Kontent qismiga oʻtish

Sudaporn Seesondee

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sudaporn Seesondee
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Tailand bayrogʻi Tailand
Tavallud sanasi 4-oktyabr 1991-yil (1991-10-04) (33 yosh)
Udon Thani, Tailand
Sport
Qaysi sport boks

Sudaporn Seesondee (tugʻ. 1991-yil 4-oktyabr) — tailandlik bokschisi, 60 kg gacha toifasida ishtirok etadi, Tailand terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi Yozgi Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori. 2014 va 2018-yilgi Jahon chempionati, 2018-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi.

Sudaporn Seesondee 60 kg gacha vazn toifasida mamlakat chempionatining besh karra gʻolibi (2010, 2012, 2015). 2014-yilda Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 60 kg boʻlgan vazn toifasida u bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 60 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan edi. 2018-yilda Hindistonda ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 1/2 final uchrashuvida koreyalik sportchi O Yon Dji bilan uchrashib, 4:1 hisobida gʻalaba qozonib, Jahon chempionati finaliga yoʻl oldi. Finalda u irlandiyalik sportchi Kellie Harrington 2:3 hisobida yutqazdi[1].

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 60 kg vazn toifasida tailandlik sportchi yarim finalga qadar yetib bora oldi. Musobaqa davomida Ekvador, Hindiston va Buyuk Britaniya sportchilari nokautga uchradi. Yarim finalda u Kellie Harringtonga yutqazib, oʻyinlarning bronza medalini qoʻlga kiritdi[2][3].