Kontent qismiga oʻtish

Studiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Studiya (italyancha: studio — oʻqish, oʻrganish) —

  1. Rassom yoki haykaltarosh ustaxonasi;
  2. Rassom yoki aktyorlar tayyorlaydigan maktab;
  3. Ijodiy faoliyat bilan bir qatorda sahna (yoki tasviriy) sanʼati asoslarini oʻrganadigan, asosan, yoshlardan tashkil topgan teatr (yoki rassomlar) jamoasi. Studiyaning professional va havaskorlik turlari bor;
  4. Badiiy va boshqa filmlar yaratuvchi ijodiy va texnik kino xodimlari jamoasi;
  5. Radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar olib boriladigan maxsus bino (radiostudiya, telestudiya);
  6. Ovoz yozish xonasi. Musiqiy asarlar ijrolarini elektr (magnitofon kabi) va elektron (sintezator va boshqalar) vositalar yordamida yozib olib fonogramma tayyorlaydigan maxsus joy (masalan, „Tarona rekorde“ studiyasi va boshqalar).