Suhayliy Ahmad Amir Nizomuddin
Qiyofa
Suhayliy Ahmad Amir Nizomuddin (1512 y. v. e.) — xurosonlik shoir. Oʻzbek va fors tillarida ijod qilgan. Alisher Navoiyning "Majolis unnafois" asarida tilga olinadi. Husayn Boyqaro xizmatida boʻlgan. Bu davr shoir ijodining eng gullagan va Alisher Navoiy bilan hamsuhbat boʻlgan damlariga toʻgʻri keladi. Shoir Husayn Voiz Koshifiy "Anvori Suhayliy" ("Kalila va Dimna") kitobini S.ga bagʻishlagan. S.ning "Iydiya" qasidasi, "Layli va Majnun" masnaviysi hamda oʻzbekcha va forscha 2 devoni bor.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |