Kontent qismiga oʻtish

Idealizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Subʼyektiv idealizmdan yoʻnaltirildi)

Idealizm (qadimgi yunoncha: ἰδέα — idea soʻzidan) — falsafadagi asosiy oqimlardan biri; ong, ruh, tafakkur birlamchi, materiya, tabiat, borliq ikkilamchi deb talqin etuvchi qarashlar tizimi. Materializmning muqobili. I. ning obyektiv va subʼyektiv shakllari bor. Obyektiv I. dunyoning asosida inson ongidan tashqarida va unga bogʻliq boʻlmagan holda gʻayritabiiy ruhiy ibtido (gʻoya, olamiy aql) yotadi, deb hisoblaydi. Bunday taʼlimotning yirik namoyandalari antik falsafada Platon, Plotin, Prokl; yangi davrda — G. V. Leybnits, F. V. Shelling , G. V. F. Gegel boʻlgan. Subʼyektiv I. inson ongidan tashq-aridagi obʼyektiv reallikni inkor etib, fakat subʼyektiv sezgilar mavjud, deb biladi. Bu gʻoya J. Berkli, D. Yum, I. G. Fixte taʼlimotida yaqqol ifodalangan. Ruhiy ibtido kanday tushunilishiga qarab I. ning xilma-xil koʻrinishlarini bir-biridan ajratish mumkin; olamiy aql (panlogizm) yoki olamiy iroda (volyuntarizm), yagona ruhiy substansiya (idealistik monizm) yoki koʻpdan-koʻp ruhiy birinchi unsurlar (plyuralizm), aklan, mantiqan anglanadigan ibtido (idealistik ratsionalizm), sezgilarning hissiy xilma-xilligi (idealistik empirizm va sensualizm, fenomenalizm) ilmiy bilish obʼyekti boʻla olmaydigan, qonuniyatga boʻysunmaydigan, mantiqqa zid ibtido (irratsionalizm).

Odatda, „idealist“ (ideal soʻzidan) tushunchasi olijanob maqsadlarga intiluvchi begʻaraz odamga nisbatan ham ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil