Kontent qismiga oʻtish

Soymalitosh rasmlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xato: blok «Qoʻshimcha» andoza Geokarda yoʻq.

Soymalitosh rasmlari
qirgʻizcha: Саймалуу-Таш
MamlakatQirgʻiziston Qirgʻiziston
Yaqinidagi shaharqaere
Maydon320
Tashkil topgan sanasi2 001
Soymalitosh rasmlari (Qirgʻiziston)

Soymalitosh rasmlari (qirgʻizcha: Саймалуу-Таш) - Fargʻona tog tizmasining Koʻgart dovoni yaqini (Qirgʻiziston hududi)dagi qoyatoshlarga ishlangan tasvirlar. 1902 yilda topograf N. Xludov topgan. Dastlab I. Poslavskiy, keyinroq B. Zima, A. Bernshtam, Yu. Golyanduxin va boshqa tomonidan oʻrganilgan. Soymalitosh rasmlarining umumiy soni 10—12 mingdan ortiq boʻlib, bu yerda eng koʻp qoyatosh rasmlari toʻplangan. Soymalitosh rasmlari turli davrlarda yaratilgan: mil. av. 3ming yillikda, yana bir qismi mil. av. 1ming yillikning 2-yarmida ishlangan; mil. 18-asrlar va undan keyingi davrlarga mansub rasmlar ham uchraydi. Soymalitosh rasmlari qattiq buyum, tosh bilan uriboʻyib soya, oddiy chiziqlar, narsalar shakli va naqshdor uslubda ishlangan. Yovvoyi buqa, ot, it, togʻ echkisi, arhar, qoplon, quyosh tasviri, chayla, oʻqyoy va boshqa bor; yer haydash, raqs lavhalari, qandaydir diniy marosimlarni bajarayotgan kishilarning tasvirlari ham uchraydi. Sanʼat obidasi boʻlgan Soymalitosh rasmlari Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi, hayoti, urfodatlari va boshqalarni oʻrganishda qimmatli manbadir.