Sugʻorish normasi
Sugʻorish normasi - qishloq xoʻjaligi. ekinlarini yetishtirish uchun vegetatsiya davri davomida maydon birliga zarur boʻlgan suv miqdori, m³/ga bilan oʻlchanadi. Sugʻorish normasi netto va bruttoga boʻlinadi. Netto Sugʻorish normasi birinchi suv berishdan oxirgi suv berishgacha davrda dala suv isteʼmolining (evapotranspiratsiya) umumiy miqdoriga teng. Tabiiy namlik beqaror boʻlgan zonalarda Sugʻorish normasi hisobkitoblarida vegetatsiya davridagi yogʻin miqdori nettodan ayriladi. Netto Sugʻorish normasi ekinlar turi, navi, tuproq, iqlim, gidrogeologik va meliorativ sharoitlarga bogʻliq (qarang Sugʻorish rejimoʻ). Brutto Sugʻorish normasida netto Sugʻorish normasi dan tashqari sugʻorishda suvning zaruriy sarf (isrof) boʻladigan miqdori (normalangan darajada) ham hisobga olinadi. Bunday sarflar suvning oʻsimlik iddizi tarqalgan qismdan pastga sizishi, suvning oqovaga chiqishi va sugʻorish jarayonida bugʻlanib ketishi bilan bogʻliq. Zaruriy sarflar miqdori sugorish usuli, shuningdek, dala tuproq gruntining suv oʻtkazish imkoniyati, dala nishabi va boshqa sharoitlarga bogʻliq. Vegetatsiya davrida haqiqiy suv sarfi bir martalik suv berish normalari (tuproq qatlamini turli ekinlarda 0,3 dan 1,2 m gacha chukurlikda namlashga yetarli 600–1200 m³/ga miqdordagi suv) yigʻindisi tarzida topiladi.
Oʻrta Osiyoning qurgʻoqchil zonalarida tuproq sharoitlariga karab Sugʻorish normasi (ming m³/ga): gʻoʻza uchun 6—10, don ekinlari uchun 4 gacha, makkajoʻxori uchun 5 gacha, qand lavlagi uchun 6, koʻp yillik oʻtlar uchun 12, sabzavot ekinlari uchun 6 gacha boradi. SUGʻORISH REJIMI almashlab eyuish tarkibidagi ekinlarga suv berish normasi, muddati va sonini optimal uygʻunlashtirish; muayyan sharoitlarda ekinlardan eng yuqori hosil olishni taʼminlaydi. S.R.ni belgilash uchun turli qishloq xoʻjaligi. ekinlarini yetishtirishda zarur boʻlgan suvning umumiy sarfi (suv isteʼmoli miqdori) ularni parvarish qilishning ayrim bosqichlariga nisbatan aniqlanadi.
Vegetatsiya davomida suv berish muddatlari oʻstirilayotgan ekinlarning biologik xususiyatlari, obhavo sharoitlari, sugʻoriladigan yerlarning tuproqgrunt va gidrogeologik xususiyatlariga bogʻliq. Toʻgʻri tashkil etilgan Sr. sugʻoriladigan yerlarda ekinlardan yuqori va barqaror hosil olishni, yer va suvdan samarali foydalanishni taʼminlaydi. Sr. suv berish usuli va tartibini hisobga olib belgilanadi.
Ikki suv berish oraligʻida tuproq nami maʼlum chegarada oʻzgaradi. Uning yuqori chegarasi krndirib suv berilgan va bugʻlanishdan qimoya qilingan tuproq namligi — toʻliq dala nam sigʻimi hisoblanadi. Toʻliq dala nam sigʻimi aksariyat tuproq massasi yoki hajmining 15—36% ini tashkil qiladi. Namlikning quyi chegarasi suvtalablik (suv berish oldi) namligi deyiladi. Uning miqdori toʻla dala nam sigʻimining 55 dan 85% iga teng boʻlishi mumkin. Bunday namlikda navbatdagi suv berishni kechiktirish ekin hosilini kamaytirib yuboradi. Suv berish navbatlari oʻsimlik tuproqdagi namga juda talabchan, gʻoyat suvtalab boʻladigan davrda suv bilan taʼminlashni moʻljallab belgilanadi. Gʻalla ekinlarda nay oʻrash — boshoq chikarish; gʻoʻzada shonalash — gullash — koʻsak tugish — koʻsakning yetilishi; kungaboqarda savatcha chiqarish — gullash; kartoshkada gʻunchalash — yalpi tuganak tugish fazalari gʻoyat suvtalablik davri hisoblanadi.
Pomidor, baklajon, shirin garmdori kabi ekinlar yalpi barg chiqarish davrida moʻʼtadil namlik rejimini, mevalari pishish davrida yuqori namlik rejimini talab qiladi, hosilni terish davrida suv berish toʻxtatiladi. 1 ga yerdagi ekinga bir marta berish uchun zarur boʻlgan suv miqdori suv berish n o r m a s i deyiladi. Hamma suv berish yigʻindisi esa sugʻorish normasini tashkil qiladi, suv berish oralaridagi davrlar yigʻindisi esa sugʻorish mavsumi deb yuritiladi. Sr., shuningdek, chizmataxlil usullar bilan ham aniklanadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ahmedov X.A., Sugʻorish melioratsiyasi, T., 1977; Raschyotniy rejim orosheniya selskoxozyaystvennix kultur v basseynax rek Sirdari i Amudari, T., 1967; Avliyakul o v A.E., Orosheniye kultur xlopkovogo sevooborota, T., 1988.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |