ko). Airport (2017-yil 23-oktyabr). 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
  9. „JIncheon Airport's second terminal celebrates grand opening“. The Korea Herald (2018-yil 12-yanvar). 2019-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
  10. „ko:송중기 측 "2011년부터 기부..알려지지 않길 원했다"“ (ko). Naver (2016-yil 7-mart). 2020-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-fevral.
  11. „ko:배우 송중기, 네팔 지진 긴급구호 기금 1억 원 전달“ (ko). Unicef (2015-yil 8-may). 2020-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-fevral.
  12. „Song Joong-ki to donate to earthquake victims in China“. Kpop Herald (2016-yil 7-iyul). 2020-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-fevral.
  13. „ko:송중기, 4000 키엘 영접하던 날...팬미팅서 받은 진심 기부로 되갚아“ (ko). The Korea Economic Daily (2016-yil 18-aprel). 2020-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-fevral.
  14. „ko:'태양의 후예' 송중기 "국내 팬미팅 수익 모두 기부" 훈훈“ (ko). EToday (2016-yil 18-aprel). 2020-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-fevral.
  15. Lee Yu-na. „송중기X주원, 대통령상·국무총리상 수상 "저축+기부 선한영향력“ [Song Joong-ki X Joo-won wins Presidential and Prime Minister's Award "Saving + Donation for Good Influence] (ko). Sports Chosun (2021-yil 26-oktyabr). 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr.
  16. „Song Joong-ki, Song Hye-kyo to Wed in October“. The Chosun Ilbo (2017-yil 5-iyul). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-avgust.
  17. „Descendants of the Sun stars Song Joong-ki, Song Hye-kyo to wed“. Channel NewsAsia (2017-yil 5-iyul). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-iyul.
  18. „'Descendants of the Sun' stars to wed at The Shilla“. The Korea Herald (2017-yil 8-avgust). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-avgust.
  19. „Song Hye-kyo, Song Joong-ki taking legal steps for divorce“. The Korea Herald (2019-yil 27-iyun). 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-iyun.
  20. Jo, Ji-young „[공식 송중기 "英출신 여성과 열애 사실..따뜻한 시선으로 봐주길"(전문)“] [[Official] Song Joong-ki "The fact that he is dating a woman from England... Please look at it warmly" (professional)] (ko). Sports Chosun (2022-yil 26-dekabr). 2022-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-dekabr.
  21. Kwon, Tara Subramaniam,Jake „Korean star Song Joong-ki announces marriage to Katy Louise Saunders, says they are expecting a baby“ (en). CNN (2023-yil 30-yanvar). 2023-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
  22. Kim Mi-hwa „"건강한 아들"..송중기, '♥케이티'와 결혼발표 5개월만 로마서 득남 [종합“] (ko). Star News (2023-yil 14-iyun). 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyun.
  23. Yoon, Hyo-jeong „[단독 송중기♥케이티, 두 아이 부모된다…첫째 출산 1년 만에 둘째 임신“] [[Exclusive] Song Joong-ki♥Katy become parents of two children… Pregnant with second child a year after giving birth to first child] (ko). News1 (2024-yil 8-iyul). Qaraldi: 2024-yil 8-iyul.