Kontent qismiga oʻtish

Sotsial davlat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mamlakatlarida ijtimoiy xarajatlar YaIMning ulushi sifatida, 2001-yil.

Ijtimoiy davlat (nemischa: Sozialstaat ) davlatning boshqaruv modeli boʻlib, undagi mavjud siyosatga koʻra, har bir fuqaroning munosib turmush darajasi va sifatiga erishishi, ijtimoiy farqlar va muhtojlarga yordam berishi uchun ijtimoiy adolat tamoyillariga muvofiq moddiy ne’matlar, daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlanadi.[1].

Sotsial davlatga intilish sotsial demokratlar siyosiy dasturlarining asosiy qoidalaridan biri hisoblanadi. Sotsial davlat toʻgʻrisidagi eslatma koʻplab mamlakatlarning konstitutsiyalarida va boshqa oliy qonun hujjatlarida mavjud. Sotsial davlat nazariyasiga binoan: ijtimoiy kafolatlar iqtisodiy aralashuv, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (birinchi navbatda yirik biznes) va davlatning soliq siyosati orqali taʼminlanadi.

Sotsial davlatni qo''ab quvvatlovchi ko'plab tarafdorlari aynan manashu g'oyalarning amalga oshirilishi " Ikkinchi jahon urushidan keyin Gʻarb farovonligini yaratdi" deb hisoblashadi[2].

Paydo boʻlishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Sotsial davlat” tushunchasi birinchi marta 1850-yilda Lorens fon Shteyn tomonidan qoʻllangan[3][4][5]. U davlatning funksiyalari roʻyxatiga „barcha turli xil ijtimoiy tabaqalar uchun, oʻz hokimiyati orqali shaxsiy oʻzini oʻzi belgilaydigan shaxs uchun huquqlarda mutlaq tenglikni taʼminlash“ ni kiritdi. Shtaynning soʻzlariga koʻra, davlat oʻz fuqarolarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga hissa qoʻshishi shart, chunki bunda birinchisi rivojlanmay turib ikkinchisining rivojlanishi mumkin emas deb hisoblaydilar va shu omillar Sotsial davlatni rivojlantiruvchi elementlar hisoblanadi deya taʼkidlaydilar[6]. „Davlat arbobi va iqtisodchi Lorens fon Shtayn davlatning vazifasi ijtimoiy tenglik va shaxsiy erkinlikni oʻrnatish, quyi va kam taʼminlangan tabaqalarni boy va kuchlilar darajasiga koʻtarishdan iborat deb hisoblardi“.

Sotsial davlatining belgilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Aholining daromadlarini yirik mulkdorlarga zarar yetkazmasdan qayta taqsimlash imkonini beruvchi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining yuqori darajasi;
  • Ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti;
  • Koʻp tuzilmali va aralash iqtisodiyot;
  • Fuqarolik jamiyatini shakllanganligi;
  • Davlat tomonidan turli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish;
  • Davlatning har kimga munosib turmush sharoiti, ijtimoiy taʼminot va shaxsning oʻzini oʻzi anglashi uchun teng boshlangʻich sharoitlarini taʼminlash maqsadlarini taʼminlash;
  • Fuqarolar oldidagi ijtimoiy mas'uliyat;
  • Sugʻurta ijtimoiy toʻlovlarining rivojlangan tizimi va byudjetni tashkil etuvchi soliqlarning yuqori darajasi, ijtimoiy sohaga toʻlovlarning yuqori miqdori;
  • Aholining barcha guruhlari uchun xizmat koʻrsatish va ijtimoiy xizmatlarning rivojlangan tizimi;
  • Hokimiyatning boʻlinishi amalga oshirilgan rivojlangan huquqiy tizim, hokimiyatning har bir tarmogʻi funksiyalarini aniq amalga oshirish, ijtimoiy hayotning yaxshi rivojlangan huquqiy tizimi»[7] ;
  • Byudjet ijtimoiy toʻlovlarining mavjudligi;
  • Ijtimoiy himoya, ijtimoiy taʼminot va bandlik davlat tizimlarining mavjudligi;
  • Jamiyatning barcha muhtoj aʼzolarini istisnosiz ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning mavjudligi;
  • Fuqarolarning farovonlik darajasi uchun davlat tomonidan javobgarlikni qabul qilish;
  • Fuqarolik jamiyati institutlarining mavjudligi”.

Sotsial davlatining funksiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Aholining ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash;
  • Ishsizlikka qarshi kurash;
  • Yosh tadbirkorlarga yordam;
  • Aholi bandligini va daromadlarining doimiy oʻsishini taʼminlash;
  • Jamiyatning barcha aʼzolarini ijtimoiy sugʻurta bilan taʼminlash;
  • Taʼlim, sogʻliqni saqlash va maʼnaviy-madaniy rivojlanishning qulayligini taʼminlash;
  • Ehtiyojmand aholini ijtimoiy himoya qilish;
  • Jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni yumshatish, imtiyozlarni qayta taqsimlash orqali munosib turmush sharoitini yaratish;
  • Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish.

