Stanislav Stadnik
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Stanislav Mitrofanovich Stadnik | ||
Tavallud sanasi | 1940-yil 21-may | ||
Tavallud joyi | Toshkent, SSSR | ||
Vafot sanasi | 1998-yil 14-dekabr (58 yosh) | ||
Vafot joyi | Тoshkent, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 186-yil | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1960-1961 | Paxtakor | (41 (6)) | |
1962-1963 | Dinamo (Moskva) | (18 (2)) | |
1963-1965 | Paxtakor | (21 (7)) | |
1965-1970 | Tashavtomash | (? (?)) | |
1971 | Mehnat (Jizzax) | (? (?)) | |
1972 | Yangiariq | (? (?)) | |
- | Politotdel (Eski Doʻstlik) | (? (?)) | |
- | Pyatiletka | (? (?)) | |
Boshqargan klublari | |||
1972 - |
Yangiariq Traktor (murabbiy) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Stanislav Mitrofanovich Stadnik (1940-yil 21-may, Toshkent, SSSR — 1998-yil 14-dekabr, Toshkent, Oʻzbekistonda vafot etgan) — sovet futbolchisi, hujumchi. Sport ustasi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stanislav Stadnik sportdagi faoliyatini 1960-yili SSSR chempionatidagi ,,Kayrat” jamoasida boshlagan. Biroq futbolchi ushbu klub ishtirokida birorta ham oʻyin oʻtkazmagani sabab may oyida ,,Paxtakor” klubiga oʻtgan. Ushbu jamoa safida 2 mavsumni yaxshi oʻtkazgan Stanislav Moskvaning ,,Dinamo” klubiga taklif qilingan. 1962-yil 2-mayda futbolchi Belarusga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda debyut qilgan.
Ushbu uchrashuvda Stadnik asosiy tarkibda maydonga tushgan va 81-daqiqada jamoasining ikkinchi golini urishga muvaffaq boʻlib, ,,Dinamo”ga 2:0[1] hisobida gʻalaba keltirgan.
Stanislav Stadnik 1962-1963-yillarda umumiy hisobda moskvaliklar safida 18 ta oʻyin oʻtkazgan va ushbu oʻyinlarda 2 bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilishga erishgan.
1963-yilda Stadnik yana ,,Paxtakor” klubiga qaytgan, biroq uch mavsumdan soʻng bosh murabbiy Мixail Yakushin bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sababli klubni tark etishga majbur boʻlgan.
Stanislav Stadnik faoliyatini Oʻzbekistonning quyi divizionidagi turli klublarida yakunlagan. Oradan biroz vaqt oʻtgach futbolchi oʻzining murabbiylik faoliyatini boshlagan.
Sport ustasi Stanislav Mitrofanovich 1998-yil 14-dekabrda Toshkentda vafot etgan va shahardagi Botkin qabristoniga dafn etilgan[2].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1963-yil SSSR chempioni
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Динамо (Москва) - Беларусь (Минск) 2:0“ (ru). FC-Dynamo. 2014-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-mart.
- ↑ „Место захоронения“. 2022-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Профиль“ (ru). FC-Dynamo. Qaraldi: 2014-yil 23-mart.
- 1940-yilda tugʻilganlar
- 21-mayda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 1998-yilda vafot etganlar
- 14-dekabrda vafot etganlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Toshkentda vafot etganlar
- SSSR erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Traktor klubi futbolchilari
- Doʻstlik Toshkent futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Xorazm futbolchilari
- Traktor Toshkent klubi bosh murabbiylari
- Xorazm klubi murabbiylari
- Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar