Spencer Machacek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Spencer Machacek
Tugʻilgan joyi 14-oktyabr 1988-yil (1988-10-14) (35 yosh)
Lethbridge, Alberta, Kanada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 182 lb (83 kg; 13 st 0 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
DEL
Sobiq jamoalar
Grizzlys Wolfsburg
Atlanta Thrashers
Winnipeg Jets
Augsburger Panther
Eisbären Berlin
Düsseldorfer EG
NHLga kirish drafti 67-oʻrindagi tanlov, 2007
Atlanta Thrashers
Jamoalardagi faoliyat 2008—hozirgacha

Spencer Machacek (talaffuzi: Spenser Machachek) (1988-yil 14-oktyabrda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Spencer Machacek hozirda Deutsche Eishockey Liga (DEL) ning „Grizzlys Wolfsburg“ xokkey klubida faoliyat olib bormoqda.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻsmir[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spencer Machacek oʻzining faoliyatini 2005—2006-yillarda Gʻarbiy xokkey ligasining (WHL) „Vancouver Giants“ xokkey jamoasida boshladi. Spencer Machacek klub safida 2006-yilgi Prezident kubogi va 2007-yilgi Memorial kubogi chempionatlarida ishtirok etdi.

Spencer Machacek „Atlanta Thrashers“ xokkey klubi safiga 2007-yilgi NHL kirish loyihasida 67-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, Spencer Machacek WHLga qaytdi va 2007—2008-yilgi mavsum boshida „Vancouver Giants“ xokkey klubi jamoasi sardori etib tayinlandi (ketgan Brett Festerling oʻrniga)[1]. Jamoa sardori sifatida Spencer Machacek 70 ta oʻyinda maydonga tushib, 33 ta gol urishga muvaffaq boʻldi[2].

Professional[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilning 28-martida Spencer Machacek "Atlanta Thrashers' xokkey klubi bilan birinchi NHL shartnomasini imzoladi[3]. Shundan soʻng, Spencer Machacek 2008—2009-yilgi mavsumda „Trashers“ klubining mashgʻulot yigʻinida qatnashdi. Yigʻindan soʻng, Spencer Machacek klubning Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Chicago Wolves“ xokkey jamoasi safiga yuborildi[4]. Mavsum oxirida Spencer Machacek asosiy jamoasi safida NHLdagi ilk oʻyinini 2009-yil 16-martda „Vashington Capitals“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:1 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi. .

2012—2013-yilgi mavsumda, Spencer Machacek „St. John IceCaps“ xokkey klubi tomonidan Tomas Kubalik evaziga „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubiga almashtirildi[5].

2013—2014-yilgi mavsumda Spencer Machacek „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi safida oʻzining birinchi toʻliq mavsumini oʻtkazdi. Shundan soʻng, 2014-yil 6-fevralda Spencer Machacek „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[6].

2014-yil 8-oktyabrda „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan muvaffaqiyatsiz sinov mashgʻulotlaridan soʻng, Spencer Machacek nemis klubi „Augsburger Panther“ xokkey jamoasi bilan xorijdagi birinchi shartnomasini imzoladi[7].

2018-yilning 9-aprelida Spencer Machacek „Grizzlys Wolfsburg“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma shartlarini kelishib, klub safiga qoʻshildi[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2004—2005 Brooks Bandits AJHL 59 16 20 36 41
2005—2006 Vancouver Giants WHL 70 23 22 45 53 18 6 8 14 8
2006—2007 Vancouver Giants WHL 63 21 24 45 32 22 9 11 20 14
2007—2008 Vancouver Giants WHL 70 33 45 78 69 10 5 2 7 6
2008—2009 Chicago Wolves AHL 77 23 25 48 23
2008—2009 Atlanta Thrashers NHL 2 0 0 0 0
2009—2010 Chicago Wolves AHL 79 20 29 49 68 13 7 4 11 8
2010—2011 Chicago Wolves AHL 67 21 32 53 45
2010—2011 Atlanta Thrashers NHL 10 0 0 0 0
2011—2012 St. Johnʼs IceCaps AHL 61 18 32 50 48 11 0 7 7 12
2011—2012 Winnipeg Jets NHL 13 2 7 9 7
2012—2013 St. Johnʼs IceCaps AHL 57 11 14 25 45
2012—2013 Springfield Falcons AHL 18 5 9 14 13 6 0 1 1 0
2013—2014 Springfield Falcons AHL 34 9 10 19 24
2013—2014 Wilkes-Barre/Scranton Penguins AHL 22 10 4 14 15 13 1 4 5 18
2014—2015 Augsburger Panther DEL 43 8 27 35 100
2015—2016 Eisbären Berlin DEL 52 8 21 29 38 7 0 1 1 4
2016—2017 Eisbären Berlin DEL 51 6 10 16 40 6 1 2 3 6
2017—2018 Düsseldorfer EG DEL 52 13 15 28 42
2018—2019 Grizzlys Wolfsburg DEL 49 18 13 31 26
2019—2020 Grizzlys Wolfsburg DEL 52 15 17 32 26
2020—2021 Grizzlys Wolfsburg DEL 36 14 11 25 10 9 4 0 4 2
2021—2022 Grizzlys Wolfsburg DEL 54 18 21 39 63 8 1 1 2 9
NHL jami 25 2 7 9 7
DEL jami 389 100 134 234 345 30 6 4 10 21

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Giants give 'C' to Machacek“. The Province. 2011-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 19-sentyabr.
  2. „Giants star is Mr. February in WHL“. The Province. 2011-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 19-sentyabr.
  3. Custance, Craig. „Thrashers sign forward Machacek“. Atlanta Journal-Constitution. Qaraldi: 2008-yil 15-aprel.
  4. „Thrashers cut 7“. Atlanta Thrashers (2008). 2008-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 27-sentyabr.
  5. „Blue Jackets acquire Spencer Machacek from Jets in exchange for Tomas Kubalik“. Columbus Blue Jackets (2013-yil 10-mart). Qaraldi: 2013-yil 10-mart.
  6. „Penguins trade Thompson to Blue Jackets for Machacek“. The Sports Network (2014-yil 6-fevral). Qaraldi: 2014-yil 6-fevral.
  7. „Panther pick Machacek“ (German). Augsburger Panther (2014-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 7-oktyabr.
  8. „Grizzlys sign Spencer Machacek“. Grizzlys Wolfsburg (2018-yil 9-aprel). Qaraldi: 2018-yil 9-aprel.