Farovonlik davlati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1930-yillarning boshlarida Buyuk Depressiya sodir boʻlgani tufayli F.D.Ruzvelt hukumati tomonidan AQSHda “Yangi Kurs” doirasida joriy etilgan ijtimoiy himoya choralari katta rezonansga ega boʻldi.

Shundan 12 yil oʻtgach Buyuk Britaniyada V. Beverijning parlamentdagi maʼruzasi (1942) muhim voqea boʻlib, unda „Farovonlik davlati“ (Welfare State) tamoyillari haqida soʻz yuritildi. “Farovonlik davlati” atamasi asosan “sotsial davlat” tushunchasiga mos keluvchi sifatida ishlatilgan. Ushbu voqeadan soʻng Beverij ijtimoiy himoya modeli haqida majlislarda gapirila boshlandi.

Zamonaviy geografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpincha sotsial davlatni amalga oshirishning miqdoriy mezonlari sifatida statistik baholash koʻrsatgichi foydalaniladi

  • Qashshoqlik darajasi
  • Ijtimoiy dasturlarning qashshoqlikka nisbiy taʼsiri
  • Ijtimoiy dasturlar bilan bogʻliq xarajatlarda YaIMning ulushi

Sotsial davlat idealini amalga oshirishning zamonaviy misollari orasida Skandinaviya yarim orolidagi davlatlar (yaʼni " Shvetsiya modeli "), Finlandiya, Niderlandiya, Kanada, Shveysariya, Germaniya, Belgiya, baʼzan Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, AQSh, Italiya, Gretsiya, Portugaliya, Yaponiya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Estoniya, Litva, Latviya, Fors koʻrfazi mamlakatlari, hususan Liviya (Kadaffi davrida) va boshqa mamlakatlar mavjud hisoblanadi.

Mamlakat Qari boʻlmaganlar uchun ijtimoiy xarajatlar
(YaIMga nisbatan)
Jami foiz
qashshoqlikni kamaytirish
Qoʻshma Shtatlar 2.3 26.4
Niderlandiya 9.6 65.2
Shvetsiya 11.6 77.4
Germaniya 7.3 70.5
Kanada 5.8 46,0
Finlandiya 10.9 69.7
Birlashgan Qirollik 7.1 60.1
Belgiya 9.3 76.9
Avstriya 7.4 75.8
Italiya 4.3 57.7
Republic of Ireland 5.5 44.1
Oʻrtacha 7.4 60.9

Manbalar va eslatmalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Актуальное интервью. Социальное государство: лозунги или реальность?“. 2018-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-aprel 2018-yil.
  2. Джеффри Соммерс. Прибалтийский бунт: плоды тэтчеризма.
  3. „Становление социального государства, его конституционно-правовые и политические характеристики“. 6-noyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2010-yil.
  4. „Евстратов Александр Эдуардович. Генезис идеи социального государства :Историко-теоретические проблемы : Дис. … канд. юрид. наук : 12.00.01 : Омск, 2005“. 7-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2010-yil.
  5. „Классик государственного социализма“. 8-oktabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2010-yil.
  6. Штейн Л. История социального движения Франции с 1789 года. Пер. со 2-го нем. изд. Т.1. Основное понятие общества и социальная история Французской революции до 1830 г. Спб.: Тип. А.М. Котомица, 1872. С. XXVIII
  7. Шарков Ф.И.. Основы социального государства. М.: Издательско-торговая корпорация "Дашков и Ко", 2012 — 115-115-bet. ISBN 978-5-394-02092-6. [sayt ishlamaydi]
  • Калашников С. В. Становление социального государства в России (2003)
  • Евстратов А.Э. Генезис идеи социального государства: историко-теоретические проблемы. Дис. … канд. юрид. наук: 12.00.01: Омск, 2005. 234 с. РГБ ОД, 61:05-12/1087.
  • Евстратов А.Э. Генезис идеи социального государства: историко-теоретические проблемы. Автореферат дис… / Омский государственный университет. Омск, 2005. 24 c.
  • [1]
  • Валентин Роик. Экономика, финансы и право социального страхования. Институты и страховые механизмы. М.: Альпина Паблишер, 2012. ISBN 978-5-9614-1961-0. 
  • Шарков Ф.И. Основы социального государства. — М.: Издательско-торговая корпорация „Дашков и Ко“, 2012. — С. 115-115. — 314 с. — ISBN 978-5-394-02092-6.
  • Шарков Ф. И., Аверин А.Н. Основы социального государства. — М.: КНОРУС, 2016. — С. 60. — 312 с. — ISBN 978-5-406-04933-4.