Spagetti muzqaymoq
Spagetti muzqaymoq (nemischa: Spaghettieis ) — vanilli muzqaymoqdan tayyorlangan nemis shirinligi boʻlib, muzqaymoq asosi maxsus pressdan oʻtkazilib, qulupnay sousi va oq shokolad qirindisi bilan bezatiladi. Koʻrinishidan pomidor sousi va parmesan bilan bezatilgan italyan spagettisini yodga soladi. Spagetti muzqaymoq 1969-yilda Germaniyada italyan oshxonasi, xususan italyan muzqaymoq-qahvahonalari rivojining choʻqqisida paydo boʻlgan. Spagetti uslubidagi muzqaymoq shirinligi tezda mashhurlikka erishdi.Kafeda bolalarga spagettili muzqaymoq berishganida, kichkintoylar uni sevimli shirinliklari oʻrniga haqiqiy spagetti keldi deb oʻylab koʻzlari yoshga toʻlgan[1][2]. Hozirda Germaniyada spagettili muzqaymoq deyarli urfdan chiqib ulgurdi. U oʻz oʻrnini ekzotik taʼmga ega, olib ketishga qulay stakandagi muzqaymoq turlariga boʻshatib berdi[3]. 2014-yilda spagettili muzqaymoq kutilmaganda Nyu-Yorkda mashhurlikka erishdi[4].
Ikki italyan muzqaymoq ishlab chiqaruvchisi bir vaqtning oʻzida retseptning muallifligini daʼvo qilishgan. Ularning hech biri ixtirosini oʻz vaqtida patentlamagan. Eng ishonarli manbalarga koʻra, spagettili muzqaymoq ixtirochisi Mannheimlik muzqaymoq ishlab chiqaruvchining 17 yoshli oʻgʻli Dario Fontanella boʻlib, u otasining kafesida xandon pistali, limonli va qulupnayli muzqaymoqdan italyan trikolorini yasash uchun shpetsle pressidan foydalangan. Lekin unda faqat tez eriydigan koʻp rangli lagʻmon shakli hosil boʻlgan. Keyin Dario pressnimuzlatgichda sovutish fikri paydo boʻladi, otasi spagetti bilan bogʻliq gʻoyani berdi[1][5][6][7][8]. Boshqa versiyaga koʻra, yaxna desert spagetti gʻoyasi Neusslik italiyan muzqaymoqchi Eliano Rizzardinida doʻstining pitseriyasida paydo boʻlgan[9][10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Die Welt: Kak Dario Fontanella morojenoe-spagetti izobryol(olm.)
- ↑ Stern: Chelovek, kotoriy pridumal morojenoe-spagetti(olm.)
- ↑ Stern: Skoro ne budet morojenogo-spagetti?(olm.)
- ↑ Süddeutsche Zeitung: Morojenoe-spagetti? Eat this!(olm.)
- ↑ Stern: Blyuda s istoriey: Poyavlenie znamenitoy klassiki, kak, naprimer, boloneze i salat „Tsezar“(olm.)
- ↑ Frankfurter Allgemeine: Morojenoe jivyot prostotoy(olm.)
- ↑ Heilbronner Stimme: Po sledam izobretateley morojenogo-spagetti i steklyannix kuxon morojenщikov(olm.)
- ↑ Süddeutsche Zeitung: Stil jizni so slivkami(olm.)
- ↑ Rheinische Post: Izobreteno v Noyse: morojenoe-spagetti(olm.)
- ↑ Westdeutsche Zeitung: A kto ego izobryol?(olm.)