Kontent qismiga oʻtish

Stasanor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Stasanor (qadimgi yunoncha: Στασάνωρ; miloddan avvalgi 4-asrda yashagan) Kiprning Soli shahrida tugʻilgan. Aleksandr Makedonskiy zobitlari orasida katta mavqega ega lashkarboshilardan biri boʻlgan.

Aleksandrning xizmatiga kirishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stasanor, taxminan miloddan avvalgi 332-yilda Tir qamalidan keyin Aleksandr Makedonskiy xizmatiga kirgan. Tarixiy manbalarda uning nomi birinchi marta Baqtriyaga yurish paytida, isyon koʻtargan satrap Arsamesni qoʻlga olish uchun Iskandar tomonidan joʻnatilgan qoʻshingga boshchilik qilganida tilga olingan. Bu ishni Stasanor Phratafernes bilan birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirdi va 328 yilning kuzida Zariaspada Iskandarga qoʻshildi. Oʻzi bilan Arsamesn va Parfiya satrapi Bessus tomonidan tayinlangan Barzanesni asirga olib keldi.

Satraplik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Stasanor miloddan avvalgi 321-yildan Baqtriya va Soʻgʻdiyonaning satrapi boʻlgan.

Ushbu xizmat uchun mukofot sifatida Stasanor Ariya satrapligini oldi, ammo koʻp oʻtmay u Drangianaga almashtirildi[1][2]. U Aleksandrning butun Hindistondagi yurishi davomida birga boʻldi. Stasanor Aleksandrni Kirmon ustonida tuyalar va boshqa yuk hayvonlari bilan kutib olganlardan biri boʻlgan[3]. Aleksandr Fors tomon yurishini davom ettirganda, u oʻz viloyatini boshqarish uchun qaytib ketadi. Miloddan avvalgi 323-yilda Iskandar vafotidan keyin viloyatlarning birinchi boʻlinishida Stasanor oʻzining oldingi Drangiana satrapligini saqlab qoldi, ammo miloddan avvalgi 321-yilda Triparadisdagi keyingi boʻlinishda unga Baqtriya va Soʻgʻdiyona taqdim qilinadi.

Baqtriya va Soʻgʻdiyonada hukmronligi davrida Stasanor urushlarda ishtirok etmagan. U Eumenes va Antigonus oʻrtasidagi urushda Eumenesni qoʻllagan. Miloddan avvalgi 316-yilda Stasanor mahalliy aholining isyonini bostirganligi sababli oʻz satrapligida hukmronligini saqlab qolgan.

  1. Diodorus of Sicily. Books XVIII and XIX 1—65, London, 1947. Qaraldi: 12-avgust 2023-yil. 
  2. Kursiy Ruf. История Александра Македонского, 1993 — 464-bet. ISBN 5-211-02061-8. 
  3. Arrian. Поход Александра, 1962. Qaraldi: 12-avgust 2023-yil.