Kontent qismiga oʻtish

Spermatofor

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Spermatofor (sperma va yunoncha Phoros — olib yuruvchi) — spermatozoidlar bilan toʻlgan kapsula; spermatozoidlarni saqlaydi va qurib qolishdan himoya qiladi. S. ayrim mollyuskalar, zuluklar, pogonoforalar, suvda va quruqliqda yashovchilar, koʻpchilik boʻgʻimoyoklilar uchun xos. Qisqichbaqasimonlar, oʻrgimchaksimonlar va hasharotlar S. ni oyoklari yoki paypaslagichlari yordamida jinsiy yoʻliga kiritadi. Ayrim osminoglarda S. bilan toʻlgan paypaslagich — gektokotil erkagi tanasidan ajralib suzib yuradi; urgʻochisini topsa, uning mantiya boʻshligʻiga kirib oladi. Triton va salamandralar S.ni biror narsaga yopishtirib qoʻyadi; urgʻochisi uni kloakasi bilan oladi. Ayrim xasharotlarning erkagi S.ni urgʻochisi qorin qismiga yopishtirib qoʻyadi. S. yordamida urugʻlanish suvda urugʻlanish bilan quruqlikdagi kuyikish oʻrtasida oraliq holatni egallaydi.