Kontent qismiga oʻtish

Sorbonne Universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sarbonne Universiteti (forscha: Sorbonne Université; la Sorbonne) Fransiyaning Parij shahrida joylashgan ommaviy tadqiqot universiteti. Institut tarixi Sorbonne kolleji Robert de Sorbon tomonidan Yevropadagi birinchi universitetlardan biri sifatida tashkil etilgan 1257-yilga borib taqaladi. Sorbonne Universiteti Yevropa va butun dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri hisoblanib akademiya va sanoatda jahon miqyosida o'z o'rniga ega. 2021-yil holatiga ko'ra, ushbu universitet bitiruvchilari va professorlari 33 ta Nobel mukofoti, 6 ta Fields medali va bitta Tyuring mukofotiga sazovor bo'lishgan[1]. Jahon universitetlari akademik reytingining 2021-yilgi nashrida Sorbonna universitetining dunyo bo'yicha 35-o‘rinda ekanligi ko'rsatilgan va u kontinental Yevropada to‘rtinchi, matematika va okeanografiya yo‘nalishlari bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. QS World University Rankingsning 2023 yilgi nashri ma'lumotlariga ko'ra Sorbonna dunyoda 60-oʻringa loyiq deb topildi va kontinental Yevropada sakkizinchi, tabiiy fanlar va matematika boʻyicha o'n to'rtinchi, klassika va qadimiy tarix boʻyicha yettinchi oʻrinni band etdi. O'zining talabchanligi bilan tanilgan Sorbonne Universiteti Fransiya, Yevropa va boshqa fransuz tilida so'zlashuvchi mamlakatlari talabalari va tadqiqotchilari qiziqishlari markazida bo'lgan universitetlardan biri hisoblanadi. Ushbu universitetga oid yana bir muhim ma'lumotlardan biri shundan iboratki, Marie Sklodowska-Curie, 1891-yilda Polshadan kelgan va Sorbonne fanlar fakultetiga qo'shilgan, Sorbonneda professor darajasiga ega bo'lgan birinchi ayol edi. Marie Curie va uning turmush o'rtog'i Pierre Curielar Sorbonne Universitetining hozirgi kundagi Fanlar va Muhandislik fakulteti asoschilari hisoblanishadi.

Sorbonne kolleji Robert de Sorbon (1201-1274), qirol Lyudovik IX (Sent-Lui) ning ruhoniysi, kambag'al maktab o'quvchilari shifokorlik darajasiga erishishda qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirganini kuzatdi.Shundan so'ng, 1257-yilning fevral oyida u o'zining bir qancha dunyoviy ruhoniylarning umumiy yashab, moddiy mavjudligi haqida qayg'urmasdan, faqatgina o'rganish va o'rgatish bilan shug'ullanishlari uchun mo'ljallangan uyiga asos soladi. Bu uy Sorbonne kolleji deb nomlanadi. Tashkilotning eski shiori "Sorbonna universiteti, 1257- yildan buyon kelajak yaratuvchilari" bo'lib, ushbu sanaga ishora qiladi. 1793-yilda Sorbonna kolleji sobiq Parij universitetining boshqa barcha kollejlari bilan bir qatorda yopildi. Sorbonne kolleji Sarbonne Universiteti va Panteon-Sorbonne universitetlari hamda Sorbonne Nouvelle Universiteti o'rtasida joylashgan hozirgi Sorbonne binosi o'rnida bunyod bo'lgan.

  1. „Awards and recognition“ (en). Sorbonne Universite. 2019-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-iyul.